Nazorat savollari
RPC modeli
Xabar navbati modeli
RMI modeli
Adabiyotlar
1. Tanenbaum E., Van Steen M. Raspredelennыe sistemы. – SPb.: Piter, 2003.
2. YAkobovskiy M.V. Raspredelennыe sistemы i seti. Uchebnoe posobie. - M.: MGTU "Stankin", 2000.
3. WeijiaJia, Wanlei Zhou, “Distributed Network Systems-From Concepts to Implementations”, Springer publication, 2004.
4. S. Krakowiak, “Middleware Architecture with Patterns and Frameworks”, http://creativecommons.org/licenses/by
5. G.Coulouris, J.Dollimore, T.Kindberg, “Distributed Sysytems: Concepts and Design”, Addison
6. Behrouz A. Forouzen. “Data communication and networking”, Mc Graw-Hill Springer, New York 2010.
7. 3 Stallings, William. Data and Computer Communications, 8th ed. Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall, 2010.
8. 4 Sommervill, Ian. Injeneriya programmnogo obespecheniya, 6-e izdanie. : Per. s angl. — M. :ID "Vilyams", 2002.
8 – Amaliy mashg’ulot. MA’LUMOTLARNI TAQSIMLANGAN QAYTA ISHLANISHI.
Reja
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi
Klient server arxitkturasi
Bugungi kunda "klient-server" arxitekturasi asosida qaratilgan, ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydigan ko‘plab ilovalarni, internet xizmatlari dasturlarini, veb brauzerlarni ko‘plab sanab o‘tish mumkin. Ularda server sifatida foydalanuvchilarga tarmoq va xizmatlar resurslariga kirishga imkon beruvchi komponentlar interfeyslari va klientlarningso‘rovlarini qayta ishlovchi MBBT (ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) qo‘llaniladi.
Hisoblash tarmoqlarida bitta xizmatni ta’minlash uchun ko‘plab serverlar qo‘llaniladi. Bu jarayonni tashkil etilishini tushuntirish uchun xizmat ko‘rsatish modeli io‘shlab chiqilgan(1.4-rasm). Xizmat ko‘rsatish modeli(yagona xizmat uchun ko‘plab serverlar) shuni tavsiflaydiki, bunda klientlarga bir vaqtda yagona hizmatni taqdim etish uchun bir necha serverlar va serverlar guruxi tashkillashtiriladi. Bunda xizmat ko‘rsatish klient server modeli asosida tashkillashtiriladi, lekin serverlarning o‘zaro aloqasi va xizmat ko‘rsatish jarayoni murakkab tuzilishga ega bo‘ladi. Misol uchun e-mail, facebook kabi sotsial tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish serverlari klient server modeli asosida ishlaydi, dunyoning turli nuqtalaridan bir vaqtda bo‘ladigan so‘rovlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun virtual bog‘langan, taqsimlangan, yuqori o‘tkazuvchanlikka ega minglab serverlar murakkab arxitekturada o‘zaro bog‘langan. Ular bir biriga bog‘liq bo‘lmagan holda xizmat ko‘rsatish imkoniga ega. Bu esa biror xizmatni taqdim etuvchi biror serverda va komponentlarda rad etish yuzaga kelganda to‘xtovsiz hizmatni ta’minlash imkonini beradi. Demak, har bir xizmat bir vaqtda bir necha o‘zaro bog‘langan va taqsimlangan serverlarda realizatsiya qilinadi va taqdim etiladi. Klientlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish uchun barcha serverlarni to‘xtatish kerak bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu servis modeli, tarmoqda serverlarga yuqori yuklama tushganda katta samara beradi, ya’ni, serverlar tizimiga kelib tushadigan yuklamani balanslash imkonini beradi.
1.4-rasm. Xizmat ko‘rsatish serverlari modeli
SHunday qilib, klient-server arxitekturasi asosidagi ushbu model xizmat ko‘rsatish tizimlarning ishlash samaradorligini va rad etishlarga bardoshliligini oshiradi. SHuningdek, ushbu arxitektura bir qator kamchiliklarga ega.
P2P(Peer to Peer) arxitekturasi
Taqsimlangan tizimlarni qurishda qo‘llaniluvchi keyingi asosiy arxitektura R2R arxitekturasi hisoblanadi. Bunday arxitektura asosida yaratilgan ilovalar klient va server modullariga aniq ajratilmaydi, uning barcha qismlari bir xil xuquqga ega bo‘ladi va ixtiyoriy tugunda amalga oshirilishi mumkin.
1.3 - rasm. P2P Arxitekturasi
SHunday qilib, aynan bitta tugunda bir vaqtning o‘zida turli qismlarda bajariladigan ham server funksiyasi, ya’ni, so‘rovlar xizmat ko‘rsatish, va klient funksiyasi, xizmatlarga ulanish, so‘rov jo‘natish vazifalari bajariladi. Bunda ilovalar shunday joylashishi mumkinki, so‘rov jo‘natgan qism javobni yuboradigan tizim qismi qaerda joylashganini bilishi shart emas. Bunday usulda qurilgan ilovalar noyob xususiyatga ega bo‘lib, ularning qismlari bir-birlari bilan va ular joylashgan tugunlar bilan xech qanday bog‘lanmagan bo‘ladi. SHu sababli, tugunda joylashgan modul tarkibi ilovalar ishga tushganda o‘zgarishi mumkin. Bu esa tizimlarga tushadigan yuklamalarni juda optimal tarzda taqsimlashni tashkillashtirish imkonini beradi, shuningdek, yuqori darajada kengayuvchanlik va rad etishlarga bardoshlilikni ta’minlaydi. Bunday arxitektura murakkab hisoblash masalalarini amalga oshirish uchun parallel xisoblash tizimlarida faol ishlatiladi. Masalan, MPI texnologiyasi asosida yaratilgan ilovalar bir vaqtda bir necha tugunlarda yuklanadi va bir vaqtda xizmat ko‘rsatish va xizmatlarga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. P2P arxitekturasi asosida yaratilgan tizimlarda bo‘ladigan jarayonlarning jamlanmasi ma’lum bir masalani echishga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimlarni tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |