Kompaniya nomi
|
Shtab-kvartira joylashgan mamlakat
|
Xonalar soni
|
Hospitality Franchise system Blanstone Part
|
AQSH
|
490000
|
Holiday Inn World Wide
|
Angliya
|
386323
|
Best Western International
|
AQSH
|
295305
|
Accor
|
Fransiya
|
279145
|
Choice Hotel International
|
AQSH
|
271812
|
Mariott International
|
AQSH
|
251425
|
Itt Sheraton Corp.
|
AQSH
|
130528
|
Promus Corp.
|
AQSH
|
105930
|
Hilton Hotel Corp.
|
AQSH
|
101000
|
Carlson Hospitality World Wide
|
AQSH
|
91177
|
Манба: WTO World Tourism Barometer. Madrid. WTO.2018.
Mehmonxonaning tashkiliy tuzilishi uning maqsadi, joylashuvi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Jahon mehmonxona xo‘jaligida mehmonxona egasi (tadbirkor, mulkdor) va mehmonxona boshqaruvi o‘rtasidagi munosabatlar shakliga karab mehmonxonalar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. M u s t a q i l ya ’ n i m u l k d o r n i n g m u l k i d a , i x t i yo r i d a v a f o y d a l a n i sh i d a b o‘ l g a n m ye h m o n x o n a l a r :
a) m u l k d o r t o m o n i d a n b e v o s i t a b o s h q a r i l a d i g a n m e h m o n x o n a l a r;
b) mulkdor mulkida, lekin yollangan boshqaruvchi mutaxassislar yoki maxsus boshqaruv kompaniyasi tomonidan boshqariladigan mehmonxonalar. Bunda boshqaruv kompaniyasi o‘zining savdo belgisidan foydalanadi.
2. Mehmonxona tizimlariga kiruvchi mehmonxonalar. Ular quyidagicha guruhlanadi:
2.1. Tizimlarning teng huquqli a’zosi bo‘lib, mulkdorlarning umumiy mulkida bo‘lgan hamda ularning vakillari orqali boshqariladigan mehmonxonalar.
2.2. Tizimning alohida korxonalari, ya’ni franshiza shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi mehmonxonalar.
Franshiza mehmonxona mustaqil boshqaruvga ega bo‘ladi, ammo tizim ma’muriyati (franchayzer)ga uning savdo belgisi va tashkiliy-huquqiy yordamidan foydalangani uchun muntazam ravishda haq to‘lab turadi.
2.3. Mehmonxonalar uyushmasiga kontrakt boshqaruv asosida kirgan mehmonxonalar. Bunda mulkdor professional mehmonxona kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va unga hak to‘laydi. Bunday tizimlar mulkdor hamda boshqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar xarakteriga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:
a) mehmonxona boshqaruvi, to‘liq boshqaruvchiga o‘tkaziladi va mulkdor boshqaruv faoliyatiga aralashmaydi. Boshqaruvchi moliyaviy-tashkiliy xavfni o‘z zimmasiga oladi;
b) mulkdor mehmonxona faoliyatini nazorat kilib boradi, tashkiliy xarajatlarni, moliyaviy xavfni qoplaydi. Boshqaruvchi ham shartnomada ko‘rsatilgan darajada ma’lum mas’uliyatga ega buladi;
v) mulkdor boshqaruvchi kompaniya faoliyatini to‘liq nazorat qiladi va uni faoliyat natijalari mas’uliyatidan ozod qiladi.
Umuman olganda, mazkur munosabatlarning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) mulkdorlar boshqaruvchilarning mehmonxonaga moliyaviy mablag‘lar sarflashini rag‘batlantirishadi. Natijada, boshqaruvchilarning mulkni boshqarish sifatiga mas’uliyati oshadi;
2) mehmonxona boshqaruvchi kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat tufayli, ular yanada ko‘proq kapital sarflab, mulkdor bilan shartnoma tuzishga harakat qiladi;
3) ba’zi boshqaruvchilar ixtiyoriy ravishda mehmonxonaga mablag‘ sarflashadi.
Bunda ular yuqori daromad olishni va mulk boshqaruvida qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lishni ko‘zlashadi.
2.4. Mehmonxonalar uyushmasiga aralash shartlar asosida kirgan mehmonxonalar. Masalan, franshiza mehmonxonasining franchayzer tomonidan shartnoma asosida boshqarilishi.
3. Mustaqil mehmonxonalar uyushmasiga kiruvchi mehmonxonalar.
3.1. Uyushmaga foydani oshirish va tijorat imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kirgan mehmonxonalar. Masalan, turistlar ortiqchaligi paytida ularni uyushma a’zolari o‘rtasida qayta taqsimlash, yagona tovar belgisi, reklama va joy egallab qo‘yish tizimlaridan foydalanish va hokazo).
3.2. Daromad olishni ko‘zlamaydigan uyushmalarga kiruvchi mehmonxonalar. Bunda uyushma a’zolari tashkiliy-huquqiy, kadrlar tayyorlash, ijobiy tajrbani qo‘llash masalalari buyicha o‘zaro hamkorlik qilishadi.
Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborot hisoblash tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy holda axborot hisoblash tizimi quyidagi to‘rt funksional qismdan tashkil topadi:
joylarni oldindan buyurtma qilish kichik tizimlari;
xizmatga doir axborot berilishini ta’minlash tizimlari;
navbatchi ma’mur tizimlari;
mehmonxona ma’muriyati tizimlari.
Axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylarni oldindan buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kelayotganlar ro‘yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlar uchun hisob varaqlar tayyorlanadi.
Mehmonxona qator qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Jumladan zarur axborot olish, pasportlar va turistik hujjatlarni rasmiylashtirish, ekskursiyaga ro‘yxatga olish, valyuta ayirboshlash, teatr, muzey, konsert zallari, stadionlarga chiptalar sotish, samolyot, po‘yezd va boshqa qatnov vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ijaraga avtomobil olish shular jumlasidandir. Ayrim mehmonxonalarda ish yuzasidan tashrif buyurgan mijozlar uchun biznes markazlari tashkil etiladi. Markaz mijoz ishlashi va kasbiy ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Biznes markazida hujjatlarni tarjima qilish, qayta chop etish ishlari bajariladi, kompyuter xizmatlari ko‘rsatiladi. Markaz teleks va faksimil aloqa vositalari, videomagnitofon va proyeksion apparatlar bilan jihozlanadi.
Mehmonxona nomeri ko‘p funksiyali ahamiyatga ega bo‘lib, u mijozning tunashi, dam olishi, ovqatlanishi, yuvinishi, ishlashi, muloqot qilishini ta’minlaydi. Nomerda mehmonning shaxsiy buyumlari saqlanadi. Nomerlar o‘rinlar soni, xonalar soni, maydoni, jihozlanishiga qarab tasniflanadi. Jahon amaliyotida bir yoki ikki kishiga mo‘ljallangan bir xonali nomerlar ayniqsa keng tarqalgan. Ayrim mehmonxonalarda har bir yashovchiga nisbatan bir xonali nomerlar ulushi nomer fondining 60-100% ga yetadi. Nomerlarda mebel nomerning gabariti, devorlarining oralig‘i, isitish xususiyatlari, texnologik ko‘rsatkichlariga qarab joylashtiriladi. Mebel foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishi, sanitariya va ergonomika talablariga javob berishi, mijozlar didiga mos kelishi kerak.
Appartamentlar soni nomerlar umumiy miqdorining 10% dan oshmaydi. Ular xonalarining soni va vazifasiga, hojatxonasi va vannasiga, dahlizi va maydoniga ko‘ra har xil bo‘ladi.
Xodimlar uchun xonalarni joylashtirishda ish vaqtida xodimlarning harakat yo‘nalishlarini qisqartirish zarurligidan kelib chiqish kerak. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xonalari ish joyidan uzoq bo‘lsa, bu qo‘shimcha quvvat sarfiga, xodimlar ko‘proq charchashiga olib keladi. Shu sababli, qavatdagi nomerlarga bevosita yaqin joyda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bir qancha xonalari, chunonchi: xodimalarning xonalari, omborlar (toza choyshab va yostiq jildlari, sarflash materiallari, kir choyshab va yostiq jildlari, tozalash vositalari omborlari), ofitsiantlarning xonalari, axlat yig‘gich va boshqalar joylashtiriladi.
Joylashtirish xizmati nomer fondining ekspluatatsion holati hisobini yuritadi. Har bir nomerni tayyorlash va unga mijozlarni joylashtirishning kundalik tafsilotlariga quyidagilar kiradi: nomer mijozni joylashtirishga tayyorlangan payt; mijozlar kelgan va ketgan paytlar; mijozlarning familiyasi, ismi, otasining ismi; nomer bo‘sh qolgan soatlar; yashash narxi va summasi; qo‘shimcha xizmatlar narxi va ularga haq to‘lash; bronga qo‘yish vaqti, nomer ta’mirlashda, sanitariya ishlovi berishda bo‘lgan vaqt. Xalqaro statistika bo‘yicha mehmonxonalardagi
Do'stlaringiz bilan baham: |