6-MA’RUZA. JAMLAGICH VA YARIM JAMLAGICHLAR
Ma’ruzachi: F.S.Irisqulov
Dars rejasi:
- Yarimjamlagichlar
- Jamlagichlar (summator)
Tayanch iboralar: summator, yarimsummator, HS, SM, ketma-ket summatorlar, papallel summatorlar
Ikki son xonalarini jamlash amalini bajaruvchi EHM uzeli summator deb ataladi.
Summatorlarni quyidagi belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalash mumkin:
- Bir xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha kombinatsion va to‘plovchi summatorlar.
- Bir xonali sonlarni jamlash sxemasidagi kirish yo‘llari soni bo‘yicha: ikki kirish yo‘lli bir xonali (yarim summatorlar) va uch kirish yo‘lli bir xonali summatorlar.
- Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha: ketma-ket va parallel summatorlar.
- Sanoq sistemasining asosi va qabul qilingan kodlash usuli bo‘yicha: ikkilik, uchlik, o‘nlik va ikkilik-o‘nlik summatorlar.
- Ko‘chirish zanjirini tashkil qilish usuli bo‘yicha: ketma-ket, boshdan-oyoq, bir vaqtda, guruhli, shartli ko‘chirishli va ko‘chirish qiymati signalini xotirada saqlovchi summatorlar.
Biz yuqorida sanab o‘tgan summatorlarning har biri o‘zining yutuq va kamchiliklariga ega.
Summatorlarni to‘la tahlil etish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Bugungi mashg‘ulotda biz ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha qo‘llaniladigan ketma-ket va parallel summatorlarning ishlash prinsiplari hamda ularning sxemalari bilan tanishib chiqamiz.
Umuman olganda, har qanday summatorning ishlash prinsipini tushunish uchun pozitsion sanoq sistemalarda qo‘shish amalini bajarish qonuniyatlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvoffiqdir.
Pozitsion sanoq sistemalarida qo‘shish amalini bajarish qoidalari haqida gapirib bering
Ma’lumki, har qanday pozitsion sanoq sistemalarda sonlar xonalar bo‘yicha qo‘shiladi. Qo‘shish amali bajarilganda har bir xonada uchta raqam: birinchi qo‘shiluvchining raqami, ikkinchi qo‘shiluvchining raqami va oldingi (kichik) xonadan ko‘chirish qiymati raqami qo‘shiladi. Natijada har bir xona uchun shu xona yig‘indisi raqami va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati hosil qilinadi.
EHM larda qo‘llaniladigan ikkilik sanoq sistemasida ham ikkilik kodlar i – xonada (razryadda) qo‘shiladi. Agar undan oldingi i–1 xonadan «1» ko‘chgan bo‘lsa, u ham i– xonada qo‘shilishi kerak.
Ikkilik sonlarni qo‘shish deganda ikkita x(x1, x2,…, xn) va y(y1, y2,…, yn) qo‘shiluvchilarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida s(s1, s2,…, sn) yig‘indining hosil bo‘lishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |