3.O‘zbek tiliga o‘zlashgan fe’ldan yasalgan ot – terminlar. Ma’lumki, rus tilida fe’ldan yasalgan ismlar – ni(ye), -k(a), -atsi(ya),-izatsi(ya), -fikatsiya singari suffikslar ko‘magida hosil qilinadi. Mazkur suffiksli terminlar o‘zbek tili terminologiyasi sistemasiga o‘zlari ifodalovchi realiyalar va tushunchalar bilan birgalikda tayyor til birliklari sifatida kirib keladi. Masalan: amortizatsiya, nevrotizatsiya, anneksiya, assimilyatsiya, artikulyatsiya, alliteratsiya, korporatsiya, kriminalistika, kriminologiya, leksikologiya, intonatsiya, dissimilyatsiya va h.K.
Do'stlaringiz bilan baham: |