o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.
Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS)
firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir.
Uning
asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun
oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish
holiga keltirishdir.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft
firmasining MS-DOS va
Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan
operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS
dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda
yaratilgan -
Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda
yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows
Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli
bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p
vazifali rejim, bir xil
ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab
Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik
ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga
WINDOWS
operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan
bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish
mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS
95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti
uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng
kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim.
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ
xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar
WINDOWS
ning
imkoniyatlaridan
foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium
kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta
murakkab
dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
WINDOWS ning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos
sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib,
kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu
bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS ning eski lahjalari bilan ishlash
imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x
lahjasi haqida gap
borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan
avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli
yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim
imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi,
elektron
pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: