Intellektual hissiyotlar
ham o`z mohiyati jihatidan axloqiy hissiyotlarga yaqin bo`lgan
hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan hissiyotlar
bo`lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi.
Intellektual hissiyotlarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish
faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan, hayratda
qoldiradigan emotsiyalarga berilib qolgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi.
Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Bu his odam faol
bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarni hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan
kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |