Alangani yoqish
Asbob ishlatish uchun eng yaxshi holatga keltirildi. Endi dasturning asosiy oynasidagi (1-rasm) “Atomizer” (atomlashtirgich) yozuvli tugmani bosib alanga atomlashtirgichni yoqishga o’ting. Alanga atomizator sahifasi (6-rasm) gorelkani yoqish yoki yonib turgan olovni o’chirish uchun zarur bo’lgan amallarni o’z ichiga oladi.
6-rasm. Asosiy oynaning “Atomizer” (atomlashtirgich) sahifasi
Spektrometr alanga bilan ishlayotgan bo’lsa:
Ballonlarni ishlatishdan oldin oching.
Kompressordan havo keladigan shlangni spektrometrning orqa tomonidagi havo kiradigan joyga ulang.
Ballondan asetilen keladigan shlangni C2H2 o’rniga ulang.
Namuna va blank (erituvchi) oladigan kapilyar shlanglarni blank quyilgan stakanga tushiring. To alanga o’chirilguncha blankning kapilyari blank quyilgan stakanda turishi kerak. Agar shunday qilinmasa, gorelka qizib ketadi va alanga o’chadi.
Oynaning “Oxidant Select” (Oksidlovchini tanlang) blokida ishlatiladigan oksidlagich turini tanlab uning kelishini ochib yoki yopib qo’yishingiz mumkin. Oksidlagich ya’ni havo oqimining tezligi zavodda belgilab (11 l/min) qo’yilgan bo’ladi.
Chap tomondagi “Fuel Flow” (Yoqilg’i sarfi) hisoblagichda yoqilg’i gazning ya’ni asetilenning tezligini o’zgartirish mumkin. Asbobning 6-oynasidagi «Air Flame Setting» (alangaga kelayotgan havoning tezligi) yozuvi asbob ishlab chiqaruvchilar tomonidan noto’g’ri yozilgan. Aslida u havo oqimining tezligini emas balki asetilenning sarfini ko’rsatadi. Bu yozuv ostidagi katak, aslida asetilen oqimining tezligini o’rnatish uchun mo’ljallanganini AURORA shirkatining asboblarni bizning labaratoriyaga o’rnatgan vakili aytdi. Shuning uchun bundan keyin «Air Flame Setting» yozuvni «C2H2 Flame Setting» deb o’qish kerak.
Gaz oqimlarini sozlash usulning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Gaz oqimlarini noto’g’ri sozlash ba’zi elementlarni aniqlashda sezgirlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Yoqilg’i sifatida doim asetilen, oksidlovchi sifatida esa havo yoki azot oksidi (zakis) ishlatiladi. Almashlab ulagich tugma yordamida “Oxidant Select” (oksidlovchini tanlang) blokidan oksidlovchi gaz sifatida «Air» (havo) tugmani bosib havo-asetilen gorelkani tanlang.
Oqimlarni sozlash asetilen va azot oksidning oqimlarini dastlabki sozlash uchun ishlatiladi. Operator “Fuel Flow” blokdagi «C2H2 Flame Setting» («Air Flame Setting») va «N2O Flame Setting» yozuvlarining ostidagi kataklarga ularning chetidagi yuqoriga/pastga tugmalarni bosib tegishli kattaliklarni tanlash orqali asetilen va azot oksidining tezliklarini o’rnatish mumkin. Ushbu kataklarda asbobga kelayotgan oqim tezligining joriy qiymatlari aks ettiriladi.
Ishlatiladigan gazlar oqimining ruxsat berilgan tezliklari
Siqilgan gaz (toza va quruq havo):
Ruxsat etilgan bosimlar
|
350 kPa (50 psi)
|
Bosimning mumkin bo’lgan oralig’i
|
350 ... 550 kPa (50 … 80 psi)
|
Oqimning o’rnatilgan tezligi
|
11 l/min atrofida (nebyulayzerga bog’liq ravishda)
|
Asetilen (markasi AA, tozaligi 99,0 %, asetonga solingan (joylangan):
Ruxsat etilgan bosimlar
|
60 kPa (9 psi)
|
Bosimning mumkin bo’lgan oralig’i
|
55 ... 70 kPa (8 … 10 psi)
|
Oqim tezligining oralig’i
|
Dastur orqali 1 dan to 8 l/min gacha o’rnatiladi)
|
DIQQAT! Asetilenni 15 psi (105 kPa) dan katta bosimda ishlatmang. Ko’rsatilgan bosimdan katta bosimda asetilen o’zo’zidan portlashi mumkin.
Asetilen oqimining tezligini 1,5 l/min («Air Flame Setting») va alanga oldirish uchun zarur bo’lgan oqim tezligini 2,4 l/min («Ignition Setting») qilib tanlang.
Siqilgan havo keladigan sistemani (kompressorni) yoqing. Uning bosimini 50 – 80 psi orasida o’rnating.
Asetilenlik ballonni oching, klapan-regulyatordagi bosimni 9 psi (60 kPa) qilib o’rnating. «Ignite» (Yondirish) tugmasini bosing. Bu vaqtda “Oxidant Select” blokining o’ng tomonidagi “Off” deb yozilgan katta qizil tugmaning rangi ko’kka aylanib yozuvi “On” ga almashadi va gorelkaga keladigan havoning yo’li ochilib havo kela boshlaydi. Bir necha sekund o’tgach alanga avtomatik ravishda yonadi. Alanganing yonishi turg’unlashgandan keyin katta «Ignite» (Yondirish) va asosiy oynaning asboblar panelidagi «Ignite» tugmalarining ustiga katta “X” harfi yoziladi.
“Fuel Flow” blokning o’ng tomonidagi “Off” yozuvli katta qizil tugmaning rangi ham o’zgaradi. Blokning chap tomonidagi yoqilg’i sarfini (“Fuel Flow”) hisoblaydigan hisoblagichning surilgichi asetilen sarfining joriy (hozirgi) qiymatini ko’rsatadi.
Gazlar aralashmasi ozroq to’yingan sharoitda alanga yonadi. Alanga yonishni boshlagandan keyin 2 sekund o’tgach havo va asetilen oqimlarining tezligi o’rnatilgan qiymatlarni oladi. Bu bosqichda alanganing rangi tiniq, shaffof bo’lishi kerak.
Ko’pchilik elementlar uchun ushbu alanga yuqori darajadagi sezgirlik va quyi darajadagi xalaqitlar uchun shart-sharoit yaratadi. Metallar uchun (ayniqsa qalay, molibden va xrom) uchun past tamperaturalik alanga talab qilinadi (oq va svetyashiy). Test eritma yordamida (optik zichligi 0,4 atrofida) optik zichlikning maksimal qiymati olinguncha gazlar oqimini o’zgartirish va gorelkaning holatini sozlash orqali har bir element uchun alanganing eng yaxshi sharoitini hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |