Erkin radikallar va ularning xossalari. Yuqorida ta’rif berganimizdek, erkin radikal juftlashmagan elektronga ega molekula yoki uni fragmenti hisoblanadi. Erkin radikal tegishli modda kimyoviy formulasi ustiga qo‘yiladigan qalin nuqta orqali ifodalanadi. Masalan, Н`, ОН` va boshqalar.
Erkin radikallar, radikal hosil qiluvchi moddalar tabiatiga bogliq holda neytral kation yoki anion holatida ham bolishi mumkin. Masalan, tirozin molekulasi sharoitga bogliq holda neytral yoki kation radikali holatida uchraydi. Anion radikalga kislorodning superoksidanion radikalini misol qilish mumkin. Demak, molekulada juftlanmagan elektronning paydo bolishi bosh valentlikning paydo bolishiga ekvivalentdir.
Erkin radikallarga xos xususiyatlar:
Yuksak kimyoviy faollik;
Paramagnitlik;
Zanjirli reaksiyalarni boshlab berish.
Erkin radikalli jarayonlar. Hujayrada kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida erkin radikallar paydo boladi. Suv hosil bolish jarayoni kislorod superoksidanion radikalining paydo bolishidan boshlanadi, yani nafas zanjiri komponentlarida kechadigan Fe2+→Fe3+ tip reaksiyalar evaziga suv fazadagi kislorod anion radikaliga aylanib, quyidagi jarayonni boshlab beradi va unda ishtirok etadi.
Fe2+ + O2 + H+ → Fe3+ + HO2
RH + HO2 → R + H2O2
R + O2 → RO2
RO2 + RH → ROOH + R
ROOH + Fe2+ → RO + OH + Fe3+
Ko‘rinib turibdiki, moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan suv erkin radikalli jarayonlar mahsuli hamdir. Suv fazaga ultrabinafsha yoki ionlashtiruvchi nurlar ta’sir etganda, suv radiolizi hisobiga erkin radikallar Н`, ОН`, Н2О va gidratli е-, Н+, ОН- hamda Н2О2 hosil bo‘ladi.
Y.A.Vladimirov ta’kidlashicha, asosan membranada kechadigan 4 ta jarayon turli hil patologiyalarga asos bo‘ladi. Bular:
lipidlarni perekisli oksidlanishi;
membrana fosfolipazalarini ta’siri;
membranalarning ostmotik (mexanik) cho‘zilishi;
membrana lipid qo‘shqatlamiga polielektrolitlar, ayrim oqsil va peptidlarni adsorbsiyalanishi.
Ushbu 4 ta jarayon turli patologiyalarning rivojlanishidagi roli benihoya katta. Ushbu membranaviy jarayonlarning boshlanish sabablarini, ularni boshqarish mexanizmlarini, shikastlanish sabablarini, shikastlanishning hujayra hayot faoliyati va butun organizm uchun biologik oqibatlarini bilish patologiyalarni kelib chiqish mexanizmlarinini, mohiyatini anglashga imkon beradi.
Masalan, koproq organilgan jarayon lipidlarni perekisli oksidlanishi (LPO) jarayonini korib chiqaylik. LPO erkin radikallar ishtirokida otadi. Erkin radikallar bu tashqi orbitada juftsiz elektronga ega bolgan va yuqori reaksiyaga kirishish xossasiga ega bolgan molekulalardir. Kislorod, fosfolipidlar, xlor va azot monooksidi radikallari yaxshi organilgan. Radikallarni organishda xemilyuminessensiya, EPR (elektron paramagnit rezonans) usullari hamda radikallarning malum tiplari qatnashadigan ingibitorlarni qollashdan foydalaniladi.
Tirik organizmlarda hosil boluvchi erkin radikallarning asosiy tiplari 10.3-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |