5A610301 –Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha ) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahba
dissertatsiya
2.3. Turizm sohasida transport xizmatlarini tashkil etish va boshqarish. Turizm industriyasi ishlab chiqadigan turistik mahsulot, xizmatlar va tovarlarning tarkibi ancha katta va rang-barang majmuani o‘z ichiga qamrab oladi. Bu mahsulotdan kishilar sayohat qilishda, shuningdek, turizm doirasida dam olish, xordiq chiqarish, davolanish, o‘z bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda turistik mahsulotning asosiy tarkibiy qismiga kiruvchi transport xizmatlari jami xizmatlarning 27 % ini tashkil qiladi. Yo‘lovchilarni, shu jumladan, turistlarni tashish har xil transport turlarida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jo‘g‘rofiy o‘rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» - xalq xo‘jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yo‘lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o‘zgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi. O‘tkazilgan islohotlar O‘zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi. Shuningdek, Respublika aeroportlarida sifat menejmenti tizimi joriy etilib, sertifikatlar bilan tasdiqlangan. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega. U o‘z faoliyati davomida bir necha marotaba nufuzli mukofotlar : faol ishlari uchun «Yevromarket – 2000» sovrini, Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi mukofotlariga sazovar bo‘ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport faoliyat yuritmoqda, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urgan aeroportlari va boshqalar. «TOSHKENT» xalqaro aeroporti. Poytaxtning «Toshkent»aeroporti so‘zsiz yetakchi aeroportdir. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda, geografik jihatdan juda qulay, yani MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerikaga havo trassalarining kesishgan nuqtasida joylashgan. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha katta shaharlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘langan. U IKAOning ikkinchi kategoryasiga ega bo‘lib, turli rusumdagi samolyotlarni qabul qiladi. Aeroport soatiga 1000 nafar yo‘lovchini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Har yil uning xizmatidan 2 milliondan ortiq yo‘lovchi foydalanadi. Bundan tashqari, aerovokzalda tranzit yo‘lovchilar uchun alohida terminal va xizmat ko‘rsatish shahobchalari ham mavjud. Shahar transportining qulay yo‘nalishlari ham yo‘lovchilarni poytaxtning istalgan joyiga olib boradi. Aerovokzal binosida O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun: - barcha qulayliklarga ega keng va yorug‘ kutish zallari; -tunu-kun ishlaydigan pasport, bojxona, chegara xizmatlari; -ma’lumotlar xizmati; -bagaj jo‘natishning yangi konveyr tizimi; -xalqaro telefon aloqasi; -bilet sotish va bronlashtirish kassalari; -Duty-Free savdo shahobchasi; -restoran, bar, «bir zumda» ovqatlanish punktlari; -valyuta almashtirish shahobchalari; -VIP zali (yuqori martabali kishilarga xizmat ko‘rsatish); -CIP zali (yuqori qulayliklarga ega) joylashgan. -Mahalliy yo‘nalishlar terminali binosi ham barcha qulayliklarga ega. Bu yerdan siz respublikamiz shaharlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva hamda boshqa viloyat markazlariga borishingiz mumkin. Mamlakatimizning bosh aeroporti dunyoning 30dan ortiq aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatayapti. Bu yerda har kuni o‘nlab bortlar yonilg‘i bilan ta’minlanadi. «Toshkent aeroportini rivojlantirish istiqbolli rejasi»da uni mintaqalararo yo‘lovchi, yuk tashuvlari amalga oshiruvchi xalqaro markazga aylantirish mo‘ljallangan. «SAMARQAND» xalqaro aeroporti. Samarqand shahri nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda mashhur sayyohlik markazidir. Zamonaviy RJ-45 havo kemasi 45 daqiqada sayyohlarni poytaxtdan qadimiy shaharga yetkazib keladi. Hozirgi kunda «Samarqand» xalqaro aeroporti xalqaro tranzit yo‘nalishlar uchun muhim bo‘g‘inlardan biriga aylanayapti. U qayta ta’mirlangandan so‘ng, IKAOning birinchi kategoriyasiga ega bo‘lgan aeroport hisoblanib, g‘arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi laynerlarni hamda sharqiy havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aeroport soatiga 400 yo‘lovchini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol va Qozon shaharlari bilan havo aloqalari ham o‘rnatilgan. Bu yerga Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan charter qatnovlar amalga oshiriladi. Aeroport xalqaro tashuvlarni amalga oshirgani uchun «Gabriel» va «Sita» bronlashtirish tizimiga kiritilgan. «BUXORO» xalqaro aeroporti 1997-yilda ishga tushirilib, xalqaro maqomga 1999-yilda erishgan, soatiga 150 yo‘lovchini qabul qiladi va xizmat ko‘rsatadi. Unda keng kutish maydoni, bufetlar, do‘konlar, tibbiyot punkti, yuklarni saqlash xonasi, milliy an’analarda bezatilgan VIP va CIP - maydonlari mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga, shuning MDH mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin. «MDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi aeroporti» unvoni tashuvlar hajmi borasida 2012-yilda besh yuz ming nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan «Buxoro» xalqaro aeroportiga topshirildi. «URGANCH» xalqaro aeroporti. Fuqaro aviatsiyasi «Aeroport» Assotsiatsiyasining «MDH davlatlari bo‘yicha yilning eng yaxshi aeroporti» tanlovida 2012-yilda «Ishlab chiqarishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. «Urganch» xalqaro aeroporti soatiga 300 nafar mijozga xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi, barcha qulayliklarga ega yo‘lovchilar uchib kelish zali foydalanishga topshirilgan. Unda kutish maydoni, tibbiyot punkti, barlar, kafe, valyuta ayirboshlash shahobchasi, suvenirlar do‘koni mavjud. Aeroportdan Toshkent, Moskva shaharlariga va dunyoning boshka mamlakatlariga uchib borish mumkin. «NAVOIY» xalqaro aeroporti. «Navoiy» xalqaro aeroporti 1962-yilda barpo etilib, 2007-yilda qayta modernizatsiya qilinib ta’mirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabr kunidagi PF-4059-sonli «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan hududda sanoat sohasini rivojlantirish, zamonaviy va yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni ishga tushirish maqsadida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan. Navoiy viloyati, xususan, Navoiy shahrining ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorij sarmoyasini jalb qilishda muhim omil bo‘layotir. Navoiy shahri xalqaro ayeroporti hududida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilishi jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. 2008-yil «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «Korean Air» aviakompaniyalari bilan hamkorlikda Navoiy aeroporti konsalting xizmatini taqdim etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hozirgi kunda aeroport yuk tashishlar bilan birgalikda yo‘lovchilarni ham tashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy aerovokzal,VIP–yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali, ona va bola xonasi, bufet, tibbiyot punkti, aloqa va transport xizmatlari mavjud. Turistlarni temiryo‘l transportida tashish. Temiryo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida xollarda temiryo‘l transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Turistlarni temiryo‘lda tashish turizm transport ta’minotining samarali vositasi hisoblanadi. Sayohatning yuqori shinamligi, yuqori tezlik va maqbul narxlarda turistlar guruhini ixcham joylashtirish bu transport turini kichik va o‘rta masofalarga harakatlanishda raqobatbardoshligini oshiradi. Temiryo‘l transportidan ichki va chegara yaqinida sayru tomosha, ekskursion safarlar va dam olish kunlarini tashkil etishda ko‘proq foydalaniladi. O‘tgan davr mobaynida minglab kilometr yangi temir yo‘l liniyalari barpo etildi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlarida «Registon», «Sharq» va «Nasaf» tezyurar poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent markaziy temir yo‘l vokzali va boshqa shaharlarimizdagi vokzallar qayta rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi, yangilari barpo yetildi. Xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati zamon talablari darajasiga ko‘tarildi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlari qatnovini tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil Ispaniya Qirolligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida boshlab yuborildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanib, Ispaniyadan yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlarini sotib olishga kelishib olindi. Bundan tashqari yaqinda esa yurtimizdagi xorijiy hamda mahalliy sayyohlar uchun mo‘ljallangan «Afsona» poyezdi «Toshkent-Markaziy» vokzalidan «Toshkent – Samarqand», «Qarshi – Buxoro – Urganch» yo‘nalishlari bo‘ylab yo‘lga chiqdi. U yuqorida qayd etilganidek, aynan o‘zimizda ishlab chiqarilgan va modernizatsiya qilingan yangi vagonlardan tashkil topgan edi. Aytish kerakki, «Afsona» poyezdi ilk bor 2013-yilning 11-aprelidan Toshkent – Samarqand – Qarshi – Buxoro – Urganch yo‘nalishida ishga tushirildi. Ayni paytda zamonaviy qulayliklarga ega 8 vagon, qolaversa, lyuks, kupe va vagon-restorandan tarkib topgan po]ezd mijozlar xizmatida. Yangi po]ezd sayyohlar va yo‘lovchilarni O‘zbekistonning boshqa joylaridan, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qarshidan Xorazm viloyatiga yetkazish uchun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u O‘zbekistonda ichki turizmning rivojlanishiga yordam beradi. Download 1,04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |