O`tgan mavzuni so`rash:( og`zaki)
To`plam nima?
Tasnif nima?
To`plam va tasnifga misollar keltiring
Uyga vazifa so`raladi
Yangi mavzuni tushuntirish:
(Yangi mavzu ekranda slaydlar orqali tushuntiriladi)
So`zlarning so`rog`I va qanday umumlashgan ma`no ifodalashiga ko`ra guruhlarga bo`linishi so`z turkumlari deyiladi.
So`z turkumlari ma`no va vazifasiga ko`ra:
Mustaqil so`zlar-ot, sifat, son, fe`l, ravish, olmosh
Yordamchi so`zlar- bog`lovchi, ko`makchi, yuklama
Alohida olingan so`zlar- undov, taqlid, modal so`zlar
( O`quvchilar tomonidan har bir so`z turkumiga slayd asosida ta`rif beriladi)
Mavzuni mustahkamlash:
90- mashq (og`zaki) bajariladi
91- 92- mashqlar doskada o`quvchilar bilan birga bajariladi
FSMU texnologiyasi asosida kartochkalar tarqatiladi
Namuna:
Ko`ylak so`zi qaysi so`z turkumiga mansub?
Fikr- ko`ylak so`zi ot so`z turkumiga mansub
Sabab- chunki u narsa nomi bo`lib nima? So`rog`iga javob bo`ladi
Misol- kiyim, tufli, palto
Umumlashtiring- Shaxs yoki narsa-predmetning, joy nomini bildirib, kim? Nima? Qayer? Soroqlariga javob bo`luvchi so`zlar ot deyiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida
Uyga vazifa: 93- mashq
Dars yakunida o`quvchilar tomonidan M. Yusufning o`zbek millatiga bag`ishlab yozilgan ‘’Iftixor’’ she`ri asosida qo`shiq ijro etiladi.
Mavzu: Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi.
O`quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy kompetensiya: (tinglab tushunish, o`qish, so`zlash, yozish)
Lingvistik kompetensiya: ( grammatik qoidalarni tushunish)
Darsning blok sxemasi:
Tashkiliy qism- 3minut
O`tgan mavzuni mustahlamlash- 10minut
Yangi mavzuni tushuntirish- 15 minut
Mavzuni mustahkamlash- 14 minut
Baholash- 2minut
Uyga vazifa- 1minut
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarda ona tili fani bo`yicha, shuningdek, yangi mavzu bo`yicha zarur bilimlarni berish;
Tarbiyaviy : O`quvchilarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatish, ularning bilimlarini mustahkamlash, ma`naviyatini shakllantirish;
Dars turi: noan`anaviy
Dars jihozi:ko`rgazma, darslik, tarqatma
Dars bosqichidagi ketma- ketliklar:
Tashkiliy qism:
Salomlashish;
davomat va navbatchini aniqlash;
Alisher Navoiy g`azali:
Ko`rgali husnungni zoru mubtalo bo`ldum sango
Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldim sango
Har necha dedimki kun- kundin uzay sendin ko`ngul
Vahki kun-kundin batarroq mubtalo bo`ldum sango
Men qachon dedim vafo qilg`il mango zulm aylading
Sen qachon deding fido bo`lg`il mango, bo`ldum sango
Qay pari paykarga dersen telba bo`ldung bu sifat
Ey pari paykar ne qilsang qil mango bo`ldum sango
Jomi jam ichra Hizr suyi nasibimdir mudom
Yuz balo yetmaski men ham bir balo bo`ldum sango
Ey ko`ngul tarki nasihat ayladim, ovvora bo`l
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo`ldum sango
G`ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro
To Navoiydek asiru benavo bo`ldum sango
O`tgan mavzuni takrorlash:
Uyga berilgan vazifa- 388-mashq so`raladi
O`tilgan mavzu bo`yicha savol kartochkalari:
Namuna:
A harfi savob, zamon kabi so`zlarda qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
O harfi tonna, noyabr kabi so`zlarda qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
Kollej, komandir, trolleybus, avtomat kabi so`zlarda o unlisi qanday talaffuz qilinadi va yoziladi?
Yangi mavzuni tushuntirish:
Yangi mavzu: Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi
Adabiy talaffuz va imlo me`yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
Qator kelgan unlili so`zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli bunday so`zlardagi qator unlilarni og`zaki nutqda yo bir cho`ziq unliga aylantirish( masalan muallimni malim, faolni fool, faoliyatni fooliyat, geografni giogrif) yoki qator kelgan unlilar o`rtasiga ayrim undoshlarni qo`shish yo`li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so`zi Farg`onada sohat, Toshkentda sog`at tarzida talaffuz qilinadi.
Mavzuni mustahkamlash:
-389-mashq og`zaki bajariladi
-390-mashq, 391-mashqlar oquvchilar tomonidan doskada bajariladi;
-O`quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar rasmlar asosida matn tuzishadi.
- shashka o`yini asosida shashka donalarini surib 2 o`quvchi doskada mavzuga doir so`zlar topishadi
- mavzuga doir savollar:
1. Qator kelgan unlilar qanday so`zlarda uchraydi?
2. Ularni tilimizga moslashtirish uchun og`zaki nutqda qanday tovush o`zgarishlari hosil qilinadi?
3. Adabiy talaffuz va imloda qaysi holatga amal qilinadi?
Baholash: 5 balli tizim asosida
Uyga vazifa: 392- mashq.
O`zbek onasi, sadoqatli timsoli.
(“Alla” kuylanadi. Bir qiz bola kelinchak timsolida beshik tebratib turadi.)
Boshlovchi: Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qadrli o`quvchilar. Sizlarni, avvalambor, o`lkamizga kirib kelayotgan bahor fasli, 8- mart Xalqaro xotin- qizlar kuni bilan, shuningdek, atoqli shoira Zulfiyaxonimning 103 yoshlik yubileyi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz va “O`zbek onasi, sadoqatli yor timsoli ”,- deb nomlangantadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.
B: (rus tilida)
B: (ingliz tilida)
B: Dunyo yaralibdiki, ayol bor. Ona degan eng ulug` zot- dunyo beshigini tebratadi.
B: (rus)
B: (Ingliz tilida)
O`quvchi: Rivoyat
Qadimgi afsonalarga qaraganda Yaratgan yerni, quyoshni, oyni, tog`-u toshni yaratibdi. Cho`l- u biyobonni, suvni, olovni yo`qdan bor qilibdi. Dov- daraxtni, maysani, havoni yo`qdan bor qilibdi. Parvardigor yer osti va yer usti jonzotlarini ham yaratibdi. So`ngra bu jonzotlarga shoh sifatida Odam atoni yaratibdi. Kundan- kun unga kimdir yetishmayotgandek tuyulibdi va Odam atoning chap qovurg`asidan Momo Havo onamizni yaratibdi.
( Shu payt davraga Momo Havo timsolidagi o`quvchi kirib keladi)
Ayolning matlabi mendan boshlanur
Shuning- chun ayollar havodek zarur
Onalar beg`ubor farishtalardir
Farishtaning esa asli nur erur
O`quvchi:
Bir kuni To`maris huzuriga Eron shohi Kirdan elchilar keldi. U elchilarni yaxshilab mehmon qildi va shoihga sovg`a berib yubordi.
Kir dasturxonni ochib ko`rsa, uning ichida o`q- yoy, sichqon, baliq va qush jasadi bor ekan. Eroniylar bunga o`zicha ta`rif berishdi:
Massagetlar bizga taslim bo`lishmoqchi, O`q- yoy bu – bizning timsolimiz, anovi narsalar esa yovvoyilardir, deyishdi.
Shunda podshoning dono maslahatchilaridan biri ,,sovg`a’’ni quyidagicha izohladi:
Bular ogohlantirish. Ular:,, Ey bosqinchilar, baliqdek suvga sho`ng`ib, sichqondek yerga kirib, qushdek osmonga uchib, tezda yurtimizdan yo`qolmasalaring bizning o`q- yoylarimiz ostida halok bo`lasanlar!’’,- demoqchi dedi.
Kir gapga quloq solmadi va oxiri sharmandalarcha yengildi.
( Davraga To`maris timsolidagi o`quvchi kirib keladi)
Menman o`sha jasur ona timsoli, milodi V asrlarning yiovqur ayoli.
O`quvchi: O`zbek ayolining XVIII asrlardagi siymosi Nodira timsolida.
( Davraga Nodira timsolidagi o`quvchi kirib keladi)
Ul na gumbazdir eshigi tuynugidin yo`q nishon
Necha gulgunpush qizlar manzil aylabdir makon
Qizlar holidan olsam xabar
Yuzlariga parda tortig`liq turarlar bag`ri qon
O`quvchi:
O`zbek ayolining yana bir siymosi Marg`ilonlik kelin Kumush timsolida.
( Davraga Kumush timsolidagi o`quvchi kirib keladi)
Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig`lagan Layli otidan- sizga boshimdag`I sochlarimning tuklaricha behad salom.
O`quvchi:
O`zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915- yilning 1- martida Toshkentda tug`ilgan. ,, Hayot varaqlari’’ (1932), ,, She`rlar’’, ,, Qizlar qo`shig`I’’ (1938), ,, Uni Farhod der edilar’’ (1943), ,, Hijron kunlarida’’ ( 1944) ,,Tong qo`shig`I’’ (1953), ,, Men tongni kuylayman’’ , ,, Yuragimga yaqin kishilar” (1958), ,, Kuylarim sizga’’ (1965), ,,Salom sizga erkparvar ellar’’, ,,O`g`lim sira bo`lmydi urush’’ kabi she`riy to`plamlarida Vatan madhi jo`shib kuylanadi. ,,O`ylar’’, ,, Shalola’’ kabi she`riy majmualari uchun davlat mukofoti sovrindori bo`lgan. Hind mavzusidagi she`rlari uchun Javohirlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini , tinchlik va do`stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiypqrvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun Xalqaro ,, Nilufar’’ mukofotiga sazovor bo`lgan. Uning she`rlari, rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors tillariga tarjima qilingan. Shoira Pushkin, Nekrasov, Lermontov, S. Shipachyov, V. Inber, Lesya Ukrainka Amrita Pritam asarlarini o`zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
( Davraga Zulfiyaxonim siymosidagi o`quvchi kirib keladi)
Hamon e`tiqodim- haqiqat, haqdir
So`zlayman yuzimni tutib Ka`baga
Yemira olmaydi o`tkinchi taqdir,
Osuda o`tadi ruhim abadga.
E`zozlar, ardog`lar uchun tashakkur,
Asli siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul- o`zbekning Zulfiyasiman.
B: Ko`kda parvoz eytar ikki kabutar,
Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon
Bir asrdan buyon elga gul tutar
Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon.
B: (rus tilida)
B: (ingliz tilida)
1 –B : Endigi navbatni Zulfiyaxonim qalamiga mansub she`rlarga beramiz.
2-b: (rus tilida)
3-b: (ingliz tilida)
O`quvchi:
Zulfiyaning ,, Bahor keldi seni so`roqlab” she`ri
O`quvchi:
,,Ko`rganmiding ko`zlarimda yosh” she`ri asosida sahna
O`quvchi:
,,Sog`inganda” she`ri
O`quvchi: ,, Sensiz “ she`ri
O`quvchi: ,, Lola’’ she`ri
O`quvchi: ,, O`riklar gullar’’
O`quvchi: ,, O`g`lim sira bo`lmaydi urush’’
O`quvchi: ,, Mening mehribon onaginam”
O`quvchi: ,, Onam’’ she`rlari
1-b: O`rik gullarining hidi to`lilgan,
Muhabbat yo`li bu Jizzax to Toshkon
Ular umr yo`li bizlarga saboq
Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon
2-b: ( rus tilida)
3-b: ( ingliz tilida)
1-b: Ko`ramizki, Zulfiya ijodida hijron motivi ustunlik qiladi. Zero, Zulfiyaxonim o`zbek onasi, o`zbekning sadoqatli ayolidir.
2-b: (rus tilida)
3-b: (ingliz tilida)
1-b: Endigi navbatni go`zal bir raqsga bersak-da, davramizni davom ettirsak.
2-b: (rus tilida).
3-b: (ingliz tilida).
Raqs. ,, Bahor’’ qo`shig`iga
1-b: Kimdir savol berdi aytgil Muhammad
Yolg`iz sen Rasulsan butkul olamga
Kimga ko`p yaxshilik aylay o`zing ayt
Ota- onamgami yoxud bolamga.
2-b:
3-b:
Qadimiy rivoyat asosida sahnaviy ko`rinish.
Ota: (eshikni taqillatadi.)
Ona: (eshikni ochadi) Assalomu alaykum.
Ota: va alaykum assalom. (kostumini yechib beradi)
Ona: ( ovqqat olib kiradi)
Ota: (dasturxon yoniga o`tirib o`z onasiga salom beradi)Assalomu alaykum, ona.
Buvi: Va alaykum assalom, bolam, yaxshi keldingmi?
Nabira: oyi nega buvimga yog`och kosada ovqat suzdingiz?
Ona: Chunki buvingni qo`llari qaltirab kosalarni sindirib qo`yyaptilar.(ular ovqatlanib turib ketishdi. Ertasiga bola taq- taq qilib nimanidir yasy boshladi)
Ona: Ha, juvonmarg, nimani buncha taqillatasan?
Bola: Yog`ochdan kosa yasayapman, oyi.
Ona: Nima qilasan uni?
Bola: Bir kuni qo`llaringiz qaltirab, qarib qolsangiz shu kosada sizga ovqat beraman.
1-b: Ha, qaytar dunyo deb shuni aytishsa kerak-da, sen onannga nima qilsang, u ertaga, albatta, farzandingdan qaytadi. Farzand sening aksingdir.
2-b:
3-b:
1-b: Navbatni onajonlarimazni aziz ayollarimizni madh etuvchi she`rlarga beramiz.
2-b:
3-b:
O`quvchi:( M. Yusuf. ,,Onam” ).
O`: ‘’Ayol’’
O`: ( A. Oripov. ,,Ayol”)
O`: ,, Onamni ko`rgani boraman.
1-b: She`riyat mulkida shoir xalqiga
Biri malikadir, biri- shoh sulton.
Ko`kni lol qaratdi she`rning sehriga,
Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon.
2-b:
3-b:
1-b: Shuning bilan tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. E`tiboringiz uchun rahmat!
2-b:
3-b:
Test. 6- sinf. Ona tili. 2- chorak. 1- variant.
Fe`lning sifatga xoslangan shakli nima deyiladi?
Sifatdosh B) Ravishdosh C) Harakat nomi.
Qaysi qatordagi gapda o`tgan zamon sifatdoshi ishtirok etgan?
Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak.
Aytilgan so`z- otilgan o`q.
Endigina ko`tarilib kelayotgan oy sarg`ish nurlar sochadi.
O`zi hech nimani bilmaydigan oquvchi hammani chalg`itadi.
Gapdagi bilmaydigan so`zi qanday fe`l shakli?
Harakat nomi.
SIfatdoshning bo`lishsiz shakli
Ravishdosh
Qaysi qatorda faqat ravishdosh berilgan?
Siypalab, kelguncha, o`qigach, aytgani
Yozayotgan, borib, o`qimoq
O`quv, borib, kelguncha
Harakatning holatini, ba`zan payt, sababini, paytini, maqsadini anglatuvchi fe`lning vazifa shakli?
Harakat nomi B) Sifatdosh C) Ravishdosh
Qaysi qatorda faqat ravishdosh qo`shimchalari berilgan?
– moq, - uv, -sh
– gan, -ar, -ydigan
–b, -ib, -guncha, -gach, -gani.
Qaysi gapda ko`makchi fe`l berilgan?
Do`kondan ruchka sotib oldi
Onasiga xat yozib yubordi
Qo`lidagi anjomlarni tashlab yubordi.
Ishla, suvsa, taqilla, sensira. Berilgan fe`llar qaysi so`z turkumlaridan yasalgan?
Ot, taqid, olmosh
Ot, ravish sifat
Berilgan fe`llar tub fe`llar
Past, sust so`zlariga –ay qo`shimchasi qo`shilsa, qanday fonetik hodisa yuz beradi?
Fe`llar tuzilishiga ko`ra necha xil?
Sodda fe`lga misol yozing.
Tarbiya qilmoq, eski bo`lmoq, dod solmoq. Ushbu fe`llar tuzilishiga ko`ra qanday fe`l?
Juft fe`llarga misol yozing.
O`ylay- o`ylay, kuta- kuta, yoza- yoza. Ushbu fe`llar tuzilishiga ko`ra qanday fe`l?
Aziza yuvinib, taranib , kiyindi. Berilgan gapdagi fe`llar qaysi nisbat shakli sanaladi?
Test . 6-sinf. Ona tili. 2- chorak. 2-variant
Qaysi gapda ega harakat nomi bilan ifodalangan?
Bilim olish- indsonni yuksak cho`qqilarga yetaklaydi
G`olib bo`lganlar bir qadam oldinga o`ting
Kulib- kulib kirib keldi.
Sifatdosh yasaydigan qo`shimchalar qaysilar?
- sh, -ish, -uv, -moq
–b, -ib, -gani,
–gan, -ydigan, -yotgan, -ar
Qaysi qatorda hozirgi zamon sifatdoshi berilgan?
Uzoqni ko`zlagan maqsadga yetadi
Endigina ko`tarilib kelayotgan oy sokin nur sochdi.
Vatanni sevmoq - iymondandir.
O`qimaydigan bolalar yaxshi baho ololmaydi. Berilgan gapdagi sifatdoshning bo`lishsiz shakli qaysi gsap bo`lagi bilan ifodalangan?
Ega B) To`ldiruvchi C) Aniqlovchi
Ukam kelguncha yashirinib olaman. Ushbu gapdagi kelguncha so`zi fe`lning qaysi vazifa shakliga kiradi?
Ravishdosh B) sifatdosh C) Harakat nomi
Onam yuzimga tarsaki tortib yubordi. Gapdagi fe`l shakli qanday fe`l?
Qo`shma fe`l B) yordamchi fe`l C)ko`makchi fe`l
Qaysi gapda ketdi fe`li o`z ma`nosida qo`llangan?
U uyiga yugurib ketdi.
Kitobni berilib o`qiy ketdi.
Xayollarga berilib ketdi
Qonsiragan so`zidagi asos qanday so`z turkumi bilan ifodalangan?
Fe`l B) ravish C) ot
O`yin, qiyin so`zlariga –a qo`shimchasini qo`shib fe`l yasalsa, qanday fonetik hodisa yuz beradi?
Qo`shma fe`llar qanday yoziladi?
Juft fe`llarga misol yozing.
Yoza-yoza, ayta- ayta, kela- kela. Ushbu fe`llar tuzilishiga ko`ra qanday fe`l?
Uyimizga dadam yangi mashina olib keldilar. Gapdagi fe`l tuzilishiga ko`ra qanday fe`l?
Ona kuta- kuta uxlab qoldi. Uxlab qoldi qanday fe`l?
Yoza- yoza charchadim. Yoza- yoza takroriy fe`li gapda qanday vazifada qo`llangan?
6-sinf Adabiyot. Test. 2-chorak 1- variant.
Muqimiy haqida kimlar ilmiy ish qilib kitoblar yozdilar?
Muqimiyning zamondoshlari
H. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G` Karimov
N.Karimov, H. olimjon, H. Zaripov
Erhubbi kim?
Islomgacha bo`lgan davrdagi avliyo
Islom dini davrida paydo bo`lgan avliyo
Payg`ambar
O`zgalarga rohat-u menga azob. Ushbu misrada qanday tasviriy vosita qo`llangan?
O`xshatish B) Mubolag`a C) Qarshilantirish
1907- yilning 17- sentabrida tug`ilgan adib kim?
G` G`ulom B) O. Yoqubov C) A. Qahhor
A. Qahhorning ‘’Bemor” hikoyasiga qaysi xalq maqoli epigraf qilib tanlangan?
Osmon yiroq, yer qattiq.
Kambag`alni tuyaning ustida ham it qopadi.
Tabib tabibmas boshidan o`tkazgan tabib.
‘’ Er boshiga ish tushsa’’, ‘’ Ko`hna dunyo’’, ‘’Ulug`bek xazinasi’’ romanlarining muallifi kim?
S. Ahmad. B) O. Yoqubov C) E. VohOidov.
O. Yoqubovning ‘’ Muzqaymoq’’ hikoyasidagi otasi muzqaymoq olib berolmay ketgan bola kim?
Hikoyada Odil Yoqubovning bolaligi tasvirlangan
Pavlik Morozov
Shunchaki to`qima obraz.
S. Yesenin she`rlari, shuningdek, Gyotening “Faust” asarini o`zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A. Oripov B) E. Vohidov C) O. Yoqubov
E. Vohidov ‘’O`zbegim’’ qasidasini kimga bag`ishlaydi?
“ Ikki karra ikki besh’’, “ Ikki eshik orasi’’, ‘’ Tushda kechgan umrlar’’ romanlari kimning qalamiga mansub?
Rus xalqining Pushkindek , inglizlarning Bayrondek ulug` shoirlarini ham o`ziga muallim deb bilgan, Navoiydek mutafakkirga merosxo`r ekanidan faxr etgan ijodkor kim?
“Muzaffar Temur’’, ‘’Bir koshona sirlari’’ pyesalarining muallifi?
Qo`qonda Furqat, Zavaiy, Nisbat, Muhayyir, G`aribiy, Nasimiy, Mavlaviy kabi shoirlardan tashkil topgan guruhga boshchilik qilgan adib kim?
Hudoyo, ayamdi daydiga davo beygin. Ushbu so`zlar ‘’ Bemor’’ hikoyasida kimning tilidan aytilgan?
‘’ J. Rodarining ‘’ Hurishni eplolmagan kuchukcha’’ ertagida kuchukcha nima uchun hurishni o`rganolmay qiynaladi?
6-sinf. Adabiyot. Test 2-chorak 2- variant.
Qo`qondagi ‘’ Hokim oyim’’, Buxorodagi ‘’Mehtar anbar’’ madrasalarida ta`lim olgan adib kim?
Muqimy B) Furqat C) A. Avloniy
Tanob so`zining ma`nosi?
Arqon, o`lchov birligi
Tana, vazn
Adolat
Tanqidiy va kulgi uyg`otadigan badiiy asar hisoblanib, mazmuni va shakliga ko`ra satirik va yumoristik asar?
A) Komediya B) hajviy asar C) tragik asar
Men bir qora kunda tug`ildim
Tug`ldim-u shu on bog`ildim. Ushbu satrlar muallifi?
A. Qahhor B) G`. G`ulom C) H. Olimjon.
A. Qahhorning “Bemor” hikoyasida doktorxona deganda Sotiboldining ko`z oldiga nima kelar edi?
Kasal xotini
Izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so`mlik pul
Oppoq halat kiygan shifokor
‘’ Bir felyeton qissasi’’, ‘’Muqaddas’’, ‘’Billur qandillar’’ qissalari muallifi?
O. Yoqubov. B) T. To`la C) A. Qahhor
O. Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasida bola harbiylarning uni kimga o`xshatishganidan xursand bo`ladi?
Otasiga B) Pavlik Morozovga C) Soldatlarga
“Oltin devor”, ‘’Istanbul fojiasi’’ dramalari muallifi?
A) G`. G`ulom B) E. Vohidov C) A. Qahhor
9. Shaparak ko`rpacha so`zining ma`nosi?
10. Zanchalish so`zining ma`nosi?
11. O`tkir Hoshimovning “Urushning so`ngi qurboni” hikoyasida Shoikromning xotini nima uchun onasini ranjitadi?
12. Erhubbi kim?
13. Muqimiyning ‘’Tanobchilar’’ asari qanday asar?
14. A. Qahhorning yozuvchi bolaligi haqida hikoya qilingan avtobiografik asari?
15. Bunday vaqtlarda yo`g`on cho`ziladi, ingichka uziladi… maqoli A. Qahhornning qaysi hikoyasida qo`llangan?
Test. 3-chorak. Ona tili. Adabiyot. 1-variant.
Sinamagan otning sirtidan o`tma. Ushbu gap qaysi maylda?
Xabar maylida b) buyruq-istak m c) shart m
Lolaqizg`aldoq, beshiktervatar, boychechak. Ushbu otlar tuzilishiga ko`ra qanday ot?
Sodda b) qo`shma c) juft
Berilgan gaplarning qaysi birida mavhum ot qatnashgan?
Malika yurtdoshlarimizni doim sevadi.
E`zoza kecha Samarqanddan keldi
Hayo qalbning haqiqiy ko`zgusidir.
Berilgan gaplarning qaysi birida yasama sifat berilgan?
Maftuna gulli ko`ylak kiyibdi
Toshkent- go`zal shahar.
Katta- katta ko`chalardan binolar solsaydik.
Qaysi hikoya qahramoni odamlarning mansabiga qarab muomala qiladi, yuqori mansabdagilarga laganbardorlik qilib uylaridagi ayollarning ishini hamqiladi?
a) S. Ahmad. ,,Sobiq’’
b) S. Ahmad. ,,Qoplon’’
c) O`. Hoshimov ,,Urushning so`ngi qurboni’’
Qaysi qatorda faqat juft sifatlar berilgan?
Kecha oyim yaxshi kitob olib berdilar
Balandparvoz gaplardan yiroqman
Baland-past uylar qator qurilgan.
7. Misrani davom ettiring.
Taqdir kuldi , o`lim tegmasdan
a). O`tib ketdi, qilmadi jur`at
b). So`nggi so`zdan to`sat bosh tortdi
c). Va erksizlik qa`riga otdi.
8. Kuyga solib aytishga mo`ljallangan kichik lirik janr?
a) maqol b) hikoya c)qo`shiq
9. Otning tuzilishiga ko`ra turlari nechta va ularga misol keltiring
10. Faoliyat-jarayon otlariga misol keltiring.
11. mavhum otlarga misol keltiring
12.Sifatning qiyosiy darajasiga misol keltiring.
13.Yor uldurki, har nechakim o`ziga
Istamas, yorig`a ham istamagay
Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?
14 Gulxaniyning qasidasi kimga bag`ishlangan?
15 A. O`tarning chet tillarini o`rganishga bag`ishlangan she`ri qanday nomlanadi?
6-sinf. Ona tili. Adabiyot. Test 2-variant
Shart maylidagi gapni toping.
Labihovuz bahorini ko`rganmisiz?
Jahl kelsa, aql ketadi.
Bugungi ishni ertaga qo`yma.
Juft ot berilgan qatorni belgilang.
Bolaginam hali oq-qorani ajratolmaydi.
Ota- onam – jannatim.
Kecha-kunduz ishlaydi.
Qaysi gapda atoqli joy nomi berilgan?
a). Onamlar Kattaqo`rg`onga ketishgan.
b). uyda har xil mevali daraxtlar ekilgan?
c). Maktab bog`ida ishladik.
4. yasama otni toping.
a) gul b) bo`yoq c) yig`loqi
5. Qaysi gapda asliy sifat berilgan?
a) Kuzgi uzumlar g`arq pishgan.
b) Katta odamlar kelishdi
c) devoriy gazeta chiqardik.
6. Abayning ,,Naqliya so`zlar’’ asarini kim o`zbekchaga tarjima qilgan?
a) N. Fozilov b) T. Adashboyev c)P. Mo`min
7. Zulfiyaning birinchi she`riy to`plami?
a) ,,Ko`klam’’ b) ,,Hayot varaqlari’’ c) ,,Nilufar’’
8. ,,Jimjitlik’’, ,,Ufq’’ romanlari muallifi?
a) S. Ahmad b) O`. Hoshimov c) P. Qodirov.
9. Qo`shma otlarga misol yozing.
10. Otning lug`aviy shakllariga qysi qo`shimchalar kiradi?
11. Baland so`zini sifat darajalarining har biri otrqali darajalang.
12. Ko`kimtir, qizg`ish, tub sifatmi yoki yasama?
13. ,,Maobit daftari’’ kimning qalamiga mansub?
14. Xalq qo`siqlariga misol yozing
15. ,,Mahbub ul-qulub’’ mazmunan qanday asar?
9.
10.
.11
12.
13
14
15.
Sinf:
I.F.O.
Do'stlaringiz bilan baham: |