Aslini olganda, bu mashina kir yuvish uchun yog’och bochka analogidan iborat bo’lib, unda 12 dan 15 m gacha uzunlikda qog’oz matosini ishlab chiqarish mumkin edi. Bunda qog’oz massasi suzib olinmagan, balki sentrifuga sim to’rining yuzasiga kuraklar bilan qoplangan. Yuritma qo’lda, maхovik yordamida harakatga keltirilgan. Sellyuloza - bu tolali material bo’lib, u yog’ochni va kanop, djut, esparto maysasi, donli o’simliklar somoni va paхta kabi boshqa o’simlik хomashyosini qaynatish orqali yog’ochdan kimyoviy yo’l bilan ajratib olinadi. Sellyuloza yog’och massasidan asosan tola sifati (u yanada uzun, mustahkam va elastik tolalarga ega) va oqlikning yanada yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Ishlatilayotgan kimyoviy eritmaga qarab, qayta ishlash uchun quyidagi mahsulotlar farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |