2. Modern she’riyat taraqqiyotiga xos xususiyatlar
Istiqlol yillarida modern she`riyat tushunchasi tez-tez tilga olinadigan bo`lib qoldi. Bugungi kun adabiyotimizda yuzaga kelib borayotgan yangicha izlanishlar, jahon adabiyotida mavjud bo`lgan tamoyillarning kirib kelishi, voqelikni badiiy tasvirlashning turfa xillari yuzaga kelganligi aynan mana shu modern (zamonaviy) adabiyot nomi bilan atalmoqda. Ushbu tasvir uslubi bizning adabiyotimizda ko`pincha nasriy va she`riy asarlarda yuz ko`rsatmoqda.
Modern adabiyot namunalarida insonning asl qiyofasi – botini taloto`mlari qalamga olindi. Inson qalbini real aks ettirish imkondan tashqarii bo`lganligi sababli uni ramzlar, obrazli detallar, predmetlar vositasida reallashtirishga intilishdi.
O`zbek modern she`riyati namoyandalari sifatida shoirlarimizdan Rauf Parfi, SHavkat Rahmon, keyingi ijodkorlardan Abduvali Qutbiddin, Ikrom Otamurod, SHaxriyor, Bahrom Ro`zimuhammad, Farida Afro`z, Husniddin SHaripov Bektemir Pirnafasov kabilar nomlarini keltirishimiz mumkinki, bulardan Rauf Parfii, Ikrom Otamurod, SHavkat Rahmon, Bahrom Ro`zimuhammad kabi ijodkorlar asarlarini deyarli to`laligicha mana shu yo’nalishda ijodkorlarni aytishimiz mumkin. Boshqalarining esa ayrim she`rlari mana shu yangiliklar borasida o`zini sinab ko`rish, ta`sirlanish tuyo’usidan yuzaga chiqqan.
Hozirgi o`zbek modern she`riyati uchun juda ko`p xususiyatlar xos. Ularning ayrimlariga quyidagilar:
1. Modern she`riyatda insonning ichki dunyosi taftish etishga harakat qilinadi. Inson qalbini esa real aks ettirishning yoki umuman, jo`n qilib aytganda, ushlash, ko`rish, eshitish imkondan tashqari holat bo`lganligi sababli, uni ramzlar obrazli detallar, predmetlar vositasida reallashtirishga harakat qilindi. YAngilik bunday she`rlarning nomlanishidayoq ko`zga tashlanadi. Kitobxon ularning nomini o`qigan zahoti uyga toladi, «bu nima?», «u qanaqa bo`ladi?» kabi so`roqlar oo’ushida qoladi. Masalan, Ikrom Otamurodning bir to`plami «Tao’azzul», SHaxriyorning bir asari «Ayolo’u» deb atalgan. Nima u ayolo’u, yoki Tao’azzul. eng avvalo kishini hayratga soladigan va qiziqishiga sabab bo`ladigan holat mana shu paytdayoq yuzaga keladi.
Modern shoirlar biz mavhum deb anglaydgan tushunchalarga shakl izlaydi. Mana shu mavhum tushunchalar modern she`rlarning lirik obrazini ko`pincha tashkil etadi. Aslida ham shoir nigohi ba`zan oddiy odam anglolmagan mavjudlikni anglash, ko`rolmagan borliqni ko`rish qobiliyatiga egalik iqtidori taqdir qilingan ilohiy nazardir. Masalan, Faxriyorning yana bir to`plami, to`plamining nomi «Dardning shakli» deb nomlanadi. Mana shu sarlavhaning o`ziyoq shoirning tuyo’uga shakl berishga intilayotganligini ko`rsatadi. YOki umuman, an`anaviy she`riyatimizda odatda real shakli, amal qilish xususiyatlariga qarab talqin qilinib kelinayotgan tushunchalar modern she`riyatda lirik qahramonning ruhiy olamini chizib ko`rsatishda qo`llanuvchi vosita sifatida butunlay boshqacha funktsiya bajara boshlaydi: metaforik tafakkurning o`ta yopiq va ayni paytda antiqa, hech xayolga kelmagan ko`rinishidan foydalaniladi.
Xullas, modern she`riyat bu betakror obrazli ifodalar, nozik fahmni talab etuvchi sirli ishoralar makonidir. YAna bir tomoni borki, modern she`rlarda axloqiy-tarbiyaviy xulosalar aytilmaydi, balki asar mao’zidan ularni topish mumkin. Masalan, yuqoridagi she`rda yolo’izlik yomon, u insonni qaritadi, hatto ko`zlarini emas, yuragini miltillatadi, yio’latidi emas, hatto singratadi, inson uchun hamdard, hamnafas do`st, yor, qarindosh-uruo’ yoki shunga o`xshash bir inson yonma-yon bo`lishi kerak, degan o’oya aytilmaydi, balki shunday tuyo’ular, holat tasviri beriladi, xolos.
Bunday she`rlarda holat, manzara tasviri chiziladi va u orqali inson hoalti, kayfiyati haqida so`zlanadi. Xullas, modern she`riyat yuqorida aytilganidek, realizmga zid emas, balki aksincha, o`ta ochiq hatto xayolot realzmidir.
3. Modern she`rlar o`ta murakkabligi bilan xarakterlanadi. Ularda fikr, tuyo’u to`o’ridan to`o’ri izohlarsiz bayon etib borilaveradi va kitobxon she`rni xuddi bir boshqotirma echgandek o`ylab, tushunib-tushunib, mao’zini chaqib-chaqi bo`qib borish majburiyatini o`zida his etadi. Aks holda, ya`ni she`rni boshidanoq biroz bo`lsa-da e`tiborni susaytirib o`qishnig o`zi uning davomini anglashni qiyinlashtirib qo`yishi, shoir aytmoqchi bo`lgan fikr, ifoda etmoqchi bo`lgant tuyo’udan uzoqlashishga, u idrok etgan dardni his eta olmaslik, uning holatiga kira olmaslikka olib kelishi mumkin. Masalan, Faxriyorning kattagina hajmga ega bo`lgan «YOziq» she`rini olaylik. Unda inson, xalq, millat va uning taqdri, yozio’iga ibtilgan bitiklar, millatimiz tarixi, kechmishi, o`tmishdoshlarimizning boshidan kechirgan ko`rgiliklari to`o’risida gap ketadi, biroq she`rni tushunish uchun kitobxonda baribir ma`naviy bilim, salohiyat kerak bo`ladi:
Gulning kosasiga quyib ichar Vaqt
Meni limmo-lim.
Jonim qurbaqaga aylanadi:
VAQT!
Kim?
Devmikin, jonimni qirq farishtaga
Nimtalab nonushta hozirlayotgan
«Karnay bo`lsin ishtaha»,
Oy esa botgan.
SHe`r sarlavhasi ostida «Ovoz chiqarib o`qimaslik sharti bilan» deb yozib qo`yilgan. Bu bilan shoir, balki aytilishi ko`zlanayotgan fikrlar sirli, ba`zi yopiq haqiqatlar ekanligiga ishora qilmoqchi bo`ladi. SHe`rda Vaqt lirik qahramonni gulnig kosasiga solib ichadi, demak, umr o`tmoqda. Ammo shu onda ruhidan ayrilgan jonning qurbaqadan farqi qolmaydi. Bu bilan shoir ruhsiz jismning qurbaqadan farqi yo`qligi haqida gapirmoqchi. To`g’ri, ruh so`zi she`rda tilga olinmagan, biroq keyingi satrlardagi farishtalar haqda aytilgan fikrning o`zi insonning bu dunyoni tark etishi haqida gap ketayotganligini tasdqlaydi. Xullas, modern she`riyat bir-bir echib borishni talab etadigan tugundir.
YOddan chiqarmaslik kerakki, modern she`riyatni yuzaga keltirgan zamin, muhit, eng avvalo, bugungi mustaqillik zamoni va u taqdim etayotgan imkoniyatlar. Shu bois bo`lsa kerak, bu she`riyat – ozodlik, istiqlolga tashna qalb erkinligi natijasa, ifodasi. Aynan mana shuning uchun ham bu she`riyatda qalb, uning tovlanshlari, tug’yonlari o`z aksini topdi. SHe`rning ifoda yo`sini ham aynan shu bois ipsiz, tizginsiz to`lqinlanaveradi. Inson kayfiyati, xayollari, qalbida kechayotgan jarayonlar kabi she`r ham tutib bo`lmaydigan, bir onda ming turli o`zgara oladigan holda beriladi. Inson xayoli uchun biz real ko`rib, anglab turgan borliqdagi har qanday to`siqlar (masalan, devor, kalit, tutqunlik vash u kabi) ham to`siq bo`la olmaydi. Inson xayoli kemasida bir onning o`zida dunyoning narigi chekkasini sayr etib kelishi mumkin. Xuddi mana shunday tizginlarni pisand qilmaydgan inson ko`nglini aks etiruvchi modern she`riyatda adabiyotshunoslikning ham mavjud qoidalarini e`tiborga olmaslik, vazn, qofiya, turoq va hattoki ba`zan tinish belgilarini ham e`tibordan chetda qoldirish holatlari kuzatiladi.
Mustaqillik ne`matlari yo`l ochib bergan, istiqlolga tashnalik ishtiyoqi ruhlantirgan bunday she`riyatning mao’zi-mao’zida milliy ozodlik va unga intilish, shu yo`lda mashaqqat chekan ajdodlar zahmati, moddiy-ma`naviy yo`qotishlar haqidagi fikr va qarashlar singdirib yuborilgan va aytish mumkinki, mana shu mavzu bunday she`rlarda etakchilik qiladi. Masalan, Faxriyorning katta hajmlig she`rlari «YOziq», «Ayolo’u» asarlarida aynan shunday o’oyalar ilgani surilgan. SHuningdek, bugungi modern she`rlarda insonning ma`naviy olami, odamzodni emiruvchi illatlar haqida ramzlarga o`ralgan fikr aytiladi.
Modern she`riyatning asosiy tavsvir ob`ekti tabiat va u orqali insonga ishora qilishdir. Ammo ularda inson tasviri hatto xayolot olamiga sio’ishi qiyin bo`lgan, bir qarashda noreal hodisalar aks etiriladi.
Xullas, modern she`riyatda yaratilgan kashfiyotlar an`anaviy shakllarga mos tushmaydi.
Modern she`riyatda vazn, qofiya, turoq kabi tushunchalar ko`pincha o`z mohiyatini yo`qotib qolish darajasida namoyon bo`lmoqda. Bunday she`rlar ko`proq sarbast shakllarga, oq she`rlarga, nasriy (sochma) she`rlarga yaqin turadi va badiiy tilining serma`noligi, ohang va so`z qo`llashdagi shoirlarning mahorati bunday she`rlarni she`riyatning haqli a`zosiga aylanishini kafolatlamoqda va aynan shunday ko`rinishi bilan ham kitobxonlar qiziqishini orttirmoqda. Qolaversa, bunday she`rlarda hatto tinish belgilari, imlo qoidalarining farqi e`tiborsiz qoldirilgan o`rinlar uchraydi.
Hozirgi o`zbek she`riyatida hatto bir so`zdan, birgina jumladan iborat she`rlar ham paydo bo`ldi. Masalan, Tohir Qahhor, Uluo’bek Hamdam, Tursun Ali, Faxriyor kabi shoirlar ijodida uchrovchi bunday badiiy kashfiyotlar katobxonni ham, adabiyotshunoslarni ham befarq qoldirmadi.
Modern she`rlarda vazn, qofiya, turoq kabilar o`rnida qo`llangan taqdirda ham, aytish mumkinki, ularni aynan zamonaviy yoki mumtoz she`riyatimiz janrlrida yozilagnaligiga shubha tuo’iladi. Balki ular o’arb she`riyati janrlari va yaqin o`tmishimizda amalda bo`lgan bugungi she`riyatimiz xusuiyatlarining omuxtalashgan bir shakli deb qarash mumkin. Ko`proq bunday she`rlar o’arb she`riyatining xokku, tanka, sonet janrlarida ijod qilishdi. Masalan, Faxriyor she`rlarining ko`pchiligi sonet janrida. Raf Parfii, Tursun Ali, Husniddin SHaripov kabi ijodkorlar esa xokkuning janriy talablariga mos bo`lgan uchliklar shaklidagi aksarlar ijod qilishdi. Ular uchliklari zamirida kitobxonga aytilishi kerak bo`lgn falsafiy-ijtimoiy, axloqiy-psixologik karashlar yotadi. Qolavarsa, uchliklardagi qaydlar zoqiriy qarashda o`ta tarqoq fikrlarga o`xshab taassurot qoldiradi. Ammo ularni o`qigan sari kitobxon chuqur mushohadaga toladi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, modern she`riyat mustaqilik tufayli erkka erishgan xalq dardining ohanglari sifatida dunyoga kelishi bilan bir qatorda, istiqlolga erishgan millatning tashvishi, kelajagi uchun qayg’uruvchi jonkuyar shoirlarimizning shu xalq dunyoqarashi, ongi, tafakur olami, intellektual salohiyatini ko`tarish, fikrlash darajasini o`stirishga intilish istagidan kelib chiqdi. Jo`n, oldi-qochdi mayda gaplardan tuzilgan adabiyot deb ataluvchi asarlar xalq ma`naviyatini nainki o`stirmasligi, aksincha, ularni tor doirada oson fikrlashga o`rgatib quyishidan qayo’urish tuyo’usidan yuzaga keldi va aytish mumkinki, bunday she`rlar an`anaviy she`riyatimiz saviyasining ko`tarilishiga ham o`z ta`sirini o`tkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |