CHUST PICHOQCHILIK MAKTABI
84 – rasm Pichoqlar: Andijon
85 – rasm Milliy Pichoqlar. Andijonlik
pichoqchi ustalar Abdumalik va G`olibjon
Muxtorovlar bajargan
.
85
Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi.
Pichoqning dasta hamda tig’i uzunroq, tig’ining uchi tashqariga, dastasining uchi
ichkariga tomon qayrilgan bo’ladi. Chust shaharlarida hali ham pichoqchilik o’z
an’analarini davom ettirib kelmoqda. Farg’ona vodiysida Chust asosiy pichoq
tayyorlash vatani bo’lib, ular boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq
qiladi. Chust pichoqlari qat’iyligi, shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan
mashx.ur. 1932 yilda Chustda sobiq»Qizil kuch» nomli artel tuzildi. Ba’zi og’ir
qo’l mehnatlari stanoklarda bajariladigan bo’lindi. Oldin ustalar pichoq tig’larini
yasash uchun eski arracha hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq
dastalari esa hayvon shoxlaridan va yog’ochlardan yasalgan.
4.9.
XIVA, SHAXRIXON, QUQON PICHLOQCHILIK
MAKTABLARI
XIVA PICHOQCHILIK MAKTABI
Xorazmdagi Xiva shahri hali ham o’z an’analarini davom ettirib kelmoqda.
Hozirda xivalik ustalarimizning XIX—XX asrlarda ishlagan pichoqlari
jumhuriyatimizning turli muzeylarida doimiy ekspozisiyaga aylanib qolgan. Bu
pichoqchi ustalarning ishlarini ko’rar ekanmiz pichoq shakllarining nozikligi,
bezakdorligi hamda metallni mohirona qayta ishlanganligini ko’ramiz. Ular
pichoqlarining tig’i yuzining nozik islimiy naqshlar bilan bezatilganligini,
«qinbog’i»ning metalldan yasalib badiiy naqshlar bilan bezalganligini ko’ramiz
Xiva pichoqchilik maktabiga katta hissa qo’shgan ustalardan biri Otajon
Madraimov (1884— 1916). U o’zining ijodiy merosini o’g’li Madraim Otajonovga
qoldirgan. Madraim Otajonov jum-huriyat xalq amaliy san’ati ustalari
uyushmasida ishlab ajoyib guldor pichoqlar ishlab xalqqa tanilgan. U xiva
hunarmandchiligi an’analarini
davom ettirib kelmoqda. Xiva
pichoqlari guldor bo’lib qini
o’ymakor naqshli mis hamda jez
qoplamalar bilan bezatilgan.
Shahrixon pichoqchilik
maktab - i
Shahrixon ustalari
qadimdan pichoq yasab kelganlar.
Ular yasagan pichoqlar ko’proq
suqma sopli, ixcham, o’tkir dastali
gulsiz yoki siyrak gulli bo’ladi.
Qo’qon pichoqchilik maktabi
- Qo’qon ustalarining pichoqlari
ham o’ziga xos bo’lib, tig’i katta
hamda qalin, sal uzun, dastasi
sarbastali bo’ladi. Uni ustalarimiz
ko’konforma pichoq deb ham yuritadilar (86 - rasm).
86 -rasm. Pichoqlar. Qo’qon
.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |