15. Dinamometr asbobi nimani o’lchaydi ?
A) kuchni B) tezlanishni C) vaqtni D) temperaturani
16. Necha ̊ C temperaturada 1 litr sof suv massasi 1 kg ga teng deb olinadi ? _____
17. Qiya novning uzunligi 0,6 m. Massasi 0,05 kg bo’lgan metall sharcha novning yuqori uchidan qo’yib yuborilganda 1 s da quyi uchiga kelib tushdi. SHarchani harakatga keltiruvchi kuch nimaga teng ( N ) ? __________________________
18. Nyutonning II- qonuni formulasini yozing. _______________________
19. Nyutonning qaysi qonuni aks ta’sir qonuni deb ham ataladi ? _____________
20. Jismning inertlik xossasini qaysi kattalik tavsiflaydi ? _____________________
Javoblar:
№
|
|
№
|
|
№
|
|
1
|
B
|
8
|
B
|
15
|
A
|
2
|
A
|
9
|
D
|
16
|
4 °C
|
3
|
D
|
10
|
A
|
17
|
0,06 N
|
4
|
A
|
11
|
C
|
18
|
a=F/m
|
5
|
C
|
12
|
C
|
19
|
Uchinchi qonun
|
6
|
A
|
13
|
D
|
20
|
massa
|
7
|
D
|
14
|
C
|
|
|
5 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Dinamika asoslari
Nazorat shakli: Yozma ish
I – variant
1. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. Agar u shatakka olish paytida 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlansa, tros qanchaga uzayadi ?
2. Bir – biridan 1 km masofada turgan 10 000 t va 12 000 t massali yuk kemalari orasida qanday tortish kuchi hosil bo’ladi ?
3. Lift ma’lum muddat 1,2 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilishi ma’lum bo’lsa, uning kabinasidagi massasi 80 kg bo’lgan odamning og’irligi shu paytda qanchaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
Javoblar: 1) Δl=1 sm 2) F=0,008 N 3) P=880 N
II – variant
1. Massalari 400 t va 900 t bo’lgan ikki osmon jismi ( meteorit ) orasidagi masofa 3600 km bo’lsa, ular bir – birini qanday kuch bilan tortadi ?
2. Parashyutda sakragan sportchining massasi 100 kg ga teng bo’lib, 4,3 m/s2 tezlanish bilan Yerga yaqinlashmoqda. Uning og’irligi nimaga teng ? Erkin tushish tezlanishi g=9,8 m/s2.
3. Jism aloqa minorasidan gorizontal yo’nalishda 20 m/s tezlik bilan otildi va minora asosidan 100 m masofaga borib tushdi. Jismning harakatlanish vaqtini va minora balandligini hisoblang. Erkin tushish tezlanishi g=10 m/s2.
Javoblar: 1) F=0,18·10-5 N 2) P=550 N 3) t=5 s h=125 m
III – variant٭
1. Oy va Quyosh orasidagi masofa 149,3 million km bo'lgan hol uchun ular orasidagi tortishish kuchini hisoblang. Oyning massasini 7,3·1022 kg, Quyoshning massasini 2·1030 kg deb oling.
2. Massasi 1,2 t bo’lgan avtomobil qavariqlik radiusi 40 m bo’lgan ko’prikdan 36 km/soat tezlik bilan o’tayotganda, uning og’irligi nimaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi
g=10 m/s2.
3. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. U shatakka olish paytida joyidan qo’zg’alib tezligini 10 s da 36 km/soat gacha oshirsa, tros qanchaga uzayadi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |