6.1-rasm. Elastik sezgir elementlar.
Ish diapazoni elastik deformatsiyalar sohasida, sezgir element bosim bilan ortiqcha yuklangan hollar uchun zapas bilan ta’minlangan holda tanlanadi. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch bo‘yicha qattiqlik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi:
(6.1)
buda F, SE — mos ravishda elastik sezgir elementga ta’sir etadigan kuch va elementning foydali maydoni; h—ish nuqtasining siljishi.
Prujinali asboblarning qiymatli xossasi qurilmaning soddaligi, ishonchliligi, universalligi, ixchamligi va o‘lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |