6-cинфлар учун


METALLARGA SHABERLASH VA ISHQALASH ORQALI ISHLOV BERISH



Download 7,16 Mb.
bet30/56
Sana06.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#746501
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
texnologiya va dizayn metallarga ishlov berish texnalogiyasi

METALLARGA SHABERLASH VA ISHQALASH ORQALI ISHLOV BERISH


Shaberlash


Egovlashdan so’ng shaberlash ishlari bajarilib sirtlarning tozaligi va aniqligi ta’minlanadi.

Shaberlanadigan sirtlarda ortiqcha g’adir-budurliklar, tirnalgan dag’al egov izlari bo’lmasligi kerak.
Shaberlash ishlarini bajarish uchun:
Sirtlar shabsrlashga tayyorlanadi. Buning uchun sirtlar lineyka bilan tekshirilib, undagi notekisliklar mayin egov yordamida kesishtirish usuli bilan egovlanib yo’qotiladi.
Shaberlar charxlanib, qirovi to’kilib o’tkirlanadi (66- rasm). Buning uchun:

  1. tirgakni charx toshiga nisbatan to’g’ri o’rnatib, himoya ekrani tushiriladi;

  2. shaberni 66-rasm, a da

ko’rsatilganidek tutib, ikala yog’ini tig’dan 20—30 mm uzunlikda o’zaro parallel qilib charxlanadi;v) charxlangan shaberni66-rasm, b da ko’rsatilganidek qum qayroqda qayrab, qirovi to’kiladi.
Tekshirish plitasi tozalanib, tampon bilan uning sirtiga bir tekis qilib yupqa bo’yoq surtiladi (67-rasm).
Shaberlanadigan sirtlar tekshirish plitasi ustiga qo’yilib, turli yo’nalishda suriladi. Buning natijasida sirtda bo’yoq dog’lari hosil bo’lib, sirtning
shaberlanadigan qismi aniqlanadi (68-rasm).
Agar sirt yoppasiga bo’yoq pardasi bilan qoplansa, sirtning do’ngliklari qayta aniqlanadi. Buning uchun:

  1. sirt bo’yoqdan tozalanadi;

  2. tekshirish plitasi ustidagi ortiqcha bo’yoq artib tashlanadi;

v) qayta tekshirish o’tkaziladi.

    1. Aniqlangan do’ngliklar quyidagicha shaberlanadi:

      1. detal tiskiga, qo’shimcha jag’lar orasiga olib o’rnatiladi;

      2. tiskiga nisbatai to’g’ri ish vaziyatini egallab, shaberni qo’lga olinadi;

v) shaberni sirtga nisbatan 30—40° burchak ostida tutib (69-rasm, a) shaberlash davom ettiriladi. Sirtning faqat bo’yoq qoplangan qismigina shaberlanadi;
g) har bir qatlamni qirishdan so’ng sirt artib tozalana- di va uning tekisligi takror tekshiriladi;
d) takroriy shaberlashda shaber oldingi yo’nalishga tik tortiladi.

    1. Shaberlangan sirtning tekisligi tekshiriladi (69-rasm, b). Buning uchun sirtning har er-har eriga tekshirish ramkasini o’rnatib, uning ichidagi dog’lar soni hisoblanadi. Agar har qaysi tekshirishdagi dog’lar soni bir-biriga yaqin bo’lsa, sirtning tekisligi ta’minlangan bo’ladi.

2. O’zaro parallel yassi sirtlar ni shaberlash mashqi.

  1. Sirtlar shaberlashga tayyorlanadi.

  2. Birinchi sirt shaberlanib, uning tekisligi va tozaligi ga’minlangach, unga parallel bo’lgan ikkinchi sirt shaberlanadi. Buning uchun:

a)sirtlarning o’zaro parallelligi shtangensirkul bilan tekshiriladi; b)talab etilishiga qarab ikkinchi sirt shaberlashga tayyorlanadi; v)ikkinchi sirtning do’ngliklari aniqlanib, shaberlalanadi; g)birinchi sirtni tekshirish plitasiga qaratib joylashtiriladi;

  1. tekshirish plitasi ustiga indikatorni o’rnatib, uning sterjenini tekshiriluvchi (ikkinchi) sirtga tekkizib, sifer blatning noli strelkaga to’g’rilanadi;

  2. detalni tekshirish plitasi ustida turli yo’nalishda surib, strelkaning og’ishiga qarab do’ngliklar aniqlanadi va bo’r bilan belgilanadi (70-rasm)

j)do’ngliklar qayta shaberlanib, sirtning tekisligi plita yordamida o’zaro parallelligi indikator bilan tekshirilib, talab etilgan aniqlikdagi sirtlar hosil bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi.


  1. O’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan yassi sirtlarni shaberlash

mashqi .

  1. Baza yuza talab etilishiga qarab egovlab tekislanadi, do’ngliklari aniqlanib, talab etilgan darajada shaberlanadi.

  2. Ishlanuvchi sirtning baza yuzaga nisbatan to’g’ri burchakliligi go’niya yordamida tekshirilib, talab etilishiga qarab egovlanib shaberlashga tayyorlanadi.

  3. Ishlanuvchi sirtdagi do’ngliklarpi aniqlash uchuy tekshirish plitasi ustiga kontrol go’niya o’rnatiladi Baza yuzani tekshirish plitasiga joylashtirib tekshiriluvchi sirtni kontrol go’niyaga ohista tekkiziladi (kontrol go’niyaga bo’yoq surtilgan bo’ladi). Detal tekshirish plitasi ustida kontrol go’niya bo’ylab suriladi (71-rasm). Aniqlangan do’ngliklar shaberlanib, sirtning silliqligi va baza yuzaga nisbatan go’niyaliligi ta’minlanadi. Shaberlash talab etilgan darajagacha davom ettiriladi.


ISHQALASH


Sirtlarni yuqori darajada pardozlash, jilvirlash, jilolash va aniqligini ta’minlash maqsadida ishqalash ishlari bajariladi. Ishqalash natijasida 0,02 mm gacha qalinlikdagi qirindi chiqarilib, sirtning aniqligi 0,001—0,002 mm gacha
etkaziladi.
Sirtlar pasta, jilvir kukuni, maydalangan shishalar bilan ishqalanadi.
Ishqalash ishqalanuvchi sirtlarga mos shakldagi mahsus ishqalovchi asbob — pritirlar yordamida bajariladi. Ular yassi, silindrik (sterjen va halqa shaklida), rezbasimon va mahsus shaklli bo’ladi (72-rasm).
Pritirlar cho’yan, qizil mis, qo’rg’oshin, shisha, qattiq yog’ochlardan tayyorlanadi.

  1. Pritirlarning sirtiga ishqalovchi materiallar qoplanadi. Buning uchun:

  1. pritirlar kerosin bilan yuvilib, artib quritiladi.

  2. ularning sirtiga mashina moyi bilan kerosin aralashmasi surtiladi;

v) yassi pritir yuziga ishqalovchi material kukuni sepiladi yoki pasta surtiladi;
g) po’lat jo’va bilan pritirga bosib ishqalovchi material yopishtiriladi — qoplanadi. (73-rasm, a);
d) jo’va shaklidagi pritirlarning sirtiga ishqalovchi materil qoplash uchun ular yuzaga poroshok sepilgan yoki pasta surtilgan plita ustida yumalatiladi (74-rasm, b).

  1. Yassi sirtlarni ishqalashda detalni pritir (plita)ga qo’yib, ortiqcha bosmasdan uning ustida ilgarilama-qaytar va aylanma harakatga keltirib ishqalanadi (74-rasm,a). So’nggi ishqalashda plita ustiga ishqalovchi material sepmasdan mashina moyi bilan kerosin aralashmasi surtilib ishqalash davom ettiriladi.

  2. Yupqa detallarning zehlarini ishqalashda detalni brusokka jips qadar tutiladi va u bilan birgalikda plita (pritir) ustida ishqalanadi(75-rasm, b).

  3. Bir necha yupqa detallarning zehlarini ishqalashda ularni plita ustida tekislab terib, strubsina billi siqiladi va bir butun holda ishqalanadi (75- rasm, v).





    1. Download 7,16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish