OSI tarmoq modeli
Ochiq tizim – umumlashtirilgan standartlarga asoslangan apparatli va dasturiy mahsulotlar to‘plamidan tashkil topgan hisoblash tizimi.
Ochiq tizimlarni qo‘llashdan asosiy maqsad axborot va dasturiy ta’minotlar apparat platformasining har xil tuzilmasida ishlashini ta’minlashdan iborat.
1980 yillarda ISO (standartlashtirish bo‘yicha halqaro tashkilot) tomonidan IBM kompaniyasi ishlab chiqqan SNA (System Network Architecture) tarmoq arxitekturasiga asoslanib ochiq tizimlarning o‘zaro ishlash modelini taqdim etdi (OSI – Open System Interconnection).
OSI modeli etalon sifatida qabul qilingan va jarayonlarni 7 ta darajaga, qatlamga taqsimlaydi.
Har bir qatlam uchun bajariladigan funksiya aniqlangan, asosiy tushunchalar ta’riflari ushbu standartda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |