6 – LABORATORIYA ISHI
Lentali konveyerning tuzilishini o’rganish va uning asosiy o’lchamlarini aniqlash
I. Ishning maqsadi
Ishdan maqsad, lentali konveyerlarning umumiy tuzilishi, asosiy qismlari va elementlarining tuzilishini o‘rganish, hamda konveyerning asosiy parametrlari - lentaning harakat tezligi, lentadagi tashilayotgan yukning ko‘ndalang kesim yuzasi, lentaning kengligi va konveyerning ish unumdorligini aniqlashdir.
2. Qisqacha nazariy ma’lumot
Ko‘mir va ruda konlarida, lentali konveyerlar, hozirgi vaqtda uzluksiz transport vositalarining asosiy turi hisoblanadi. Lentali konveyerlar, asosan foydali qazilmalar qazib chiqarayotgan uchastkaning, oraliq va yig‘uv shtreklarida, qiyalik va bremsberglarda, hamda qiya stvollarda (bunday konveyerlar silliq tasma bilan ta’minlangan bo‘ladi, qiyalik burchaklari, oddiy ko‘mir tashilayotganda 18° gacha burchak bilan chegaralanadi) ko‘mir tashish uchun qo‘llaniladi.
Lentali konveyerlar ko‘proq magistral shtreklarda qo‘llananib kelmoqda, bu esa, stvololni yer osti yo‘llarigacha yoki ba’zi hollarda kon yuqorisigacha to‘la konveyerlashtirishga imkon yaratmoqda.
Lentali konveyerlarning asosiy qismlariga: bir vaqtning o‘zida yuk ko‘taruvchi va tortuvchi vazifasini bajaruvchi lenta, lentaning yurituvchi va taranglovchi qismi; lentani ushlab turuvchi roliklar va ularning tayanch qismlari kiradi.
Yer osti lentali konveyerlarning yangi, iqtisodiy jihatdan ustun keladigan xillari ishlab chiqarilganligi, ularning alohida tarmoqlari, o‘zining tuzilishini yangi bosqichga ko‘tardi va ulardan foydali qazilmalarni qazib chiqarishda keng qo‘llaniladigan bo‘ldi.
Yangi konveyer xillarining qatoriga lentalarning kengligi 500, 800, 1000, 1200, 1600, 2000 mm bo‘lgan konveyerlar kiritildi.
Yer osti lentali konveyer yangi xillarining ko‘mir konlaridagi ish unumdorligi lentaning kengligi 600 mm, tezligi 1,6 m/sek bo‘lganda 270 t/soat, lentaning kengligi 1600 mm va tezligi 3,15 m/sek bo‘lganda 2300 t/soat tashkil etadi.
Turli xildagi lentali konveyerlarning uzunligi 200 m dan 3500 m gacha bo’ladi.
Lentali turg‘un konveyerlarning yurituvchi barabanlari va lentani taranglab turuvchi barabanlarining diametrlari quyidagi nisbatda qabul qilinadi:
, mm (1)
, mm (2)
bu yerda i - lenta qatlamlarining soni
Lentali konveyerlarning soatlik texnik unumdorligi quyidagi ifoda orqali topiladi:
Qkt = 3600·F·v·kz , t/soat
bu yerda Qkt - konveyerning soatlik texnik unumdorligi, m3;
F - lentadagi yukning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2
F = m2; B-lenta eni, m; – rolik tayanchlari konstruktsiyasi va to’kma yukning qiyalik burchagini inobatga oluvchi koeffitsient; Kп – konveyerning ko’tarilish burchagiga bog’liq koeffitsient.
Konveyerning qiyalik burchagi,
град. до 10 12 14 16 18 20
Kп 1 0,98 0,96 0,94 0,92 0,9
Jadval 5.9. Параметры сечения груза на конвейерной ленте
Показатели
|
Плоская лента
|
Лотковая лента на опорах
|
трехроликовых
|
четырехроликовых
|
пятироликовых
|
Угол откоса насыпного груза 15º
|
Угол наклона боковых роликов, град
|
-
|
20
|
30
|
36
|
18 и 54
|
18 и 54
|
Kпр
|
240
|
470
|
550
|
585
|
650
|
600
|
Угол откоса насыпного груза 20º
|
Угол наклона боковых роликов, град
|
-
|
20
|
30
|
36
|
18 и 54
|
18 и 54
|
Kпр
|
325
|
550
|
625
|
655
|
715
|
675
|
v - lentaning harakat tezligi, m/sek; v=1 m/s; ; kz = 0,8–1 – lentaning yuklanish koeffitsienti;
Lentaning harakat tezlik qiymati quyidagicha aniqlanadi ,
, m/s (3)
bu yerda D - yurituvchi barabanning diametri, m;
N - yurituvchi barabanning aylanish soni, ayl/daq.
(4)
bu yerda Ndv - dvigatelning bir daqiqadagi aylanish soni.
ium - dvigateldan yurituvchi barabangacha umumiy uzatish nisbati.
Umumiy harakat uzatish nisbatining qiymati ium, reduktorning kinematik tasviri va uning tishli g‘ildiraklarining o‘lchamlari (diametri yoki tishlar soni) orqali topiladi.
Ish unumdorligi ma’lum bo‘lgan holda konveyer lentasining eni quyidagi ifoda orqali tekshiriladi.
, m (5)
bu yerda Kn - lentaning unumdorlik koeffitsienti; ikki rolikli tarnovsimon bukilgan lenta uchun, roliklarning qiyalik burchagi va to‘kma yukning qiyalik burchagi bo‘lganda Kn=615.
Do'stlaringiz bilan baham: |