Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Kompyuter tarmoqlari
6-laboratoriya ishi
Mavzu: WAN tarmoqlarida dinamik marshrutlash. OSPF protokolini sozlash
Bajardi: 412 – 20 guruh talabasi Aliqulov Shaxboz
Tekshirdi: Abdullaev Mirjamol
Toshkent 2022
Ishdan maqsad
OSPF marshrutizatsiya protokolini marshrutizatorlarda sozlash va ishlash tamoyillarini o‘rganish.
Mashrutizatsiya protokolini kanal holatiga ko’ra ishlashi. OSPF protokoli IP-trafiklarni qo’llab quvatlash maqsadida Internetni rivojlantirish muxandislik guruxi (IETF) tomonidan ishlab chiqilgan. OSPF protokoli ochiq standartli mashrutizatsiya protokoli hisoblanadi. Kanal holatiga ko’ra mashrutizatsiya protokoli OSPF eng optimal qisqa yo’lni tanlashga asoslangan. Buning uchun dastlab kanal xolati bo’yicha axborotlarni almashiladi bunda OSPF protokoli qo’shni mashrutizatorlar bilan aloqa o’rnatadi, bu maqsada ospf protokollari Hello paketlarini uzatadi. Masofaviy - vektorli protokoli bilan kanal holati bo’yicha mashrutizatsiya protokolini solishtirganda u quydagilarni talab qiladi:
- Tarmoq konfigurasiyasi va rejalashtirishning ancha murakabligi
- Mashrutizator resurslarini ko’paytirish
- Xotirada katta hajmli jadvallarni saqlash uchun kata joy bo’lishi
- Murakab mashrutizatsiyalarni hisoblash uchun yuqori aniqlikga ishlay oladigan prosesorlar bo’lishi kerak
OSPF protokoli bosh tarmoq chegerasida summani avtomatik hisoblay olmaydi. Bundan tashqari OSPF muamolarni echimi sifatida Cisco kompaniyasi kanal o’tkazish qobilyatini aniqlashni taklif qiladi. OSPF protokoli kanal o’tkazish qobilyatini aniqlash orqali eng optimal mashrutni tanlaydi. Yani RIP protokolida qisqa yo’l tanlansa OSPF protokolida o’tkazish tezligi yuqoriroq kanal tanlaniladi.
RIP asosan o’tishlar soniga qarab eng optimal mashrutni aniqlashga harakat
qiladi.
OSPF protokoli metrikasi alohida kanalning o’tkazish qobilyati va tezligiga
asoslanadi.
OSPF mashrutizatorlari o’ziga bo’glangan mashrutizatorlar bilan axborot
almashadi. Yani kanal holati bo’yicha bildirish axbotori ma’lumotlaridan
foydalanadi, uni LSA yoki kanal ho’lati bo’yicha bildirish deb nomlangan.
Barcha kanallar tavsifi to’g’risida LSA bildirishini olgandan so’ng mavjud
OSPF mashrutizatorlari SPF algoritmidan foydalanadi. Bunda daraxtsimon shaklli
topologiya yoki tarmoq xaritasi tuziladi. Daraxtsimon SPF har bir yo’lni o’tkazish
qobilyatiga qarab eng optimal qisqa yo’l qidirib topiladi.
OSPF tarmog’ida hudud 0 raqamidan boshlanadi, bundan tashqari hudud
magistral hudud deb ham ataladi. Bu qiymat 0 dan 65535 gacha bo’lishi mumkin.
Bitta hududda 50 tagacha mashrutizator bo’lishi mumkin. Magistarl bolmagan
hududlar to’gridan to’gri hudud 0 bog’lanadi.
Mashrutizator biror hudud orqali magistral hudud bilan bo’glansa chegarada
turuvchi mashrutizator (ABR) deyiladi. Mashrutizator biror hudud orqali boshqa
mashrutizatsiya protokoli bilan bo’g’lansa avtonom tizimli chegarada turuvchi
mashrutizator (ASBR) deyiladi.
Amaliy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |