Kirishuvchanlik (imkoniylik ? ulanish Dostupnost(availability)) tizim yoki xizmatning ishlashga layoqatli holda bo‘ladigan vaqt oralig‘ini ifodalaydi.
Ulanish uzoq muddatli statistik ko‘rsatkich hisoblanadi, shuning uchun kun, oy yoki yil kabi katta oraliqli muddatlarda o‘lchanadi. YUqori ulanuvchanlikka misol qilib telefon tarmog‘larining kommunikatsiya qurilmalarini olishimiz mumkin, ular “besh to‘qqizlik” deb nomlanuvchi ulanuvchanlikka ega. Bunda ulanuvchanlik 0.99999 ga teng bo‘ladi, ya’ni kutishlar (kutib qolishlar) yiliga 5 minutni tashkil qiladi. Ma’lumot uzatish qurilma va xizmatlari bunday natijaga erishish harakatida, ammo hozirgi kunda “uch to‘qqiz” natijasi ado etib bo‘lindi.. Ulanish xizmati universal xususiyat bo‘lib, undan foydalanuvchilar ham, etkazib beruvchilar ham birdek foydalanishadi.
Nazorat savollari 1.O‘tkazuvchanlikni tushuntirib bering
2.TT larda qayta yo‘naltirish
3.Kirishuvchanlik
11 - Amaliy mashg’ulot. UNIX OPERATSION TIZIMIDA TAQSIMLANGAN TIZIMLAR.
Ishdan maqsad: ERP kontseptsiyasiga asosan biznes boshqaruv axborot tizimlarini loyihalashtirishni o'rganish.
Nazariy qism:
ERP tizimlarini qayta ishlash, tashkilotlardagi boshqaruv va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
ERP tizimlari (Enterprise Resource Planning System) – bu kompaniya resurslarini boshqaruv tizimlaridir. Bu tizimlar kompaniyaning barcha bo`linmalarini va uning zarur funksiyalarini yagona kompyuter tizimida birlashtirish uchun joriy etiladi. Bunda u kompaniyaning bo`linmalari joriy ehtiyojlarini qondirishga xizmat ko`rsatadi.
ERP tizimi barcha bo`linmalar va vazifalar bo`yicha yagona axborotlar bazasini yuritadi, shuning uchun axborotdan foydalanish osonlashadi va eng asosiysi bo`linmalarda axborot almashish imkoniyati yaratiladi.
Tashkilotga ERP tizimini joriy etish ma`lumotlarning ishonchlilik darajasining yuqoriligini, zarur axborotni olishda tezkorlikni, barcha bo`linmalarda bir xil ma`lumotdan foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi. Shu bilan birga tizimda axborotni ruxsatsiz olish va chiqib ketmasligini ta’minlash ishonchli himoya darajasini qo`llash orqali amalga oshiriladi. ERP tizimida barcha asosiy va yordamchi biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi, shu jumladan moliyaviy hisobot va distributsiya, ishlab chiqarish va logistika, kadrlar bilan ishlash hamda mijozlar bilan o`zaro munosabatni boshqarish kabi jarayonlardir. Yaratilgan boshqaruv tizimi kompaniyaning daromad olish darajasini va uning bozordagi o`rnini oshiradi.
ERP tizimi tashkilotga yoki tashkilotlar guruhiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• yagona axborot makonini yaratish;
• faoliyatning asosiy ko`rsatkichlarini oshirish;
• boshqaruv tizimini tizimlashtirish va takomillashtirish;
• boshqaruv samaradorligini oshirish;
• o`z faoliyati to`g`risida ma’lumotlarni olishda ishonchlilikni va tezkorlikni oshirish;
• hisobotlarni o`z vaqtida va sifatli olishni takomillashtirish;
• kompaniyaning asosiy biznes-jarayonlarini samaradorligini oshirish.
Katta tashkiliy tuzilmaga ega tashkilot va idoralar uchun UZINFOCOM Markazi tashkilotning ko`p sonli va tarqoq filiallarini yagona axborot muhitiga birlashtirish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishni taklif etadi.
Bizning Markazimiz mutaxassislari MS SharePoint Portal Server platformasida jamoaviy axborot tizimlarini joriy etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Loyiha o`z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
• Buyurtmachi-tashkilot talablarini o`rganish va tahlil qilish
• Portalni loyihalashtirish va uning prototipini yaratish
• Dasturiy ta’minotni o`rnatish va sozlash
• Joriy etish va o`rgatish
• Texnik qo`llab-quvvatlash.
Bunday axborot tizimlarini joriy etish natijasida, tashkilotda asosiy ish jarayonlaridagi samaradorlik ortib boradi.
Bugungi kunga kelib Markaz tomonidan qator axborot tizimlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan:
Davomatni nazorat qilish axborot tizimini joriy etish orqali tashkilotingizdagi xodimlarning mexnat intizomi monitoringini yuritib borish va tashkilotingizga ruxsatsiz kirishlarni cheklash kabi keng ko`lamli imkoniyatlarni yaratishingiz mumkin. Mazkur tizim hozirda UZINFOCOM markazida joriy etilgan bo`lib, boshqa tashkilotlarda ham joriy etish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.
MS SharePoint asosida jamoaviy portal – u tashkilotda yangi ish muhitini shakllantiradi, natijada axborotni tezkor qabul qilish va qayta ishlash, qo`yilgan vazifalarni ijrosini nazoratga olish, hujjatlarni elektron ko`rinishda kelishish, to`g`ri qarorni qabul qilish uchun kerakli hisobotlarni va tahliliy ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratadi. Portal UZINFOCOM Markazida bir necha yil oldin joriy etilgan va uni boshqa tashkilotlarga ham o`rnatish maqsadida sinovdan o`tkazilgan.
"Aloqa" Axborot tizimlari kompleksi – uning doirasida «Telefon aloqasi», “Pochta aloqasi» va “Aloqa va ma'lumot uzatish tarmoqlarini boshqarish» tizimostilari yaratildi. Mazkur tizimlar yordamida telefon aloqasi, pochta aloqasi va aloqa tarmoqlari hamda ma’lumotlarni uzatish bo`yicha axborotlar jamlanadi va ularni foydalanuvchilarga faoliyat doirasida qo`llash, shu jumladan, bu yo`nalishlar bo`yicha asosiy ko`rsatkichlarni monitoring va tahlilini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Hozirgi kunda Axborot tizimlari kompleksi “O`zbekiston pochtasi» OAJning, “O`zbektelekom» AK ва O`z TTBRMning barcha bo`linmalarida joriy etilgan.
“Mahalla» axborot tizimlari kompleksi – mahalliy o`z-o`zini boshqarish muassasalari va ular faoliyatlari to`g`risida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, tizimlashtirish va saqlash uchun “Fuqarolar yig`ini» axborot tizimi yaratildi.
EMMM axborot tizimi – EMMM markaziy apparati va filiallarida electron hujjat aylanish tizimini joriy etish.
O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo`mitasi axborot tizimini –axborot tizimining asosoiy vazifalari bo`lib ishyuritish va hujjat aylanish jarayonlarini hamda o`zaroaloqa shakllarini standartlashtirish va unifikatsiya qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni bartaraf etish hisoblandi.
Davlat statistika qo`mitasi axborot tizimi. Bu loyiha doirasida 5 ta tizim ishlab chiqilgan:
• Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlarning ma’lumotlar bazasini boshqarish bo`yich maxsus dasturlar kompleksi (ONLINE – yechim)
• Internet tarmog`i orqali statistika hisobotlarini yig`ish tizimi (ONLINE – yechim)
• Tashkilotlar va muassasalarining yagona davlat registrini boshqarish va firma nomlarini taqdim etish tizimi (ONLINE – yechim)
• Elektron hujjat aylanish tizimi
• Rasmiy veb-sayt orqali ststistik ma’lumotlarni taqdim etish bo`yicha interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tizim