4.3. KIYIM SHAKLINING TUZILISHI XAQIDA TUSHUNCHA. KIYIM STRUKTURASI VA UNING TUZILISH JARAYONI.
LIBOS SHAKLINI XOSIL QILISHDA CHIZIQLAР VA DETALLARNING KONSTRUKTIV - BEZAK ROLI.
Kiyim loyixalash jarayonida uning shakli chukur ahamiyatga ega. Kiyim shakli o’sha zamon uslubiga monand bo’ladi. Kiyimdagi shakl vaqtdagi davriylikni o’zida saklab koladi.
Kiyimni shakli kanday to’zilganligi va rivojlanganligini bilish uchun uning ahamiyati va moxiyatini anglash kerak. Dizayn soxasidagi nazariy tushunchalar "Kiyim shakli" tushunchasining mazmunini to’liq izoxlay olmaydi. Kiyim shakli ko’pincha statik holatda ko’rib chiqiladi. Vaholanki, u dinamik sistema bo’lib hisoblanadi. Ba`zida kiyimning inson bilan bog’liqligini, uning harakati va proportsiyasи bilan bog’liq holatda qarab chiqish kerakdir. harbiy xizmatchilarning XIX asr davomida kiyimlar rangining o’zgarishi urganilganda, fakatgina ularning rangiga e`tibor berib kifoyalanishimizga to’g’ри keladi. Kiyimning shakli o’rganilayotganda 4 darajaga ajratishimizga to’g’ri keladi. Gazlama fakturasi, rangi, bezak chiziqlari va ko’rinuvchi choklari - moddiy dekorativ daraja Kiyim erkinlik darajasi (tanaga epishuvchanligi - erkin yotish xak darajasi). Kiyim shakli geometrik - ichki tavsiv sifatida (proportsiya, geometriya, simmetriya). Strukturaviy daraja - odam tanasi shaklining plastikligi - tana plastiklik darajasi.
Libos shaklining yuqoridagi darajalari bo’yicha urganish chukur o’zaro taxlilni talab etadi. SHunday ekan, kiyim shakli dinamik holatda teatrlashtirilgan gurux yoki bir kishilik manekenchilar yordamida namoyishi bilan olib boriladi. Kiyim namoyishida asosan kiyim modelining fiksatsiyasidan ko’ra, uniнг plastik tilsimining shakli xotirada koladi. Kiyimlar namoyishining asosiy maqsadi - shakllar g’oyasini, masalan geometrik shakllar va ularning proportsional mosliklari asosida tuzilgan kiyimlar assortimentini publika e`tiboriga berishdan iborat. Kiyim shakli bunda harakatda ko’rinadi. harakat kiyim shakli xakida ma`lumot beruvchi omil bo’lib hisoblanadi. Ma`lum bir kiyim shaklining o’qilishi va qabul kilinishi ma`lum bir vaqt oralig’ida yuzaga keladi, ya`ni fizikaviy jismning fazoda harakatlanishi bilan birgalikda biologik o’zgarish, kuchlanish, tovushlar, mexanik faktorni - vaqtinchalik faktor sifatida qabul qilish kerak. Kiyim shakli ma`lum bir vaqt mobaynida fazodagi alomatlar yig’indisidan xosil bo’ladi.
SHunday qilib, kiyim shakli deganda fazoviy vaqt sistemasini dinamik modeli tushuniladi. Undan model elementlari figurasi va muhiti o’rtasidagi ko’p darajali strukturaviy bog’liqligiga egadir. Kiyim shaklini geometrik ko’rinish - struktura va konstruktsiya aniklaydi.
SHakl mavjudligining asosiy qoidasi - uning etukligi va tashkil etilishidadir. SHakl 3 ta aspektda bo’lishi mumkin. Yakka elementar model sistemasi:
- Insonning ma`lum obrazini tavsiflovchi sifatida,
- Mahsulotlar guruxining umumiy goyasini beruvchi tur sifatida,.
- Vaqtning umumiy goyasini anglatuvchi maksimum sistemani tavsiflovchi bazaviy shakl sifatida.
Libosdagi geometrik ko’rinish konstruktsiya, material va proportsiya shaklini tavsiflaydi. Barcha variantlar uchun asos bo’lib xizmat ko’rsatuvchi bazaviy yoki asosiy shakl deb hisoblaydi. Bazaviy shakl mahsulotlar seriyasiga asos bo’lib, ma`lum uslub uchun goyaviy shakl hisoblanadi. Uslubiy - bazaviy shakl bo’lib, vaqtning ma`lum ahamiyatli alomatlarini mujassamlashtirgan shakл hisoblanadi. Klassik shakl progressiv urf - odatlarni o’zida mujasamlashtirib va uni kelajakdagi o’zgarishini o’zida aks ettiradi.
Klassik shaklga misol: rubashka, shim, pidjak, yumshok shlyapa, shapka - kulokchin. Klassik shaklda - azaldan saqlanib kelgan va hozirda funktsional talablarga javob beruvchi elementlar mujassamlashgan bo’ladi. SHakl - nafaqat tashkil etilgan xajm, balki uning fazo bilan chegarasidir. har bir shakl og’irlik markazi o’q va simmetriyaga ega bo’lishi lozim. Markaz shaklning kattaligi va uning harakatini aniklaydi va psixologik kuch sifatida keltirilishi mumkin.
Markazni nafaqat uning belgilariga ko’ra, balki vizual qabul kilinadigan tasvirlardan tarkaluvchi kuchlar o’zaro aloqasi orkali ham aniklash mumkin. Kiyim shaklini tashkil etish printsiplarini uninг strukturasini to’liq urgangan holatdagina aniklash mumkin. Buning uchun shakl detallari va ularning o’zaro aloqa sistemasi nisbatlari bo’laklarga bo’lingan holda urganiladi.
SHakl o’rganilishining turli aspektlari morfologik chiziqlari, funktsiyalari, tayyorlash texnologiyasi bo’lib hisoblanadi. Struktura - biror bir ob`ektning muallak "skeleti" bo’lib kolmay, balki koidalar majmuasi bo’lib, bir ob`ektning 1, 2, 3 chi va hokazo elementlari va hosilalari almashtirilishi bilan yuzaga keltiriladi.
Struktura - keng tarqalgan tushuncha bo’lib, u geologiya, matematikada uchraydi. Struktura nafakat taxlil uchun, balki buyumning birlamchi qabuli uchun zarurdir. Struktura - 2, 3 bo’lakdan iborat sistema ko’rinishda qabul kilinib, bo’laklanuvchi tushunchasi makrostruktura bo’lib hisoblanidi.
Makrostruktura - uning mashtabi butun asar mashtabiga teng yoki sistemaning to’liqligidir. Makrostruktura deganda, ma`lum bir konstruktsiya estetik timsol asosida to’zilgan mahsulotlar guruxining elementar strukturasi bo’yicha ketmaqketligi tushuniladi. Masalan: o’zbek xalqi san`ati motivlari asosida yaratilgan rakkosalar kiyimining murakkab ansambli.
Mikrostruktura yoki elementar struktura tushunchasi asosida makrostruktura tarkibini tashkil etuvchi alohida modellar tushuniladi. Strukturani anglashdan maqsad - kostyum alomatlarining sifati o’zgarishlarini tushunish, bu o’zgarish siljishni anglatish va bu xakda ЭXMga ma`lumot shakli o’zgarishining ahamiyatli va ahamiyatsiz ekanligini ajratishdan iborat.
XIX-XX acp kostyum shakllari taxlil kilinganda, ular shaklining geometrik shaklning ma`lum bir turiga mansubligi anikligi, ya`ni shakl detallari ma`lum bir shakl sifatida ekanligi ma`lum bo’ladi. Kiyim shakllaring taxlili, ular siluetlari taxlili bilan yondosh bo’lib, ular trapetsiya, to’rtburchak, aylanalar turli qancha shaklida berilgan. Vaqt utishi bilan oddiy, ovalsimon, to’rtburchaksimon konfiguratsiyalar murakkablashib kelmokda.
Kiyim shakli zamona uslubiga mos holatda o’zgarib keladi. XX asr kostyumlaridagi ham sifatiy, ham mikdoriy alomatlar taxlil kilinganda, kiyimning o’zunligi va eni bel satxi, shakl proektsiyasi yuzasiга tayanilishi kuzatildi.
Ustki kiyimlar - pal'to, plash, kuylaklarga nisbatan kam o’zgaruvchan shakldagi to’rtburchaklar haм vaqt davomiyligida o’z qanchani o’zgartiradi. Masalan: 1910 - 1944 yillar va 1966 yillardagi ayollar kiyimidagi shakl farqlari. har bir moda tsikli 103q106 yilni tashkil etadi.
Kiyimdagi asosiy shakllar - 3 xil asosiy geometrik struktura - oval, trapetsiya, to’rtburchak. Ular doim transformatsiyalanib, burchaklar kattaligi va chiziqlar kiyshikligi o’zgarishi bilan xosil bo’ladi. Moda va kostyum murakkab o’zaro tashkil etuvchi sistema bo’lganligi sababli, kiyim shaklining etukligi va to’liqligini ta`minlash uchun moda rivojlanishi jarayonini boshqarish talab etiladi.
Kostyum shakli konstruktiv yo’llar bilan ayrim hajmlar va kostyum qismlarining tutashmasi orqalи yaratiladi. Bu tutashmalar chiziqlari konstruktiv chiziqlar deyiladi. Ular ichiga yuklash, rel'eflar, shaklning bo’linish chiziqlari va shaklning hajmini o’zgariradigan kesik va vitachkalar kiradi. Agar bu chiziqlar dekorativ bezatilsa (chok, badiiy choklar, shnur, tasma bilan va h.k.) ular konstruktiv - dekorativ chiziqlar deyiladi. Bu holda kontruktsiyaning o’zi estetik funktsiyani bajaradi. Kostyum silueti deb hajmli shaklning uning xususiyatlarini ajratib ko’rsatuvchi tekislikda ifodalanishiga aytiladi. Kostyumda moda yo’nalishlarning almashuvi siluetlar almashuvi bilan xarakterlanishi bejiz emas. Kostyum silueti elka chiziqlari va mahsulot qomat qismi, eng boshi, bel chizig’i darajasi va pasti xarakteriga bog’liq. Odatda kostyum shaklini frontal va profil siluetlar tavsiflaydi (29 - rasm).
Siluet deb shakl ko’rinishi e`tiborligini ta`kidlovchi hajmiylikning tekislikdagi ifodasiga aytiladi. Kiyimdagi moda yo’nalishlari siluetlar o’zgarishi bilan xarakterlanishi tasodifiy emas.
Dekorativ chiziqlar detallar ustiga tikilgan tasmalar va charmdan bichilgan to’g’ri chiziqli bezaklaр bo’lishi mumkin. Siluetlar kuyidagi belgilar bo’yicha tasniflanadi: figurada turishi bo’yicha (sal yopishиб turadigan, yopishib turadigan, bemalol, kengaygan, pastga toraygan) va geometrik shakli bo’yichа (to’g’ri, trapetsiyasimon, oval, uchi kesilgan ikki uchburchak ko’rinishida va Xqsimon).
Bel chizig’i tikuv buyumi siluetini shakllashda etakchi chiziqlardan biri hisoblanadi. Bel chizig’ida kiyimning zich yodishib turgani yopishib turuvchi siluetni; o’rtacha yopishib turgani - sal yopishiб turadigan siluetni, bel chizig’idagi kiyimning kengligi ko’krak chizig’idagi kenglikka deyarli teng bo’lsа - to’g’ri siluetni, juda bemaloli - kengaygan siluetni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |