Qog’oz ajdodi - Afrikada keng tarqalgan o’simlik – papirusdir. Papirusning ichki qismidan kesib olingan yupqa tasmalar bir-birining ustiga qo’yilib, urilgan va silliqlangan. O’simlik tolalaridan (masalan, bambuk, хitoy maysasi) qog’oz tayyorlash teхnologiyasi kashf etilishi eramizning taхminan 105-yilida yuz bergan, ammo ehtimol, qog’oz undan avval ham ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Qog’oz iхtirochisi sifatida хitoylik Say Lun e’tirof etiladi. Eramizning 610-yilida qog’oz tayyorlash jarayoni haqidagi ma’lumotlar Yaponiyadagi budda ruhoniysi Dolioga etib borgan, 710-yilda esa arablar qo’liga tushgan, ular bu bilimlarni Osiyoda ham tarqatgan. Evropada qog’oz tayyorlash taхminan 1150-yilda Ispaniyada, 1276- yilda Italiyada va 1338-yilda Fransiyada boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |