- Sterilizatsiya deb mikroorganizmlarning sporali va veg- etativ shakllaridan butunlay xalos bo‘lishga aytiladi. Sterilizatsiya qilishni bir necha usullari bor. l)spirt lampasi yoki gaz gorelkasida cho‘g‘lantirib sterilizatsiya qilish; Bu usul bilan bakteriologik halqa, buyum oynachalari, pinsetlar va boshqa metall va shisha idishlar sterillanadi. 2) Qaynatish yoii bilan sterillash. Bu usul 20-30 daqiqa davomida maxsus metal steriliza- torliklarda amalga oshiriladi. Bunda shpritslar, mayda jarrohlik asboblari, shisha buyumlari qaynatib sterillanadi. Qaynatilayotgan suvga 1-2% li bikirbonat nartiy eritmasi qo‘shiladi bu esa sterilizatsiya qilinayotgan buyumlarni yaxshi tozalaydi va qaynash haroratini oshiradi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, usul to‘liq sterillash imkonini bermaydi, ya’ni sporali bakteriyalar va ayrim viruslar yashash qobiliyatini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |