Nazorat savollari
Xabar brokerlari
Taqsimlangan tizim arxitekturalari
Tizim administratori
Adabiyotlar
1. Tanenbaum E., Van Steen M. Raspredelennыe sistemы. – SPb.: Piter, 2003.
2. YAkobovskiy M.V. Raspredelennыe sistemы i seti. Uchebnoe posobie. - M.: MGTU "Stankin", 2000.
3. WeijiaJia, Wanlei Zhou, “Distributed Network Systems-From Concepts to Implementations”, Springer publication, 2004.
10 – Amaliy mashg’ulot. UBUNTU OPERATSION TIZIMIDA TAQSIMLANGAN TIZIMLAR.
Reja
Taqsimlangan tizim barqaror xisoblash arxitekturasi
Tizim komonentalari
Foydalanuvchilar so‘rovlarini bajarilishini yaxshilash uchun Taqsimlangan tizim TAT (taqsimlangan axborot tizimlari) ning tizimli xususiyatlari hisoblangan bir necha talablarga javob berishi lozim bo‘ladi. Quyida taqsimlangan tizim javob berishi kerak bo‘lgan talablani keltirishimiz mumkin: [1].
Tiniqlik yoki Aniqlik
Oshkoralik
Kengqamrovlilik
Ma’lumotning butunligi
CHidamlilik
Xavfsizlik
Jarayonlar va resurslarning jismonan rogubyf kompyuterlarga taqsimlanganlik omilini yashirish taqsimlangan tizimlarning muxim vazifasi bo‘lib hisoblanadi. YAgona kompyuter tizimi sifatida ilovalarda keltirilgan va foydalanuvchilarga taklif qilingan taqsimlangan tizimlar aniq deb ataladi (transparent). Aniqlik konsepsiyalarini taqsimlangan tizimning turli aspektlarida qo‘llanilishini 3.1-jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
Ulanishning aniqligi (access transparency) ma’lumotlarni daqdim qilish farqlarini va resurslarga foydalanuvchilarning kirish yo‘llarini yashirishga mo‘ljallangan. SHunday qilib, butun sonlarni uzatayotganda agar ishchi stansiya Intel protsessori asosida qurilgan bo‘lsa, unda u sonlar bilan “kichigi-oxirida” (ya’ni, birinchi bo‘lib katta bayt uzatiladi) tizimi asosida ishlashiga, agar ishchi stansiya Sun SPARC protsessori asosida ishlasa, u sonlarni «kattasi-oxirida» (ya’ni, birinchi bo‘lib kichik bayt uzatiladi) tizimi asosida ishlashini e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Ma’lumotlarda boshqa nomuvofiqliklar ham uchrashi mumkin. Masalan,taqsimlangan tizim fayllarning nomlarini taqdim qilish usulida o‘ziga xos cheklovlarga ega turli operatsion tizimli kompyuterlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Fayl nomlarini taqdim qilish usullaridagi cheklovlar o‘rtasidagi farqni fayllar bilan ishlash kabi ilova va foydalanuvchilardan yashirish lozim.
Oshkoralik - taqsimlangan tizim ichidagi o‘zaro aloqador(bog‘langan) komponentlarning barcha protokollari mukammal holda ommabop standartlarga asoslangan bo‘lishi lozim.
Ochiq taqsimlangan tizimlarning keyingi muhim jihati – bu ... Uzgaruvchanlik deganda xar xil qurilmalardan tizimni tuzishning engilligi, qurilmalar xar xil ishlabchiqaruvchidan bulishi xam mumkin. Tizimga yangi qurilmalarni kiritish yoki mavjudini o‘zgartirish xech qanday qiyinchilik keltirib chiqarmasligi kerak, bunda boshqa o‘zgartirishlar kiritilmagan qurilmalar o‘zgarishlarsiz ishlab turishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, ochiq taqsimlangan tizimlar kengayuvchan bulishi kerak.
Xisoblash tizimlarining masshtabliligi bir nechta aspekti mavud. Ulardan eng muhimi – tizimning ishlabchiqarishini ko‘tarish uchun taqsimlangan tarmoqqa yangi kompyuterlar qo‘sha olish imkoni, bu tizim serveridagi yuklanishni taqsimlash(load balancing) tushinchasiga bog‘liq. Mijozlardan kelayotgan so‘rovlarga xizmat ko‘rsatayotgan serverlarning resurslarini samarali taqsimlash xam masshtablilikka kiradi.
Agar foydalanuvchilar yoki resurslar sonini ko‘paytirishga zarurat paydo bo‘lsa, ko‘pincha xizmatlar, ma’lumotlar va algoritmlarning markazlashishiga bog‘liq cheklanishlarga to‘qnash kelinadi (jad. 3.2).
Afsuski, ba’zi-ba’zida birgina serverdan foydalanishga majbur bo‘linadi. Bunday xolatlarda xizmatlarni bitta serverda mujasamlashtirib, uni yaxshi ximoyalangan xonada, tarmoqning boshqa qurilmalaridan maxsus qurilmalar orqali ajratish lozim. Ishlash tezligini oshirish maqsadida serverdagi ma’lumotlarni nusxasini boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish gap xam bo‘lishi mumkin emas, bu xizmatni yomon niyatli xujumlarga nisbatan ximoyasini susaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |