6. Pedagogik kvalimetriya
Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning -ahamiyati katta. Agar uni yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa, turli-tuman metodlarni qo‘llashimiz, qiziqarli dars o‘tish uchun turli topshiriqlar tayyorlashimizdan qat'i nazar, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Chunki inson ongida har doim o‘z mehnat faoliyatini baholovchi psixologik jarayon ro‘y berib turadi. o‘z ishini natijasi baholanmasa yoki baholanishidan, taqdirlanishidan ko‘ngli to‘lmasa faolligi susayadi, oxir-oqibat «hafsalasi pir» bo‘lishi mumkin.
Qo‘yilgan ta'lim maqsadidan kelib chiqib erishilgan natijani nazorat qilish alohida muhini aharaiyatga ega va u pedagogik tex-nologiyaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. o‘quvchi, talabalarning bilimi va ko‘nikmalarini tekshirish, sinash (o‘lchash) va baholash nazorat deb ataladi.
Nazoratning asosiy didaktik funksiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida qaytuvchan aloqani o‘rnatish, o‘quvchi, talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida xolisona axborotga ega bo‘lish va ular bilimi, ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rishdir.
Talabalar bilimini, muntazam tekshirish va baholash ularni predmetni chuqur o‘rganishga undaydi. Baho pedagog uchun o’qishni rag’batlantirish, ijobiy o’quv natijalarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning asosiy vositasi bo’lib hisoblanadi.
Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, predmetni puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
Baholash faqatgina o‘zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta'sir etishning yagona vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xolisona baholash ta'sirida talabalarda unga muvofiq bo‘lgan o'z-o'zini baholash, o‘z muvaffaqiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish hissi paydo bo‘ladi.
O‘qituvchi talabalar bilimini sinash va baholash orqali:
ularning fan bo‘yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
nimalarni, qanday savol, masalalarni o‘zlashtiigani haqida axborotga ega bo‘ladi;
ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi;
o‘qituvchi va o‘quv yurti ma'muriyati tomonidan o‘quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‘chirish haqida qaror qabul qilinadi.
Talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |