Arab tilidagi adabiyot. Somoniylar davrida arab tili sekin-asta o’z mavqeini yo’qota boshlagan, uning o’rnini mahalliy fors-tojik tili egallay boshlagan bo’lsa-da, o’zlari arab bo’lmagan ayrim mahalliy shoirlar va arab mamlakatlaridan turli sabablarga ko’ra Xuroson va Movarounnahrga kelib, shu yerda yashagan ijodkorlar o’z asarlarini arab tilida yaratganlar.
3.Bu davrda arab tilida yozilgan she’riyatni, adabiyotni o’rganishda nodir manba Abu Mansur As-Saolibiyning “Yatimat ad-dahr, fi mahosin ahl al asr” (Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi) asaridir. As-Saolibiy zamonasining yirik olimi, yozuvchi, adabiyot va tilshunosi hamda tarixchisi bo’lib, 961-yilda Nishopurda tug’ilib, 1038-yilda olamdan o’tgan. As-Saolibiy ko’p mamlakat va shaharlarda, xususan Iroq, Xuroson, Movarounnahr va Xorazmda bo’lgan. Eron olimi Mahmud O’idoyat uning 34 ta asarini ko’rsatgan. Bular ichida muallifni dunyoga mashhur qilgan asari yuqorida aytilgan “Yatimat ad-dahr.” asaridir. Asar “tazkira” usulida yozilgan bo’lib, 4 qismdan iborat. Har bir qism esa 10 ta bobga ajratilgan. Tazkiraning 4 qismi Somoniylar sulolasi hukmronligi boshlanishidan o’aznaviylar davlati boshlarigacha Xuroson va Movarounnahrda yashagan shoirlar, so’z ustalari haqida ma’lumot beradi. Xorazm shoirlaridan 7 tasi haqida bahs yuritadi. X-XI asr boshlarida arab tilida yozilgan she’rlar asosan qasida, hajviya, vasflar va ayrim bir yoki ikki baytli parchalardan iboratdir:
a) bu davrda arab tilida yozilgan qasidalarning ko’pchiligi vazir, viloyat hokimlari, qo’mondonlar sharafiga atab yozilgan. Shuningdek, shoirlar qalamkash do’stlarini maqtab, madh etib qasidalar bitganlar;
b) arab tilida yozilgan adabiyotda eng ko’p qo’llanilgan janrlardan yana biri hajviyadir. Ularda vazirlar. Boy feodallar, hokimlar va boshqalar hajv qilingan. Arab tilidagi hajviy she’rlarda ayrim shaharlar, ularning xarob va tashlandiqligi va boshqa kamchiliklar ham hajv etilgan. “Yatimat ad-dahr”da Buxoroni, Xorazm, Seyistonni hajv qilib, yozilgan she’rlar saqlanib qolgan;
v) Arab tilida yozilgan she’rlar ichida vasfiy she’rlar asosiy o’rin tutadi. Sevgi-muhabbat, o’yin-kulgu, aysh-ishrat vasfiy she’rlarning asosiy mazmunini tashkil etgan. Bular qatori vasfiy she’rlarda saroy va unda yashovchilar hayoti, ularning bazmlari va bazmlarni bezovchi turli-tuman zebu ziynatlar, uy ashyolari, laziz taomlar, shirin mevalar ham tasvirlangan. E’tiborlisi shundaki, shoirlar biror narsani tasvirlar ekan, ko’pincha ularni majoziy yo’l bilan vasf qilganlar. Shuning uchun vasfiy she’rlarni ma’nosini anglash ancha qiyin bo’lgan.“Yatimat ad-dahr”da bu kabi janrlarda arab tilida ijod etgan Abu Bakr al-Kotib (Buxoro), Nishopurlik Abu Tayyib at-Tohiriy, Buxorolik Hotim al-Museabiy kabilarning hayoti va ijodiga doir fikr-ma’lumotlar berilgan.
Xulosa qilib aytganda, X-XI asrlarda arab tilida yozilgan adabiyotni ham ma’lum o’rni bor.
Tasavvuf madaniyatimiz tarixidagi mukammal bir fan bo’lib, o’ziga xos yo’nalish va an’analarga egadir. U ko’pincha adabiyot va falsafa g’oyalarini irfoniy tarzda, ya’ni ma’rifiy qiyofada aks ettiradi, shu bois ba’zan mazkur ilmlar qatorida tilga olinib, ularning global bir qismi sanaladi. Masalan, X asrdan boshlab tasavvuf professional she’riyat goyalari bilan qo’shilib ketib, uning mazmunini aks ettirdi, adabiyotning eng go’zal va nafis orifona yo’nalishini boshlab berdi.
Shu bilan mumtoz adabiyotimiz mundarijasi bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Jumladan, adabiyotning maddohlik, diniy-mazhabiy, qahramonlik, ilmiy va siyosiy yo’nalishlari rivoj topgan bir paytda, uning ma’rifatomuz va pand-axloqqa boy g’oyalari tasavvufona ohang kasb etib, olamu odam qismati, koinot sirlari, ruhoniyat masalasi, vahdatul-vujud muammosi, birlik va analhaq g’oyasi-umuman Alloh va uni idrok etish, tanish va bilish haqida bahs etdi.
Yuzlab madhiyaomuz qasidalar ohangida aytilgan maddohona ruxdagi she’rlarimiz, payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s. a.v.) va u kishining choryorlariyu sahobalari haqidagi na’tlar, jumladan, imomHusaynning sarguzashtini aks ettirgan diniy va mazhabiy kitoblar, «Shohnoma» va «Qutadg’u bilik»ka o’xshagan qahramonlik dostonlar, shohlarning siyosiy yurishlari va odob-axloqini tasvir etgan manbalar, shuningdek, adabiyot nazariyasiga oid risolalarning mazmuni, umuman olganda, tasavvufga hech aloqasi yo’q edi. Ammo adabiyotning, alalxusus, oshiqona va pandomuz mavzusi tasavvufga qattiqbog’lanib ketib, tasavvuf ularning g’oyalarini o’z maqsadlariga tobe etib, adabiyotning ichki imkoniyatlaridan keng ko’lamda foydalandi va uning yashirin va sirli ohangi va mag’zini allegorik- ramziy tarzda ifodaladi. Mana shu tarzda mustaqil va maxsus bir fan-tasavvuf adabiyot bilan qo’shilib ketib, uning irfoniy va ma’rifiy-ma’naviy xususiyatl arini ta’sis etdi.
Tasavvuf ilk shakllangan davridan boshlab mustaqil bir ilm sifatida nafas oldi va keyingi asrlarda maxsus tarixga ega bo’lib, o’z kelajagini asrab-avaylab mustahkamladi. XV asrda yashagan alloma olim Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnoma» asarida tasavvuf so’zi haqida bunday yozadi: «Ba’zilar bu so’z islom paydo bo’lgandan keyin kelib chiqqan deydilar. Ammo ma’lum bo’lishicha, tasavvuf so’zi islomdan oldingi zamonda ham bo’lgan ekan. «Unsul so’fiya» kitobida birinchi bo’lib «so’fiy» degan nomni olgan odam Odam Ato farzandlaridan biri-Shish edi deb naql qilinadi. Uning liboslari yashil suf (jun mato) dan ekan va Shishdan keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni «so’fiy» deydigan bo’ldilar. O’zini shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli deb yuritadilar» .
Ma’lum bo’lishicha, tasavvuf ilmining tarixi dunyoning paydo bo’lishi davriga borib taqaladi va birinchi bo’lib tasavvuf yo’liga kirgan va shu bilan bu nomga asos solgan kishi Odam Atoning o’g’li Shish bo’lgan ekan. Shu bois mazkur ma’lumotga ko’ra tasavvuf islomdan oldingi asrlarda o’z tarixiga ega fan edi va ul davrlarning diniy va mazhabiy g’oyalari bilan birgalikda qo’shilib, taraqqiy topib keldi. Binobarin, uning ta’siri va ayrim g’oyalarini, jumladan, jun matodan kiyim kiyish, nafsga berilmaslik, xilvatlanishlik ixtiyor etish kabi an’analarini iudeylik, buddiylik, zardushtiylik, moniylik va nasroniylik dinlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Mazkur dinlarga nisbatan yosh va navqiron din bo’lgan islom dini esa, o’z g’oya larshtasosan shu dinlarasosida shakllantirdi va bas shunday ekan, bu munosabatlar asosidaqadimiy tasavvufona g’oyalar, masalan Allohni sevish, uning yo’lida riyozatga berilish, uning visoliga etish, so’fiylikka intilish va boshqa sifatlar islomga o’tib, bu davrda nash’u namo topdi va keyin yangi-yangi rang va ohang kasb etib rivojlanib bordi.
Ali bin Usmon al-Jullobiy «Kashf ul-mahjub» kitobida (XI asr) tasavvuf tarixini islom dini bilan bog’lab, ushbu tushunchaning sharhi bo’yicha VII—X asrlarda yashagan, mazkur ilm namoyandalaridan Ibn Jalo, Abuamr Dimishqiy, Abubakr Shibliy va shularga o’xshagan juda ko’p so’fiy olimlarning fikr-mulohazalarini qayd etadi. Jumladan, hazrat Ali chevaralaridan bo’lmish ulug’ mutasavvuf arbob Muhammad bin Ali bin Husayn bin Ali bin Abutolib degan ekanlar: «Tasavvuf, bu- ezgu xususiyatli bir kasb deganidir, har kimki ezgu tabiatli bo’lsa, u yaxshiroq so’fiy bo’lishi mumkin va ezgu tabiatlilikning ikki tomoni bor: biri xalq bilan hamjihat bo’lish bo’lsa, ikkinchisi haqbilan bo’lishdir» .
Keyingi mutasavvuf shayx Abulhasan Nuriy «tasavvufni nafsni tark etish va nafs balosvdan qutulish»,— deb hisoblaydi va so’zining pirovardvda muallif yana ta’kidlab o’tadi: «Tasavvuf rasmiyatchilik emas, axloqstir. U ozodlik vositasidir va bu vosita ila bandalar hoyu havas bandidan ozod bo’ladilar». Mashhur so’fiy Junayd Bag’dodiyning fikriga ko’ra «tasavvuf ta’rif-tavsiflardan iborat bir xabar va har bir bandasining ko’zgusidir. Deydilarki, bu ta’riflar haq uchun qilinadimi yo xalq uchun? Dedi: asli haqiqati haq uchun, zohiri esa xalqqa oid. Ya’ni haqiqati ulki, bandalar sifatining fano topishini taqozo etadi va bandalar sifatining fanosi haq sifatining baqosidir».
Farididdin Atgorning «Tazkirat ul-avliyo»sida bergan ma’lumotga binoan, Junayd Bag’dodiy tasavvufni yana bunday ta’riflaydi: «tasavvuf ko’ngil sofligi, nafs talabidan voz kechish, ruhoniyat sifatlarni kasb etish va haqiqat (Alloh) ilmlaridan voqif bo’lishdir». Junayd Bag’dodiy safdoshlaridan bo’lgan zabardast mutasavvuf olim Boyazid Bistomiy tasavvuf haqida bunday yozadi: «Dedilar: tasavvuf nimadir? Dedi: osoyishtalik (tinchlik) eshigini o’ziga qattiq yopish va ichkaridagi qulflangan tanholikka azob-mashaqqat bilan tizzasi ustiga bosh egib umr kechirishdir».
Shayx Ali bin Bindor as-Sayrofiy an-Nishopuriyning aytishicha, «tasavvuf shunday narsadirki, uning egasi ham zohirda va ham botinda o’zini ko’rmaydi va faqat haqni ko’rib va u bilan yashaydi». Shayx Abuhafs Haddod Nishopuriyning ta’kidlashicha, «tasavvuf jumla (tamomila) odobdir».
Shu tariqa, tasavvuf tushunchasi va uning ma’no-mazmunini anglash bo’yicha qadimiy manbalar ma’lumotiga tayanib, birmuncha fikrlar bilan tanishib chikdik. Bu fikrlar keyingi asrlarda yanada ko’nayib, chuqur ildiz otdi. Ammo mazkur ma’lumotlardan ham aniqki, tasavvuf iima ekan, uning mazmunini nima tashkil qilar ekan. Tasavvuf olimlari va namoyandalari fikriga ko’ra u iloh haqidagi ilm va ilohiyot haqiqati bilan bog’langan ruhoniyatdir. Uning zamirida ezgulik va hamjihatlik, odob va axloq, ozodlik va mangulik, haqqa va xalqqa xizmat qilish, ko’ngilni pok va musaffo tutish, ahdu paymon va vafodorlik, halollikka berilish va nafsdan qutulish, ilm o’rganish, kamtarlik va xokisorona hayot kechirish, gunohlardan yuz o’girib, faqat savob ishlar bilan shug’ullanish, pok niyatli va ixlosmand bo’lish, tanholikni sevish, yagona maqsad sari intilish, ikki olamga qo’l siltab, ruhan va jisman ozod va erkin bo’lish, faqirona hayotni barcha boylik va hatto sultonlikdan ham afzal ko’rish masalalari yotadi va shular bilan umr o’tkazish talab etiladi. Shu sabab tasavvuf, insonning ruhiyatini tarbiya etadigan, uning boyishi, mukammallashishi, komilligi va faoliyatiga kuchli ta’sir etadigan muhim bir axloqiy omil bo’lib, inson zotida Allohgaxos sifatlarni ko’rishni istaydi.
Bu mezonda tasavvuf inson uchun eng kerakli narsa-axloqi hamida (ezgu axloq)ni targ’ib va tashviq etadigan ilmiy va adabiy manba hisoblanadi va mohiyati esa, ta’lim-tarbiya va pand-nasihatga oid bo’lib, insoniy va hayotiy masalalarni qamrab oladi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida shu yo’sinda yaratilgan, ya’ni tasavvufona odob-axloqxususida bahs etadigan kitoblar son-sanoqsiz. Masalan, bizga ma’lum kitoblardan, Nizomiyning «Maxzan ul-asror»i, Amir Xusrav Dehlaviyning «Matla ul-anvor»i, Shayx Sa’diy Sheroziyning «Bo’ston» va «Guliston»i, Hofiz Sheroziyning g’azaliyoti, Navoiyning «Hayrat ul-abror» va «Mahbub ul-qulub»i, Jomiyning «Silsilat ul-zuhab»i va shu kabi asarlar dunyoviy odob-axloq zamirida tasavvufona odob-axloqni targ’ib-tashviq qilib, muhokama etadilar va so’fiyona mazmunga egadirlar.
Ikkinchi tomondan, tasavvuf haq (Alloh) bilan birga bo’lishni, o’zini butkul haqqa berib ko’zgudek uni ko’rishni, zohirda xalq, ammo botinda haq bilan yashashni, banda timsolida fano bo’lib (o’lib) baqo (tiriklik) va Alloh ilmidan voqif bo’lib ruhoniyat topishni, orom va osoyishtalikdan voz kechib, doimiy ravishda azobu mashaqqatlarga berilishni, tunu kun muroqabaga o’tirib, riyozat chekib, zikr etishni va nihoyat, o’zini tamoman yo’qotib faqat haq tomon intilishni, haq bilan nafas olishni, butun vujudini, ruhiyatini haqqa qaratishni bildiradi va ifoda etadi. Bu nizomnoma bo’yicha uning me’yori haqshunoslik ilmi bo’lib qoladi.
Tasavvufona g’oyalar aslida shu mazmunni qamrab oladi va u shu mazmunlarga qaratilgan ilohiy bir kuchdir. Odob va axloq, vafo va ahd masalalari uning ma’rifiy qoidasi bo’lib, u shu g’oyalar kengligida yoyilib, sayqal topib, rivojlanib, insoniyatga ta’sir etadi, uning jismu joniga kuch va nuru safo baxsh etadi. Binobarin, shayx Abulhasan Nuriyning «tasavvuf—bu axloq» va Muhammad ash- Sheroziyning «tasavvuf vafo va ahddadir» degani ayni haqiqatni bildiradi va tasavvufning asl mazmuniga oid qo’llanma hisoblanadi.
Shunday qilib, haqshunoslik ilmi axloq ilmi bilan baqamti va birgaliqsta jarayon topib, umuminsoniy fazilatlarga boy va olamu odam taqstiri bilan bog’liq muammolarni targ’ib-tashviq etadi va doimo shularga tayanadi. Tasavvufning bosh yo’nalishi bo’lgan g’oya Alloh bilan bog’langan ruhiyatdir va shu tizimning asoslarini ifoda etadigan kitoblar ham nihoyatda ko’p. Bu haqsta bizga tanish asarlarstan imom G’azzoliyning «Kimiyoi saodat» va «Ehyo ul-ulum»i, Xoja AbdullohAnsoriyning «Maqomat»lari, shayx Abusaid Abulxayrning «Asror ut-tavhid»i, Xoja Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat»i, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» va «Ilohiynoma»si, Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy»si, Pahlavon Mahmudningruboiylari, Navoiyning «Lison ut-tayr»i, Jomiyning «Sharhi ruboiyot» ini sanab o’tish mumkin.
XI asrda tasavvuf borasida fors tilida yozilgan eng qadimiy tazkira «Kashf ul-mahjub» da ushbu ta’limotning «binosi», ya’ni tuzilishi «sakkiz xislat» dan iborat deb ta’kidlanadi. Keyin bu xislatlarning har biri o’z navbatida payg’ambarlarning shu xislatlarga doir xususiyatlari bilan qiyoslanib, mazkur xislatlarning payg’ambarlar xislatidan sarchashma olganiga ishora etiladi.
XI asrda yashagan al-Jullobiyning fikriga ko’ra, tasavvuf imorati sakkiz qavatdan iborat bo’lib, o’zaro bir-biriga o’rnatilgan va payvand bo’lgan ushbu qavatlar eru havoda mustahkam va abadiy turibdi. Bular saxo, rizo, sabr, ishorat, g’urbat, sayohat, suf kiyim va faqr. XI asrgacha tasavvufga mayl qilgan kishilar ana shu sakkiz zinadan eson-omon o’tishlari va ularning qonun qoidalariga rioya qilishlari shart edi. Chunonchi, saxovatda yagona bo’lishi, rizolikka jonini ham ayamasligi, sabr-bardoshda mislsiz, g’urbatda toqatli, faqrda chidamli bo’lishi talab etilardi. Ishorat va sayohatda esa, boshqalarga namuna bo’lmog’i darkor edi. Bular qatorida, albatta, jun matodan tikilgan kiyim kiyib yurishi lozim edi. Ya’ni darveshlikni ixtiyor etgan solik ul zamonlarda mazkur bosqichlarni zabt etib, haqiqiy mutasavvuf arbobga aylanardi va keyin irshod (da’vat)ga o’tirib, so’fiyona goyalar targ’ib-tashviqi bilan shug’ullanardi.
Oradan to’rt asr o’tib, XV asr keldi. Bu orada tasavvufning mazkur binosi yanada mustahkamlanib, tobora rivojlana boshladi va uning bosqichlari o’ntaga etdi. Bosqichlarning tuzilishi va ichki mundarijasi ham takomillashib bordi. Chunonchi, mazkur sakkiz bosqich yo rukndan ikkitasi—rizo va saxo qolib, qolganlariboshqacha tus va mazmun oldi va ularga ikkita yangi ruknlar hamroh bo’ldi.
Shunday qilib, XV asrda tasavvuf «bino»si Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnoma» sida aytilishicha, quyidagi holatda namoyon bo’ldi: ilm, hilm, taqvo, saxo, shukr, sidq, vafo, safo, ishq, rizo. Bu nomlar tasavvuf jarayonining VII asrdan XV asrgacha bo’lgan masofada o’zgarishlarga duch kelgani va mohiyatan tamoman yangilanganini ko’rsatib turibdi. VII—VIII asrlarda ahamiyatsiz qolgan ruknlar keyingi davrlarda muhim ahamiyatga ega bo’ldi va shu tartibda tasavvuf zohidlikdan oriflik tomon yo’l olib, so’fiylarning yangicha tus olgan fikru zikri va tafakkurini aks ettirdi. Inchunin, u tasavvufning xalqona ohang va prinstiplardan boshlanib, katta va haqiqiy bir maktabga burilganligi yoxud tabdil topganidan dalolat beradi.
Bu hodisani shundan ham bilish mumkinki, o’tgan asrlarda uncha muhim bo’lmagan yangicha tasavvufona g’oyalar yana paydo bo’ldi. Masalan, XV asrga kelib, mazkur o’n rukndan tashqari yana to’rt rukn va uch nihoya (tasavvufona tushuncha) amal qila boshladi. Ular hol, sir, xotir (ko’ngil) va ishorat bo’lib, nihoyasi tajrid, tafrid va tavhiddan tashkil topdi.
Shu tariqa, tasavvuf maslagiga mayl qilgan kishi haqiqiy so’fiy bo’lishi uchun jarayonning o’n rukniga sidqidildan berilib, ularni o’zlashtirib, keyin yana to’rt rukn ta’sirida qolib, nihoyasida o’zidan ketib, birlik topish maqsadida, tanholikka beriladi. Bu zinadan boshlab u fard, ya’ni yolg’iz bo’lib, undan so’ng oxirgi daraja-vahdatga erishadi va komillik kasb etadi. Tasavvufning birinchi qadamidan vahdatgacha bosadigan yo’li astronomik masofa olib, yer bilan osmon o’rtasidagi nihoyasiz yo’l bo’ldi. Minglab so’fiylardan faqat bittasi bu to’siqlardan eson-omon o’tib, komillikka erisha olardi, xolos. Tasavvuf yo’li mana shunday mushkul va murakkab yo’l ediki, uning to’ng’ich namoyandasi solik-so’fiy, unga erishish va uni bosib o’tish maqsadida, doimo sa’y-harakatda bo’lib, jonini fido qilardi.
So’fiy va jun mato. O’tgan faslda tasavvuf borasida so’z yuritganimizda uning keyingi tushunchalari: so’fiy, darvesh, shayx va ularning xirqalari-jun matodan tikilgan libosi tilga olingan edi. Murid, darvesh, so’fiy, solik, shayx, murshid, pir, avliyo degan nomlar tasavvuf namoyandalariga tegishli unvon bo’lib, shu nomlar orqali ularning darajalari muayyanlashadi. Shayx yoxud pir, murshid tasavvuf oosqichlarini bosib o’tgan—uning buyuk arbobi. Keyingi darajasi anliyolik va komillik zinasi. Solik va murid—birinchi shogirdlar. Darvesh-shogirdlik maqomidan o’tgan shayxning xalifasi. U ba’zan solik va murid darajasida qoladi, ko’pincha so’fiylik topadi, shayx bilan maslakdosh bo’ladi, darveshlik tariqatiga erishadi. So’fiy )sa, bularning majmui.
Solik, darvesh, so’fiyning maqsadi bitta: Allohni izlash va Uning yo’lida riyozat chekib, Uning diydoriga to’yish. Hatto o’tgan ayrim tasavvuf tadqiqotchilari Allohning hamma joyda mavjudligi, ya’ni butun borliq U ekanini hisobga olib, soliklarning Uni izlashlarini zarur deb bilmaganlar. Chunonchi, «Zubdat ul-haqoyiq» muallifi Azizidstin Nasafiy yozadi: «Solikning riyozat va taqvo yo’lidagi maqsadi Xudoni izlash bo’lmasligi kerak, chunki Xudo hamma erda mavjudstir va uni izlashning hojati yo’q. Butun borliq uningo’zidir». Ammo solik so’fiylar Xudoni izlashga qaror qilganlar; orifona yo’l-yo’riq tutib, Alloh darajasiga erishib, keyin unga fano bo’lishni bosh maqsad deb bilganlar.
Xirqa-jundan to’n kiygan solik so’fiydir. So’fiy qiyofasi aksar o’z kiyimidan bilinib turgan. Bu kiyim esa, jun matodan tikilgan jelak yoxud to’n bo’lib, so’fiyona usul va ohangda kiyiladi. So’fiy- tasavvufning asosiy namoyandasi. Tasavvuf—so’fiy bilan hamma’no. So’fiy desa, tasavvuf tushunilgan. Tasavvufning o’zagi suf-jun mato va keyin uning arbobi so’fiy so’ziga tutashadi. «Kashf ul-mahjub» da so’fiy haqida bunday yoziladi:
«Bir guruh aytadilarki, so’fiyni ul jihatdan so’fiy deydilarki, u suf (surf) matodan to’n kiyadi va boshqa guruhning fikricha, so’fiy ul kishidirki, birinchi safda turadilar va uchinchi guruhning aytishiga binoan, so’fiylar ul kishilarki, suffa egalari (ba ashobi suffa) ga tavallo qiladilar va, nihoyat, to’rtinchi guruh talqin qiladilarki, bu ism (so’fiy) safo so’zidan ildiz olgan. Ammo so’zning lug’aviy ma’nosi taqozo etadiki, safo so’zi ularning hammasidan yaxshiroq va ezgu ma’nolidir». Bu satrlar XV asrda Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnoma»sida aynan takrorlanadi va bu qatorda unga yana bir ta’bir-«sufux» so’zi hamroh etiladi. Ya’ni Koshifiyning aytishicha, «so’fiy so’zi sufux so’zidan paydo bo’lgan degan kyshilar ham bor edi va sufux esa, biron narsaning xulosasi demakdir, ya’ni ular (so’filar) xalqning xulosasi-zubdasidir».
Mazkur ikki iqtibosda so’fiy shaxsiyatiga oid fikrlardan tashqari, tasavvuf va so’fiy tushunchalarining kelib chiqishiga ham maxsus ishorat bor. Ya’ni tasavvufning negizi aslan suf so’zidadir, deyiladi va modomiki so’zlar arabcha yozilar ekan, arabcha o’qilganda suf so’zining foil oti (ismi foili) so’fiy yoxud mavsuf (sifatlash) bo’lib, maf’ul oti (ismi maf’uli) tasavvuf tushunchasiga oid bo’la oladi. Demak, so’zning asl mohiyati sufda. Suf esa-mato: jun mato, surp mato, bo’z mato va hakozo. Shu matolardan tikilgan maxsus libos tasavvuf namoyandasiga xos libos hisoblanadi va, aytganimizdek, shu kiyimdan uning zohiriy qiyofasi ma’lum bo’ladi. So’fiyning botiniy sir-asrorini ham shu libos belgilaydi va uning martabayu mavqei ham o’sha libos bilan bog’lanib ketadi. Ammo al-Jullobiyning fikriga ko’ra, XI asrgacha so’fiy so’zining ma’nosi bir necha tushunchalar bilan bog’langan edi. Masalan, so’fiy so’zi jun matoga o’ralgan kishilardan tashqari saf, suffa va safo so’zlari bilan ham ma’nodoshdir. XV asrda esa, Koshifiy bu qatorda sufux so’zini ham qo’shib, ularning sonini beshtaga etkazadi.
Ya’ni, ma’lum bo’lishicha, so’zning tashkil topishida faqat suf so’zi emas, balki saf, suffa, safo va sufux so’zlari ham ishtirok etgan. Al-Jullobiy bular orasidan «safo» so’zini tanlaydi va uni ma’qul topadi, uni so’fiy so’zining shakllanishida eng maqbul va asosiy omil deb hisoblaydi.
Shuni ham aytish kerakki, mazkur tasavvufona sharhlarning ba’zilariga diniy ohang beriladi. Masalan, «saf» so’zi namoz safiga o’xshagan barcha diniy zaruriyatlarga moslangan tushuncha. Bularning birinchi pog’onasi—safda. Suffa egalari (ashobi suffa) esa, al- Jullobiyningtavsif berishicha, payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning bir guruh sahobalaridan iborat kishilar bo’lib, ular ul zotning masjididatunu kun ibodatda o’tirib, mol-dunyodan voz kechib, zikr bilan shug’ullanardilar. Ular aslida muhojir va shu bois hech narsasi yo’q kishilar bo’lganlar, ya’ni ular haqiqiy so’fiy bo’lib, «suffa» ya’ni soyali joylarda birlashib, so’fiyona suhbat qurganlar. Binobarin al-Jullobiy ularning nomi-«suffa»ni amalda tasavvuf lug’ati bilan bog’laydi. «Safo» so’zi esa, poklik, halollik, tozalik, ozodalikni bildiradi. «Sufux» — xulosa degan ma’noni bildirib, so’fiylar xalqxulosasi degan ma’noni ifoda etadi.
Shunday qilib, al-Jullobiy va Husayn Voiz Koshifiyning qayd etishicha, ushbu tizimdagi so’zlar maxsus ilmiy guruhlarning fikri bo’lib, ular so’fiy va tasavvuf lug’atining kelib chiqishiga haqiqatan asos bo’la oladi. Mazkur so’zlarning hammasi o’ziga xosma’nolarga ega. Ammo eng asosiysi va muhimi so’fiy so’zining suf- surf mato bilan bog’langani bo’lib, shu matoning tuzilishi, rangi va umuman ko’rinishi so’fiyning qiyofasiga mos va xos bo’lib, uning ilk belgisi hisoblanadi. Bu qoidalar XI asrdan keyin haqiqiy qonunga kiradi va bu o’rinda so’fiy lug’atining diniy ohangi irfoniy tus oladi.
Qadimgi manbalar mualliflari so’fiy so’zining sharhi, mohiyati, kelib chiqishi vatuzilishi haqida ham xiyla fikrlar aytib o’tganlar. Chunonchi, al-Jullobiy yuqorida so’fiy so’zining negizi qaysi so’z bilan ma’nodosh ekanligini qayd etib, so’fiyning kimligi, fikr-zikri, mafkurasi xususida ham diqqat-e’tiborni qaratib, bu borada ilmiy izlanishlarini bayon etadi. Masalan, uningcha «so’fiy ul kishi bo’ladiki, o’zini butunlay yo’qotib, haqqa etishishi, mangu hayot topishi va tobelik changalidan ozod bo’lib, Allohtaolo haqiqatiga ulanishi kerak» .
Mana so’fiyning asl timsoli va maqsadi qanday?! Uning butun vujudi va borlig’i Alloh bilan band bo’lishidadir va u Alloh uchun kurashadigan va hayot kechiradigan zot. Bu hodisa shu darajaga etadiki, u bu yo’lda aql-hushini yo’qotib tiriklikda o’lik bo’ladi va yod- xayolida faqat Alloh nomi va uning zikri bo’lib, u o’z timsolida Uning sifatlarini ko’radi. Bu esa, so’fiyning komillikka erishgan darajasi, unda so’fiy barhayot zotga aylanadi. So’fiyning o’zidan begona bo’lishi va o’zini tamom yo’qotishi uning hayot tobeligidan najot topishidir. Jumladan, uning ozodligi mangulikdadir va mangulik esa Alloh bilan birlashish bo’lib, bu omil so’fiy zotining asl haqiqati va mohiyatini bildiradi.
Haqiqatga erishgan tasavvufning ilk namoyandalari avliyomisol so’fiylar edilar. Ular ham bu atama yuzasidan bahs-munozaraga kirishib, so’fiyning kimligini aniqlashga harakat qilganlar. Jumladan, mashhur mutasavvuf arbob Shayx Zunnun Misriy yozadi: «So’fiy ul kishidurki, aytadigan so’zi uning hol-ahvolini ifoda etsa, ya’ni bo’lmagan narsani aytmasligi kerak va agar jim o’tirsa, uning muomalasi ahvolidan bilinib tursa. Uning aytgani sahih va to’g’ri, so’zlari butkul haqiqiy va fe’l-atvori faqirona bo’lishi shart». Bu misolda so’fiyning xislatlari va tashqi muomalasi ifoda etilgan. Shayx Zunnun Misriy so’fiylarning so’fiysi edi va ularni juda yaxshi bilardi. Shu bois u o’zi o’ylagan so’fiy shaxsiyati va o’zi amal qilgan so’fiyona hayot tarzini boshqalarga namuna sifatida bayon etadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, adabiyot bilan tasavvufning yaqinlashuvi shayxlarning samo’, vajd majlislarida she’riy parchalar, ruboiylardan foydalanishdan boshlangan. Chunki IX-X asrlarda xonaqolarda yig’ilgan darveshlar xalq og’zaki ijodi na’munalaridan yoki shoirlarning oqilona she’rlaridan ilohiy maqsadlarda foydalanib, ularni o’qib, ilohiy ishq jozibasiga berilganlar. Bora-bora tasavvufning o’z adabiyoti yaratila boshlandi. Dastlab, tasavvuf shayhlari ijodi bilan bu adabiyot paydo bo’lgan. Chunonchi, Robiya Adviya, Mansur Halloj arab tilida talay she’rlar yozib, ilohiy muhabbatni kuylaganlar. Yirik faylasuf Muhyiddin ibn Arabiy ham (12-13 -asr) o’z asarlarini ko’pincha she’r bilan yozgan. Fors adabiyotida birinchi so’fiy shoir sifatida X asrda ijod etgan Bobotohir Uryoni tilga olinadi. Undan keyin Abdulmajid Sanoiy, Abdulloh Ansoriy, Faririddin Attor, Jaloliddin Rumiy va boshqalar so’fiyona adabiyotni rivojlantirdilar.
Turkiy adabiyotda bu yo’nalishni boshlovchi Xo’ja Ahmad Yassaviydir. Keyin Sulaymon Boqirg’oniy, Shamiy, Imomiddin Nasimiy, Qul Ali, Qul Ubaydiy, Devona, Boborahim Mashrab, So’fi Ollayor, Sobir Sayqaliy, Fuzuliy, Xuvaydo, Xaziniy va boshqalar so’fiyona mavzuda ijod etganlar. Bu o’z navbatida o’zbek adabiyotini tasavvuf yo’nalishini barpo etdi.
Ammo Yusuf Xos Hojibdan boshlab davom etgan va shu paytgacha dunyoviy adabiyot deb o’rganilgan adabiyot ham katta tasavvufiy adabiyotning bir qismidir.
Farq shundaki, A.Yassaviy boshlagan yo’nalishda diniy-so’fiyona g’oyalar bevosita kuylangan bo’lsa, Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Atoyi, Navoyi singari shoirlar ijodida tasavvufiy ma’nolar majoz vositasida kuylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |