Tekshirishning mikrobiologik usullari.
Mikrobiologik tekshirishlar oziq-ovqat mahsulotlarida kishi organizmi uchun zararli hamda mahsulotlarni saqlash paytida ularni buzadigan mikroblar borligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Ozuqa moddalarida patogenli mikro flora bor-yo’qligini tekshirish ishlari sanitariya muassasalarida olib boriladi. Oziq-ovqat laboratoriyalarida mikrobiologik tekshirishlardan boshqalarga nisbatan ko’proq shisha tayoqchasi va jelatinni suyuqlashtiruvshi mikroblarni umumiy sonini, shuningdeq ishlab chiqarishning turli bosqichlarida va tayyor mahsulotlarni saqlash paytida paydo bo’ladigan pupanak va achitqilarni aniqlash uchun analizlar o’tkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan ko’pchilik standartlarda yo’l qo’yilish mumkin bo’lgan mikroblar miqdori va titra-koli miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik holati uning sifatiga baho berishda katta ahamiyatga ega va uning yaxshi sotilishini ta’minlaydi. Resurslar sarfi texnika texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 1O so’mlik mahsulot olish uchun bir kvt. elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kvt. sarflanadi, demaq energo resurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi. Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning talabi bo’lmasa, bu tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarin sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’grisidagi dastur va ishlab chiqarish tamoyili bilan bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro sifat bozorida resurslar taqsimot va rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlar tipi yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda, shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishchi korxonalarining yangidan tashkil etilishi, shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borichiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |