Foydalanish varag‘ini hujjat bilan ishlash tugagandan so‘ng to‘ldirish maqsadga muvofiq.
Ayrim arxivlarda foydalanuvchi foydalanish varag‘ini to‘ldirmaguncha hujjatlar saqlanishga topshirilmaydi. Unda foydalanish sanasi, foydalanuvchini familiyasi, ishlatish xarakteri (nusxa olish, kuchirma, ko‘rish) va foydalanilgan varoqlar ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatlardan nusxa ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar nusxalarni birini hisobga olish jurnaliga qayd qilib boriladi. Arxivni nashriyot faoliyati arxiv nashrlari hisobini olish kartochkasi yordamida hisobga olinadi.
Kartochkada nashr nomi, uni turi va shakli, uni tayyorlashda qatnashuvchi tashkilotlar nomi, redaksion jamoa, tuzuvchilar, tiraj, retsensiyalar to‘g‘ridagi ma’lumotlar qayd qilinadi. Kartochka nashriyot bo‘limi tomonidan olib boriladi.
Arxivni ko‘rgazmalar, ekskursiyalar, ma’ruzalar o‘tkazish bo‘yicha ishlari hujjatlardan foydalanish hisobini olish kartochkasi yordamida ro‘yxatga olinadi. Xar bir tadbir uchun tuziladigan kartochkada (ko‘rgazma, ekskursiya, ma’ruza, tashabbus xati) foydalanishni shakli va masadi, mavzu, tadbirlarni o‘tkazish joyi, sana, tashrif tugatuvchilar soni, ovozga berish vaqti (teleko‘rsatuvlar uchun) arxivni qatnashish darajasi, tayyorlangan axborot hujjatining turi va tadbirni tayyorlashda ishlatilgan fondlarni shkaflari ko‘rsatilgan.
Arxivshunos xohishiga ko‘ra tayyorlangan axborot hujjatlarini hisobga olishni maxsus jurnali, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni hisobga olish jurnali, arxiv ma’lumotnomalari va nusxalaridan ko‘chirmalarni hisobga olish jurnalini yuritish mumkin.
Yil tugashi bilan birlamchi hisobga olish shakllari yig‘ilib taxlil qilinadi. Buning uchun hujjatlardan foydalanganligini umumlashtirilgan qayd qilish shakllari tuziladi. Davlat arxivlarida bu ishlarni xar tomonlama taxlil qilish uchun ilmiy axborot va foydalanish bo‘limini tashkil qilish tavsiya qilinib, bu bo‘lim yil tugashi bilan foydalanishni hisobga oluvchi barcha birlamchi hujjatlar tugashi zarur bo‘ladi. Jildga tikilgan va saqlanishda bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno. Bu ishlar foydalanish bo‘limida o‘tkazilishi mumkin.
Bu bosqichda yig‘ma statistik jadvallar tuziladi. SHuni ta’kidlash kerakki, foydalanishni qay qilishning boshlang‘ich shaklidan farqli o‘laroq bu jadvallarning shakli va tarkibidagi ma’lumotlar me’yoriy jixatdan xech qaerda ko‘rsatilmagan. SHuning uchun arxiv mustaqil holda hujjatlarni qaysi yo‘nalishda foydalanishni taxlil qilish muhimligini xal qilishi lozim. Yo‘nalishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ish ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Xar bir arxiv o‘zini usulini ishlab chiqadi, ammo arxivlar tajribasini o‘rganish asosida bir necha tavsiyalar berish mumkin:
Har bir yig‘ma jadvalni ko‘rsatgichlar tarkibini kelgusida o‘zgartirmaslik uchun puxta va to‘la ishlab chiqish. Aks holda yakuniy va yig‘ma hujjatlarni tuzish ishlari bir necha yillarga murakkablashadi. Natijada bir-biriga qarama-qarshi ko‘rsatgichlarni yig‘ishga to‘g‘ri keladi.
Har bir ko‘rsatgich bo‘yicha yig‘ma jadvaldagi har bir ko‘rsatgich yig‘indisini yil oxirida jamlash kerak (masalan yil davomida o‘tkazilgan ko‘rgazmalar, yil davomida berilgan jildlar soni va x.k), yil davomidagi o‘sishni belgilovchi bir qator ko‘rsatgichlar ham mavjud (masalan, o‘quv zaliga keluvchilarni mavsumiy farqlanishi). SHu bilan birga arxivda ma’lumotlardan foydalanishni haqiqiy manzarasini aniqlash uchun 5-10 yil davomidagi yig‘ma ma’lumotlarni keltirish kerak, aksincha barcha statistik ishlar bexuda bo‘ladi; ishonchlilikni oshirish uchun vaqtinchalik jadvallardan foydalanish mumkin:
Arxivda ishlatilgan hujjatlarni taxlili juda katta mexnat talab qiladigan ish hisoblanadi, buning uchun kompyuterdan foydalanish va statistik dasturlar hamda elektron jadvallarni o‘zlashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |