Tarmoq kabeli.
Har qanday kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar uzatish kanallari orqali elektromagnit signallar ko‘rinishida uzatiladi. Uzatish muhitlarining asosiy kamchilligi signallarning pasayishi deb hisoblanadi. Uzatish muhiti ikki xil bo‘ladi: cheklangan va cheklanmagan muhitlar. Muhitning cheklanganligi signal o‘tkazuvchilarning fizik nuqtayi nazardan cheklanganidan kelib chiqadi, aks holda muhit cheklanmagan hisoblanadi. Cheklangan muhitlarga «o‘rama juftlik», koaksil kabel va optik tolali kabellar kiradi. Cheklanmagan muhit bu ochiq fazo bo‘lib, bu yerda mikro va boshqa to‘lqinlar signallari uzatiladi.
Tarmoq kabeli – o‘tkazuvchi-sim, qaysikim kompyuterlarni bir-biri bilan tarmoqqa ulaydi. Tarmoqda fayllarni chop etish, elektron xatlarni jo‘natish va boshqa ishlarni bajarish kabel yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab turgan tarmoqdan kabelni uzib qo‘yish bevosita fayllarni yo‘qotib qo‘yish yoki tarmoqni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin.
Qo‘llaniladigan kabellarning tiplari quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |