6- Mavzu: O‘rta asrlarda Turkistonda geosiyosiy konsepsiyalari va
ularning rivoji
Reja:
1.
O’zbekiston hududidagi qadimiy davlatlarning tashkil topishida geografik
diterminizmning ahamiyati
2.
Sharq mutafakkirlari qarashlarida geosiyosiy bilimlar rivoji hamda uning
nazariy asoslari
Arab etnosining beshigi Arab yarimoroli bo‘lib, Yevroosiyo quruqligining
janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan va Yevropa, Makaziy Osiyo hamda shimoliy-
sharqiy Afrika oralig‘ida joylashgan. Yarimorol yuzasi maydoni 3 mln. kv. km.
U O‘rta yer dengizi (shimoliy-g‘arbiy) qizil dengiz (janubiy-g‘arbdan) Arab
dengizi (janubiy-sharqdan) va Fors ko‘rfazi (g‘arbiy-sharqdan) bilan o‘ralgan.
Tabiiy iqlimi (issiq va quruq, yarimorolning uncha katta qismi qumli cho‘l
va yarimcho‘ldan iborat, shuningdek, cho‘l o‘simliklariga ega bo‘lgan past
qirliqlar iborat bo‘lib, faqat uncha katta bo‘lmagan qismigina ziroatchilikka
yaroqlidir.
Arab etnosining tarixiy rivojlanishi avval boshdanoq o‘troq dehqonla va
ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat. Dehqonchilik madaniyati Arab
yarimorolining janubida mil. avv. I mingyillikda paydo bo‘lgan va u yetarli suv
resurslari, melioratsiya tarmog‘iga (er. avv. VIII asr) hamda karvon yo‘llariga ega
bo‘lgan. Yarimorolning shimolida esa ko‘chmanchi chorvachilik gullab
yashnagan. Ko‘chmanchi arablar-badaviylar tuya va otlar, qo‘y-echkilarni
ko‘paytirish bilan shug‘ullanganlar. U yerda ma’lum darajada asta-sekinlik bilan
hunarmandchilik va savdoning rivoji o‘laroq o‘troq madaniyatning vohalari
paydo bo‘la boshladi. Ko‘rsatib o‘tilgan farqlar sabab shimol va janub arablari
o‘rtalarida, ya’ni o‘troq dehqonlar (fallohlar) ko‘chmanchilik madaniyati
(badaviylar) o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, so‘zsiz geosiyosiy
o‘lchovlarga ega edi.
Eramizdan avvalgi VII asrga kelib Arab yarimorolida vaziyat yetakchi
davlatlar – Vizantiya, Eron va Efiopiya davlatlari kuchlar nisbatiga bog‘liq bo‘lib,
ushbu davlatlar bu yerdagi daromadli bo‘lgan savdo yo‘llarini nazorat qilishga
intilar edi, pirovardida Arabiston janubini ocharchilik darajasigacha yetkazdilar.
Ko‘pgina arab urug‘lari yarimorolning shimoliga ko‘chib kEetishga majbur
bo‘ldilar, aholining kattagina qismi badaviylar bilan iqtisodiy va urug‘chilik
aloqalariga ega edilar.
Bu davrda yakkaxudolik dinlari yaxudiylik va xristianlik anchagina
rivojlangan bo‘lib, Arabistonda ham bu dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham kam
emas edi. Arab jamiyatining tepasida turganda jamiyatni birlashtiruvchi, davlat
barpo etishda diniy omilni ko‘rmasliklari mumkin edi. Lekin, qabilaviy ilohlarga
sig‘inish an’analari va odatlar, birinchi navbatda Makkada Kaabaga “Qora
toshga” sig‘inish kabi udumlari arablarning milliy birlashuviga to‘sqinlik qila edi.
Yakkaxudolikni birinchilardan bo‘lib targ‘ib qilgan shimoliy Arabistonlik
Muhammad (570-632-yy) bo‘lib, yangi din musulmonchilikka asos soldi. Aytish
lozimki, musulmonchilikni qabul qilish geosiyosiy nuqtai-nazaridan arab
millatini yagona davlatni – xalifalikni barpo etishga olib keldi. Bu davlat o‘z
ta’sirini nafaqat butun Arab yarimoroliga (Muhammad s.a.v. hali hayotligi
davrida), balki keng hududlarga: Osiyo, Afrika va Yevropaga ham yoyishga
muvaffaq bo‘ldi. Yangi payg‘ambarning o‘zi an’ananaga ko‘ra mintaqadagi
barcha geosiyosiy birlashmalarga, Vizantiya imperatori Irakliyga, Eron shohi
Xusrav II ga, Efiopiya negusiga, Vizantiyaning arab vassali Hassaniyga, Misrdagi
vizantiyalik yer egasi Georgiyga, pravoslavisga va monofizitchilik hamda
zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi Ummon, yaman, Baxrayn hukmdorlariga
maktublar yo‘llab, islomga yuz tutishga chaqirdi. Ana shu maktubdan boshlab
islomning dunyo diniga aylanishiga va dunyo islom imperiyasi vujudga keldi,
deyish mumkin.
Muhammad s.a.v. payg‘ambarning to‘satdan vafoti (632-y) dan keyin ham
arablarning harbiy-diniy ekspansiyasi davom ettirildi. Bosib olingan
mamlakatlarga arablarning ko‘chib o‘tishlari davrida yangi dinni qabul qilishga
bo‘lgan da’vatlar faol amalga oshirila boshladi. Xalifalikning boshqa bir qismida
esa, madaniyati va tili yaqin bo‘lgan mahalliy aholini faol ravishda arablashtirish
jarayoni borar edi:
1.Islom sohasi, islomga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar va musulmon
hukmdorlar hokimiyati hamda musulmon huquqiga bo‘ysinuvchilarni o‘z ichiga
oladi. Bu dunyoning markazi, bu yerda siyosiy poytaxt va musulmonlarning diniy
markazi joy egallagan.
2. Tinchlik sulhi sohasi – bular sulh orqali musulmonlarga itoat etuvchi
mamlakatlardir. Bu mamlakatlarning musulmon bo‘lmagan aholisi islom
homiyligi ostida bo‘ladilar va buning uchun maxsus jon solig‘i to‘laydilar (jiz’ya).
3. Urush sohasi – bular nomusulmon mamlakatladan iborat bo‘lib, xalifalik
bilan tinchlik sulhiga ega bo‘lmagan, pirovardida urush holatida turganlar. Bu
dunyoning periferiya (chet o‘lkalari)lari musulmon poluperiferiyaga (yarim chet
o‘lkalarga) aylanishi lozim. Buning uchun esa butun dunyoni islomlashtirish va
bu yo‘lda din uchun doimiy kurashlar olib borish (jihod)dan iborat, o‘z navbatida
uch ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
- qalb jihodi: bu – har kim o‘z kamchilklariga qashi kurashi;
- til jihodi: bu – mumkin bo‘lmagan va islom rag‘batlantirgan narsalarga
ro‘xsat berilishi;
- g‘azovot – zabt etish, g‘alabaga qilish.
Muqaddas urushda ayollarni, bolalarni va qariyalar hamda musulmon
bo‘lmaganda dindorlarni ham o‘ldishga ruxsat etilmaydi, lekin zabt etilgan
mamlakatlarning aholisi va mulki harbiy o‘lja bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, islom geosiyosati muayyan davlat shakli xalifalik orqali
amalga oshirilgan. Dunyoning markazida arab millati bo‘lib, islom diniga
birlashgan va muqaddas joyi Makkada joylashgan, musulmonlarning diniy
markazi va kelajakda butun dunyoni markazi ham ana shu Makka bo‘lishi lozim.
Butun dunyo ham to‘liq musulmonchilikni qabul qilmagan, lekin islomning
maqsadi xalifalikning doimiy ekspansiyasi vositasida butun dunyo xaqlarini
islomlashtirishdan iborat edi. Musulmonlarning xatti-harakatlari o‘laroq ushbu
maqsadni amalga oshirish yo‘lida muqaddas urushlarni-jihodni olib borishga
burchlidir.
Geosiyosiy g‘oyalari va konsepsiyalari qator arab olimlari asarlarida bayon
etilgan va ular orasida Markaziy Osiyo o‘rta asrlari allomasi Abu Nasr Farobiydir.
Buyuk faylasuf, qomusiy olim va siyosiy arbob Abu Nasr ibn Muhammad
Al-Farobiy Bag‘doddagi Donishmandlar uyida (Bayt ul-hikma) o‘qidi va tabiiy,
ijtimoiy, siyosiy va falsafiy bilimlarni chuqur egalladi. U o‘zidan keyin boy milliy
meros qoldirgan bo‘lib, arab dunyosida ikkinchi muallim (Muallimi soniy) ya’ni,
ikkinchi Arastu taxallusini olishga ulgurdi. Musulmonlar uni arab siyosiy
fikrining otasi, deb ataydilar.
Siyosiy mutafakkir sifatida Farobiy arab dunyosi va chet ellarda
mashxurlikka erishdi, uning “Fuqarolar siyosati”, “Baxt saodatga erishish
haqida”, “Davlat arbobining hikmatlari” shular sirasiga kiradi. U o‘z faoliyati
davomida ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tizimlashtirdi, ularni birlashtirib, “Fozil
shahar odamlarining qarashlari” asarida yoritib berdi.
Farobiyning siyosiy g‘oyalari yaqqol geosiyosiy harakterga ega edi. U ham
Arastu kabi siyosiy hodisalarni tabiiy sabablar bilan bog‘liq holda ko‘rar edi,
ya’ni siyosat va geografiya bilan doimiy ravishda bog‘liqlikdadir. Kishilik
jamiyati uning tasavvurida – bu “ko‘pchilik odamlarning birlashishlari va bir
joyda yashashlari”, ya’ni geografik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siridadir.
Bunda kishilik jamiyatni butun bir sivilizatsiyani Farobiy alohida xalqlarga
ajratib, ularning bir-biridan farq qilishlarini “uchta tabiiy narsalar: tabiiy xulqi,
tabiiy harakteri va unga asoslangan tabiiy narsaga aloqador bo‘lgan muayyan
xalqning tilini ko‘satib o‘tadi. Demak, til, ya’ni nutq fikrni ifoda etish vositasidir.
Shunday qilib, Farobiy etnogenez asosiga tabiiy sabablarni qo‘yadi
xalqning xulq-atvori, harakteri va tili va ular, Farobiy fikricha, geografik omillar
orqali shakllanadi.
Jamiyat va davlatning shakllanishi va hayotiy faoliyati to‘g‘risida
mushohada qilar ekan, mutaffakkir ushbu masalasini geosiyosiy tomonlarii
yoritib bergan, deyish mumkin.
Farobiy butun bir jamiyatni (davlatni) uch turga: buyuk jamiyat, o‘rta
jamiyat va kichik jamiyatga bo‘lib chiqqan. “buyuk jamiyat barcha xalqlar
yashaydigan makon bo‘lib, ular birlashadilar va bir-birlariga yordam beradilar.
O‘rta jamiyatda bitta xalq yashasa, kichik jamiyat – bu bitta shahar aholisidir.
Inchunun, mutafakkir fikricha, har bir jamiyat avtanom va siyosiy mustaqil
bo‘lishlari mumkin. Va bunda katta imkoniyatlarni (odamlarning ishlari fikrida)
komillik sari ochib berish mumkin. Farobiy fikricha, ulkan komillik shahar
jamoasida amalga oshishi mumkin. Odamlarning bir-birlarini qo‘llab quvvatlashi
asosida birlashib qurgan shaharlar fozildir. Eng yaxshi shahar (Arastu kabi) deb
Farobiy “Jamoaviy shahar”ni hisoblagan, ya’ni bunday shaharda har bir kishi
erkin va o‘z istagicha ish ko‘radi.
Geosiyosat sohasi Ibn Xoldun Abu Zaydning (1332-1406) ijodiy merosidan
sezilarli darajada o‘rin olgan. Uning mashhur tarixiy va siyosiy asari “Katta tarix
yoki hikmatlar kitobi” da arablar, forslar va ularning zamondoshlari tomonidan
o‘rnatilgan o‘lkan miqyosdagi hokimiyat to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Ibn
Xoldun davlat va siyosat hamda geosiyosat to‘g‘risidagi g‘oyalarini
“Muqaddima” deb nomlangan asarida bayon etib bergan “Muqaddima” qomusiy
asar bo‘lib, sezilarli darajada geosiyosiy asoslarga ega. Ushbu asarda yer
haqidagi, uning iqlimiy hududlari, ya’ni planeta xalqlari, ularning tarixi va
madaniyati, tabiat bilan insonning o‘zaro aloqasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga olgan. Birinchi muqaddimadagi “dunyoning inson tomonidan
o‘zlashtirishi” shunday xulosa bilan tugaydi va bunda “dunyoning inson
tomonidan o‘zlashtirilishining mazmuni insonlarning hamkorligidir”. Bunda
hamkorlik, ya’ni inson tomonidan dunyoning o‘zlashtirilishi jarayonida ularning
birlashishi va o‘zaro yordamidir. Bu insoniyatning oddiylikdan sivilizatsiya
tomon taraqqiyot yo‘lidir, u tabiiy va zaruriydir. Jamiyat va davlatda insonlarining
birlashishi “asabiya” asosida kelib chiqadi –bu dastlabki urug‘chilik, yaqinlarga
muhabbat, ularni adolatsizlik va kulfatlardan asrash kabilardan kelib chiqadigan
ijtimoiy munosabatlarning muhim ko‘rinishidir.
Ibn Xoldun ta’limotiga ko‘ra, insonning tabiati bilan bog‘liq ravishda har
qanday jamiyat odamlarning yovuzlik va o‘zaro bir birini qirib tashlashga “tabiiy”
intilishlariga to‘sqinlik qiladigan “tiyib” turuvchi asosga muhtojdir. Davlat
jamiyat a’zolarini birlashtiradi, hamda o‘z fuqarolariga ham, shuningdek tashqi
doirada ham majburlov hokimiyatini amalga oshiradi. “Ichki” hokimiyat
hukmdorning kuchi yordamidafuqarolarni boshqarish, qonunlarni hayotga joriy
etish, davlat ichidagi tartibni ta’minlash, soliqlarni yig‘ish, armiyani
shakllantirishga yordam beruvchi cheksiz hukmronlikdan iborat. Davlatning
“tashqi” oliy hokimiyati uning har qanday boshqa hokimiyatiga yoki majburlovga
itoat etmasligida namoyon bo‘ladi.
Ibn Xoldunning siyosiy ta’limoti musulmon huquqiy nazariyasining
chuqqisi bo‘lib, amalda o‘z taraqqiyotida ko‘p asr davomida to‘xtab qoldi. XVI
asrda boshlarida Usmoniylar imperiyasi tamonidan arab dunyosi katta qismini
bosib olinishini sabab bo‘lgan deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |