6- mavzu: Bo’g`imoyoqlilar tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar. Bo’g`imoyoqlilar tipi, umumiy harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi, Heliseralilar kenja tipi



Download 371 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi371 Kb.
#840702
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza. Bo’g`imoyoqlilar tipi.

Tana bo`g`imlari va bo`limlari. Qisqichbaqasimonlarning tanasi ko`p sonli bo`g`imlardan iborat. Eng tuban tuzilgan ayrim vakillarida tana bo`g`imlari bir xilda, ya`ni gomonom bo`lishi tufayli bosh, ko`krak va qorin bo`limlarini ajratib bo`lmaydi. Ko`pchilik qisqichbaqasimonlarda esa tana bo`g`imlari har xil tuzilgan; tanasi bosh, ko`krak harnda qorin bo`limlariga ajraladi. Har bir bo`g`imda bir juftdan o`simtalajr bo`ladi. O`simtalar oddiy holda ikki shoxli; kelib chiqishiga ko`ra parapodiylarga mos keladi. Ko`p hollarda o`simtalarning faqat bitta shoxi rivojlanadi. Ikki shoxli o`simtalar qisqichbaqasimonlarni boshqa bo`g`imoyoqlilar orasi­da eng tuban tuzilganligini ko`rsatadi. Evolyutsiya jarayonida qisqich- baqasimonlarning tashqi ko`rinishi turli darajada o`zgargan; chunonchi bo`g` imlar soni kamaya borib, ularning geteronomligi ortgan, oyoqlar bir shoxli bo`lib qolgan, ayrim tana bo`limlari birga qo`shilib ketgan. Ko`pchilik vakillarida bosh bilan ko`krak qo`shilib, yaxlit boshko`krakni hosil qiladi. Bosh qismi halqali chuvalchanglarning prostomiumiga mos keladigan akrondan va to`rtta tana bo`g`imlaridan tashkil topgan bo`lib, 5 juft o`simtalarga ega.
Qisqichbaqasimonlarning oyoq o`simtalari soni tana bo`g`imlari sonidan kamroq bo`ladi. Masalan yuksak qisqichbaqasimonlarniig 18 tana bo`g`imlariga 17 juft oyoqlar to`g`ri keladi. Ularning oxirgi telson bo`g`imida oyoq o`simtalari rivojlanmagan. Tuban qisqichbaqasimonlarning qorin bo`g`imlarida oyoq o`simtalari bo`lmaydi. Oyoq o`simtalari halqali chu­valchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan; evolyutsiya davomida yashash muhiti ta`sirida turli vazifalarni bajarishga moslashgan va shu bilan birga shakli va tuzilishi ham o`zgargan. Odatda qisqichbaqasimon­larning ikki shoxli oyoqlari bir necha xil vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, qisqichbaqasimonlar nauplius lichinkalarining oyoqlari harakat­lanish funksiyasi bilan birga sezish va chaynash vazifasini ham bajaradi. Oyoqlari asosida chaynovchi plastinkasi bo`ladi.
Bosh bo`limining o`simtalari besh juftdan ihorat. Birinchi juft o`simtalari antennulalar bosh bo`lagi - akronning o`simtasi hisoblanadi, ular kelib chiqishiga ko`ra halqali chuvalchanglarning palpalariga mos keladi. An- tennullalar odatda bir shoxli bo`ladi; faqat ayrim yuksak qisqichbaqasi­monlar (daryo qisqichbaqasi)da ikkilamchi ravishda ikki shoxli bo`lib qoladi. Antennullalar asosan tuyg`u va hid bilish; ayrim hayvonlar (siklop) da harakatlanish organi vazifasini ham bajaradi.

Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish