6-bob. Kompyuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari reja


Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi



Download 0,99 Mb.
bet4/57
Sana12.09.2021
Hajmi0,99 Mb.
#172497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
6-mavzu tarmoq

6.2. Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi


Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash natijasida quyidagi tasniflarni keltirish mumkin:

Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari

Ma’lumotlarni qayta ishlashning yirik tizimlarini yaratilishi alohida korxonalar, tashkilotlar va ularning bo‘limlariga xizmat ko‘rsatuvchi hisoblash texnikasi vositalarining aloqa vositalari yordamida yagona taqsimlangan hisoblash tizimiga birlashishi bilan bog‘liqdir.

Hisoblash vositalarining bunday komplekslashtirilishi birinchidan, xarajatlarni kamaytirish hisobiga; ikkinchidan ishlayotgan EHMlar ishonchini va unumdorligini oshirish hisobiga; uchinchidan markazlashgan va markazlashmagan ma’lumotlarni qayta ishlash afzalliklarining ratsional birikmasi hisobiga; shuningdek, yagona qudratli hisoblash va axborot resurslaridan kompleks foydalanish axborotlarni qayta ishlash tizimlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.

Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining markazlashtirilishi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:

1. Alohida EHM (yoki hisoblash markazi doirasida birlashgan EHMlar majmuyi) ga ko‘plab foydalanuvchilar abonent punktlarining ulanishi orqali, ya’ni ma’lumotlarning teleishlash tuzilishini yaratish.

2. Hisoblash tarmoqlarini yaratish orqali bu tarmoqlarda bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHMlar yoki hisoblash markazlari oralaridagi birlashuv ro‘y beradi.

Bu kabi taqsimlangan tizimlarning territorial uzoqlashgan komponentlari orasidagi axborot uzatishi standart telefon va telegraf yo‘llari yordamida, shuningdek o‘rama simlar va koaksial kabellari orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi zamon hisoblash tarmoqlariga quyidagilar xos:

• bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHM lar va alohida hisoblash tizimlarining yagona taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlashning tizimlarga birlashishi;

• hisoblash texnikasi vositalarining o‘zaro ta’siri jarayonida axborotlar bilan almashuvni tashkil qilish uchun ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish vositalari va aloqa yo‘llarining tadbiq etilishi:

• abonent punktlari va foydalanuvchilar terminali sifatida ishlatilayotgan sirtqi asbob-uskunaning keng spektori mavjudligi;

• asbob-uskunani almashtirish va oshirish jarayonini yengillashtiradigan aloqa yo‘llari va texnik vositalar ulanishining bir xil usullari ishlatilishi;

• operatsion tizimning mavjudligi. Bu operatsion tizim hisoblash tarmog‘i foydalanuvchilarining masalalarini yechish jarayonida texnik va dasturiy vositalarning samarali va ishonchli qo‘llanilishini ta’minlab beradi.

Hisoblash tarmoqlari ishlatilishining o‘ziga xos xususiyatli tomonlari bu nafaqat apparat vositalarining ma’lumotlarni qayta ishlash va yaratilish joyiga bevosita yaqinlashishi, balki bir nechta EHM lar orasida foydali taqsimlash maqsadida boshqarish va ishlov berish funksiyalarining alohida tuzuvchilariga bo‘linishi hamdir. Shuningdek, foydalanuvchilarning hisoblash va axborot resurslariga kirish yo‘llarining tez va ishonchli ta’minlanishi va bu resurslarning jamoaviy ishlatilishini tashkil etish ham hisoblash tarmoqlarining o‘ziga xos tomonlaridan biri. Hisoblash tarmoqlari alohida hudud va umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarish, transport, moddiy texnik ta’minotni boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi.

Hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarning katta hajmini to‘plash imkoniyati. Bu ma’lumotlarning ommabopligi, shuningdek dasturiy va apparat vositalarining ishlatilishi va ular ishlab turishining yuqori ishonchliligi - bularning hammasi foydalanuvchilarning axborot xizmatini yaxshilashga va hisoblash texnikasi qo‘llanilishining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Hisoblash tarmoqlari sharoitida quyidagi imkoniyatlar ko‘zda to‘tilgan:

• EHMlar tomonidan ma’lumotlar parallel ishlatilishini tashkil etish;

• turli xil EHMlar xotirasida joylashadigan taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;

• ma’lum bir masalani samarali yechish uchun alohida EHMni (EHMlar guruhi) ixtisoslashtirish:

• alohida EHM va tarmoq foydalanuvchilari orasida axborotlar va dasturlar almashinuvini avtomatlashtirish;






Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish