6-1 uzb -19-guruh talabasi Nosirova Zulfizar
2- amaliy mashg’ulot.
O’zbek adabiyoti tarixining ilmiy manbalari. Tazkiranavislik.
Reja:
1. Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Arab tilining ilm-fan tiliga aylanishi. Qur’on oyatlari va hadislarining turkiy adabiyotga ta’siri.
2. VIII - ХI asr adabiy muhiti.
3. Tazkirashunoslik. Abu Mansur as-Solibiy va uning “Yatimat ut-dahr asari”
4. Didaktik, tarixga, geografiya oid siyosiy-axloqiy asarlar. (Kaykovus “Qobusnoma”, Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro”).
1. VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida imon, tinchlik, ahillik va
xayrixohlik g´oyalariga tayangan islom dini paydo bo`lib, qisqa muddatda keng
yoyildi. Bu dinning yoyuvchisi muqaddas Makkadagi quraysh qabilasidan
bo`lgan Muhammad ibn Abdulloh (570—632) edi. Uning payg´ambar
sifatidagi faoliyati 610- yildan boshlandi. U bir vaqtlar Hazrati Odam sig´ingan,
Ibrohim alayhissalom iymon keltirgan islom dinini yangiladi. Unga yangi ruh, yangi mazmun berdi. Ayniqsa, 622- yilda Muhammad alayhissalom o`z
tarafdorlari bilan Makkadan Madinaga hijrat etgandan keyin adolatli bu
g´oyalar katta kuch-qudrat kasb etdi. Hijrat musulmonlarning hijriy yilini
boshlab berdi. 630- yilda Makka musulmonlarning ustunligini tan oldi.
Muhammad alayhissalom rasululloh — Allohning elchisi sifatida e'tirof etildi.
Payg´ambarimiz vafot etganlaridan so`ng haq dinni qabul qilganlar
yagona xalifalikka birlashdilar. Uni boshqaruvchi kishi esa „xalifatu rasululloh"
(Alloh elchisining o`rinbosari) deb atala boshlandi. Xalifalik hududlari qisqa
vaqt ichida Ispaniyadan buyuk Xitoy devorigacha yoyildi. Muhammad
alayhissalomdan so`ng xalifalikni Abu Bakr (632-634), Umar (634-644),
Usmon (644-656), Ali (656-661) boshqardilar.
Milodning VII asri oxiri VIII asri boshlarida qadim Turkistonga islom
dini kirib kela boshladi. Arablar O`rta Osiyoga siyosiy va harbiy yo`l bilan
kirib keldilar. Bunga qarshi o`z vaqtida Gurek, Divashtich, Sharik, Muqanna
qo`zg´olonlari bo`lib o`tdi. Arablar Turkistonda shu vaqtgacha mavjud bo`lgan
madaniyat va ilm-fan ildizlarni qo`porib tashladilar. Biroq, shu bilan birga,
insonni komillikka yetaklovchi Islom dinini olib kirdilar. Turkiy xalqlarning
ko`pchiligi musulmonchilikni qabul qildilar. Bu hodisa ajdodlarimizning
ijtimoiy-siyosiy hayotidagina emas, madaniy va ma'naviy hayotida ham muhim
ahamiyat kasb etdi
2. IX asrning oxiri X asrning boshlariga kelib Markaziy Osiyoda arablar hukumronligi barham topadi. Uning o’rniga dastlab Somoniylar, so’ngra Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan markazlashgan davlatlar paydo bo’ladi. Davlatning markazlashuvi iqtisodiy taraqqiyotga, iqtisodiy yuksalish esa o’z navbatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’atning taraqqiy topishiga sharoit hozirlaydi. Jumladan, adabiyotda katta muvaffaqiyatlarga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |