6 – ma’ruza. Kattiq o’simlik moylari ishlab chiqarish. Reja



Download 108 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi108 Kb.
#302436
  1   2   3
Bog'liq
6-М1


6 – MA’RUZA. KATTIQ O’SIMLIK MOYLARI ISHLAB CHIQARISH.
Reja: Salomaslarning turlari va sifat ko’rsatkichlari. Gidrogenlashda ishlatiladigan moylar, katalizatorlar va vodorod. Moylarni gidrogenizastiyalashning prinstipial sxemasi.

Qattiq yog’lar sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo’jalik va atir sovunlar, stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo xisoblanadi. Biroq tabiiy qattiq yog’lar miqdori chegaralangan, suyuq o’simlik yog’lari esa ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning uchun suyuq yog’lar gidrogenlanib qattiq xolga keltiriladi. Gidrogenizastiya mahsuloti salomas deyiladi. Xozirgi vaqtda Uzbekistonda 2 ta gidrozavod ishlaydi.

O’simlik yog’larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog’ kislota tarkibiga bog’liq. O’simlik yog’larida ko’p miqdorda to’yinmagan yog’ kislotalar bor (olein, linol va x.k.). Ular bitta yoki bir nechta qo’shbog’ga ega. Gidrogenizastiya jarayonida to’yinmagan kislotalarni to’yinishi bilan birga qo’shbog’larni migrastiyasi va transizomerizastiya sodir bo’ladi, bu esa erish temperaturasi va yog’ qattiqligigi oshiradi.

Gidrogenizastiyada kungaboqar, paxta loviya, raps yog’lari va soapstokdan ajratib olingan yog’ kislotalari ishlatiladi.

Gidrogenizastiya vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning ishlab chiqarish maqsadiga bog’liq. Ishlab chiqariladigan salomaslarning bir necha xil turi bor. O’simlik yog’larini qisman gidrogenizastiya qilish yo’li bilan, erish temperautrasi Tpl-31-340S, qattiqligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo’lgan salomas olinadi, bu salomaslar margarin, kulinar yog’lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish temperaturasi Tpl=35-370S qattiqligi 550-750 g/sm bo’lgan salomaslar olinib, ular konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.

1-gidrozavod 1909 yilda Nijniy-Novgorodda ishga tushirilgan. 1911 yilda Peterburgda, 1917 yilda Ekaterinburgda (Krasnodar) gidrozavodlar qurildi.

Vodorodning gidrogenizastiya jarayonida birikishini shartli ravishda quyidagicha ko’rsatish mumkin.

SN3(SN2)4 SN=SNSN2SN=SN(SN2)7SOON + N2

Linol kislota

 SN3(SN2)7SN=SN(SN2)7SOON + N2  SN3(SN2)7SN-SN2(SN2)7SOON

Olein kislota Stearin kislota

Oddiy sharoitda vodorod to’yinmagan yog’ kislotalarga va birikmaydi. Vodorod yog’ kislotalarga faqatgina katalizator ishtiroqida birikadi.

Gidrogenlash jarayonining tezligi: glisteridlarni gidrogenlash tezligi ulardagi yog’ kislotalari tarkibiga katalizator aktivligi va miqdoriga, sistemadan vodorod o’tkazishning intensivligi va uni yog’da bir tekis tarkalishiga, yog’ni qizdirish temperaturasiga bog’liq.

Katalizator qancha aktiv bo’lsa, gidrogenlash shunchalik tez kechadi. Katalizator miqdorini ko’payishi, reakstiyani tezlashtiradi. Lekin katali-zator yog’ massasidan 0,3-0,4% dan ko’proq olinsa, reakstiya tezligi sezilarli darajada ortmaydi. Temperatura oshishi bilan gidrogenlash tezligi ham oshadi. Sanoatda gidrogenlash 180-2200S temperaturada olib boriladi.

Gidrogenlash temperaturasi katalizator aktivligiga va yog’ tabiatiga bog’liq. Jarayonning borishi va salomas sifati katalizator tabiatiga bog’liq. Cu-Ni katalizator Ni katalizatoriga qaraganda selektivroqdir ya’ni ozuqa salomasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ishlatilgan kattalizator yangi katalizatorga qaraganda selektivliroqdir.

Izokislotalarning hosil bo’lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo’lishi bilan izohlanadi. Izokislotalar xosil bo’lishi salomasning qattiqligini oshiradi. Masalan, stis-olein kislotaning 160S bo’lsa, trans-olein kislotaning (elaidin kislota) erish xarorati 440S.

Izomerizastiya tezligi ham katalizator tabiatiga, temperatura va N2 bosimga bog’liq. Aktiv katalizatorda gidrogenlash tezligi izomerlanish tezligiga qaraganda yuqori. Shuning uchun aktiv katalizatorlarda yumshoq konsistenstiyali salomaslar olinadi.

Yog’larni gidrogenizastiyalash jarayonida katalizatorlar. Yog’larni gidrogeni-zastiya qilish sanoat katalizatorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1) faqatgina gidrogenizastiya jarayonini tezlatish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak va noxush reakstiyalar yuz berishi kerak emas.

2) yuqori aktivlik ishlab chiqarish quvvati va selektivlikga ega bo’lishi kerak.

3) katalizator salomasdagi oson ajralishi kerak.

4) katalizator bahosini arzonligi, xomashyo va materiallarni serobligi.

Yog’larni gidrogenizastiyasida nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek nikel va mis katalizatorlari ham ishlatiladi. Katalizatorlar strukturasiga ko’ra ko’kunsimon va granullangan, qotishma holida bo’ladi. Ko’kunsimon katalizatorlar suspenziya (yog’da) ko’rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki suspenziyalangan deyiladi, zarrachalar kattaligi 15 mkm. Katalizatorlarni yuzasini ko’paytirish uchun metallarni yuzasi g’ovakli bo’lgan materialga cho’ktiriladi. Bu usul bilan olingan katalizatorlar tashuvchili katalizatorlar deyiladi.

Katalizatorlarni olinish usuliga qarab 2ga bo’linadi.

1)cho’ktirilgan

2)qotishmali

Katalizator harakatining mohiyati. K imyoviy reakstiya amalga oshishi uchun molekulalar to’qnashishi kerak, lekin to’qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning energiyasi bog’larni uzib, yangi bog’lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu minimal energiyasi, reakstiyaning energiya aktivligi deyiladi.

Katalizator reakstiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reakstiya qobiliyatli yuzani hosil qiladi. Katalizatorlar reakstiya tezligini 106- 1016 marta tezlashtiradi. Gidrogenizastiya quyidagi bosqichlardan iborat:

1)reakstiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish

2)bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbstiyasi

3)sorbstiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo’lishi.

4)mahsulot molekulalari bog’larining katalizator yuzasidagi sarfi

5)katalizator yuzasidan ularni ajratish

Katalizator yuzasida turli aktivlikka ega bo’lgan adsorbstiya markazlari bor. Bunday adsorbstion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi.

Sanoatda katalizatorni olish uchun konstentrastiyasi 35 g/l bo’lgan Ni : Cu = 3:1 yoki 1:1 nisbatda bo’lgan Ni va Cu sulfat eritmasi tayyorlanadi. Eritmaga 40-450S xaroratda 20-30 % ortiqcha miqdorda sodaning 10 % li eritmasi qo’shiladi.

NiSO4 + Na2CO3 NiCO3 + Na2SO4

CuSO4 + Na2CO3 CuCO3 + Na2SO4

Cho’kmani filtrlab, filtrda soda va sulfatlardan yuviladi. Keyin cho’kmani 1200S temperaturada quritiladi va maydalanadi. Ni – Cu katalizator oson qaytariladi (200-2200S).

Ishqor bilan ishlangandan so’ng, A1ni erishi natijasida, qotishma yuzasi aktiv bo’lib, qoladi. Ishqor bilan yuvilgan qotishma kondensat bilan neytral reakstiyagacha keyin quritiladi, temperatura 1600S gacha ko’tarilib turiladi.


Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish