6-labaratoriya ishi
Iqtisodiyot modellerida vaqt qatorlari. Vaqt qatorini tekislashning analitik va algoritmik usullari. Vaqt qatorlarini bashorat qilish usullari. Avtokorrelyasiya funksiyasi va uning xossalari
Labaratoriya ishi uchun topshiriq:
Ishonchli manbalardan hajmi kamida 20 ta bo’lgan (kunlik, yoki haftalik, yoki oylik, yoki choraklik, yoki yillik) X ma’lumotlar oling.
Ushbu vaqt qatori: asosiy statistikalarini toping.
Vaqt qatori grafigini chizing.
Ushbu ma’lumotlar asosida trend va mavsumiylik mavjudligini aniqlang.
Ushbu ma’lumotlar asosida chiziqli va parabolik trend modelini quring, determinatsiya koeffitsientlarini aniqlang.
O‘z xohishingizga ko’ra eksponensial trend modeli yoki logorifmik trend modelini quring.
Yuqorida olingan modellarni solishtiring va eng yaxshi modelni aniqlang. Barcha ishlar bo’yicha xulosa chiqaring.
Masala: Quyidagi jadvalda Sirdaryo viloyati uchun iqtisodiy faol ahohi soni keltirilgan. (2000-2021-yillar uchun, ming kishi).
Yillar
|
Iqtisodiy faol aholi
|
Yillar
|
Iqtisodiy faol aholi
|
2000
|
249,3
|
2011
|
342,1
|
2001
|
254,3
|
2012
|
348,7
|
2002
|
259,0
|
2013
|
357,5
|
2003
|
265,9
|
2014
|
366,6
|
2004
|
274,5
|
2015
|
369,1
|
2005
|
280,7
|
2016
|
368,5
|
2006
|
288,9
|
2017
|
371,9
|
2007
|
308,9
|
2018
|
390,7
|
2008
|
316,9
|
2019
|
385,9
|
2009
|
326,1
|
2020
|
373,4
|
2010
|
335,0
|
2021
|
372,1
|
Manba: https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/labor-market-2
Maqsad berilgan X ma’lumotlardagi vaqt birligi davomidagi bog’liqlikni aniqlash va masala uchun eng yaxshi model qurib, u orqali keyingi davrlardagi o’rtacha iqtisodiy faol aholi sonini kam xatolik bilan bashorat qilishdan iborat.
Asosiy statistik ko’rsatkichlarni MINITAB dasturida quyidagi buyruqlar ketma-ketligida hosil qilishimiz mumkin:
Stat → Basic Statistics → Display Descriptive Statistics
Descriptive statistics: Iqtisodiy faol aholi
|
Variable
|
Mean
|
SE Mean
|
StDev
|
Variance
|
Minimum
|
Median
|
Maximum
|
Iqtisodiy faol aholi soni
|
327,5
|
10,1
|
47,3
|
2235,3
|
249,3
|
338,6
|
390,7
|
Asosiy statistikalardan ko’rib turganimizdek, berilgan davr mobaynida iqtisodiy faol aholi soni o’zining maksimum nuqtasiga 2018-yilda erishgan va 390,7 ni tashkil etgan. Eng minimum nuqtasiga esa 2000-yilda erishgan va 249,3 ni tashkil etgan. O’rtachasi esa 327,5. Medianasi esa 338,6 ga teng. O’rtacha kvadratik chetlanish 47,9 tani tashkil qildi. Berilgan qiymatlarning regressiya chizig’i atrofida qanchalik sochilganligi esa 10,1 tani ko’rsatdi.
Grafik va unga oid dastlabki xulosalar:
Grafikdan iqtisodiy faol aholi sonining har bir davrda o’zgarish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Dastlab, 1-davrda Iqtisodiy faol aholi soni ko’rsatkichi X umumiy o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan. Faqatgina 5-davrdan boshlab kamayish tendensiyasiga ega bo’lgan. Oxirgi davrda esa iqtisodiy faol aholi soni eng yuqori darajasiga erishgan. Umuman olganda iqtisodiy faol aholi soni X ning qiymati o’sish va kamayish tendensiyasiga ega. Demak, trend mavjud. Mavsumiylik va davriylik yo’q ekanligini grafikdan oson ko’rish mumkin.
Yuqoridagi masala uchun korelogramma quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Avtokorrelyatsiya grafigidan quyidagicha xulosalarni chiqarishimiz mumkin: Qoidani esga oladigan bo’lsak, trend mavjud bo’lishi uchun qator nostatsionar bo’lishi kerak. Qator nostatsionar bo’lishi uchun esa korelogrammadagi dastlabki bir nechta korrelyatsiya koeffisentlari chegaraviy chiziqdan tashqarida yotishi kerak. Korelogrammada chegaradan tashqarida 2ta lag bo’lgani uchun qator nostatsionardir. Shuningdek, korrelyatsiya koeffisenti tobora kamayib borayotganligi va bir xil qiymatlarni qabul qilmayotganligi uchun mavsumiylik va sikllilik yo’q degan xulosaga kelamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |