Shu bilan bir qatorda, fe’ldan yasalgan ot – terminlar o‘zlashtirish jarayonida o‘zbek tili ta’siriga uchraydi va fe’ldan ot yasovchi suffikslar hech bir qiyinchiliksiz o‘zbekcha faol affikslar bilan almashtiriladi. Ba’zi bir ashyoviy materiallarga murojaat qilamiz: Tormojeniye, izolirovaniye singari o‘zlashma terminlarning asosi o‘zbek tilida mustaqil ma’no ifodalamaydi. Bunday vaziyatlarda o‘zbek tilida o‘zlashmaning asosi qayta tiklanadi va unga o‘zbekcha affiks qo‘shiladi. Masalan, tormoz-lash (tormojeniye), model-lashtirish (modelirovaniye) va h.k.;
Do'stlaringiz bilan baham: |