Vertushka (6.5-rasm) val 2 ga o’rnatilgan, aylanma kurakchalar 1 ga ega bo’lgan g’ildirak bo’lib, asosiy korpusga mahkamlangan bo’ladi. Vertushkani suv oqimiga to’g’ri yo’naltirish uchun korpus 4 ga qanotcha o’rnatilgan. Vertushkadan elektr qo’ng’iroqqa o’tkazgichlar 3 tortilgan bo’lib, kurakchalar aylanganida elektr zanjiri tutashishi tufayli qo’ng’iroq jiringlaydi yoki maxsus hisoblagich aylanish sonini avtomatik ravishda hisoblaydi. Suvga tushirilgan vertushkalarning kurakchalari suvning tezligiga qarab sekinroq yoki tezroq aylanadi. SHuning uchun suyuqlikning tezligi hisoblagichning ko’rsatishi yoki vaqt birligida qo’ng’iroqning jiringlash soniga qarab aniqlanadi.

Zanjir kontakt mexanizmi orqali gidrometrik vertushka parrakli vintining har 20 aylanishida tutashtiriladi.
Gidrometrik vertushkalarni tartirovka qilish maxsus havzalarda bajariladi. Bunda vertushkani o’zgarmas tezlik bilan 0,05 m/s dan 2,5 m/s harakatlantiradi. Har bir holatda vint aylanishlar soni n bir sekund davomida hisoblanadi. SHu ma’lumotlar orqali tarirovka grafigi u=f(n) quriladi va bu vertushkaning asosiy xujjati (pasporti) hisoblanadi. O’lchash xatoligi 0,2% ni tashkil etadi.
Bir sekundda aylanishlar soni n = N/t , bu erda N - rotor aylanishlar soni; t- vaqt.