Tekshirishning kimyoviy usuli.
Tekshirishning kimyoviy usullari oziq-ovqat mahsulotlari sifatida kimyoviy usulluri bilan tekshirish asosan shu mahsulotlarning tarkibiy qismlari va xususiyatlari standartlar hamda VTU (vaqtning texnik shartlari-vremennoe tehnisheskoe usloviya) talablariga to’gri kelish kelmasligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Odatda kimyoviy tekshirish usullari standartlarda ko’rsatilgan bo’ladi. Mahsulot tarkibidagi suv (namlik) miqdorini o’sha mahsulotning qum bilan aralashtirilgan holda 105 temperaturada uning doimiy og’irligiga yetguncha quritish yo’li bilan aniqlanadi. Mahsulot tarkibidagi quruq moddalarni 100 bilan suvning prosent miqdorini ko’rsatuvchi son o’rtasidagi farqni hisoblash orqali aniqlanadi. Ayrim hollarda quruq modda emas, yog’sizlangan quruq modda miqdori aniqlanadi. Bunda quruq modda miqdorini ko’rsatadigan sondan yog’ning prosent miqdori olinadi. Mahsulot tarkibidagi yog’ miqdorini sokslet usuli bilan tekshirishda, moddani maxsus apparatda oltingurgut efiri bilan ishlash natijasida aniqlanadi. Hosil bo’lgan efir yog’ eritmasidan haydab chiqariladi va yog’ning og’irligi tarzida tortish yoki moddaning oltingurgut efiri bilan ishlashgacha bo’lgan og’iriligidan ishlab chiqilgandan keyingi og’irligini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Mahsulot tarkibidagi shakarlarni yodometrik usul bilan aniqlash. Yoddli qandning ishqorli muhitida undagi aldegid gruppasini (glyukoza, maltoza, sut qandni) miqdorini oksidlash xususiyatiga asoslangan.Eritmadagi qand miqdorini aniqlashda Bertranning sulfit kislotali misni oksidiga tiklash usuli eng aniq usul hisoblanadi. Sulfit kislotali misning ishqorli eritmasi (feling suyuqligi) aldegid yoki keton gruppasiga ega bo’lgan qand bilan birga qizdirilganda sulfit kislotasi misni mis oksidiga tiklaydi va u eritma ostiga cho’kadi. Quyqum sifati cho’kkan mis miqdorida aniqlanadi. Eritmadagi osh tuzi miqdorini oziq-ovqat mahsulotidan chiqarib olingan suvni azot kislotali kumush bilan titirlash natijasida aniqlandi. Bunda suvda eriydigan xlorli kumush eritma ostiga cho’kadi. Azot kislotali kumush eritmasi miqdoriga qarab mahsulot tarkibidagi tuz miqdori aniqlanadi. Mahsulot tarkibidagi kul miqdorini aniqlash uchun mahsulotning aniq bir miqdori mufel peshlarida kuydiriladi. Mahsulot tarkibidagi kislota miqdorini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari eritmasi yoki ulardan ajratib olingan suvni ishqor bilan titirlash usuli qo’llaniladi. Titirlash uchun zarur bo’lgan 0,1 g xlorning millimetr miqdori 100 g yoki 100 ml mahsulotga ko’paytiriladi va u Terner kislota miqdori gradusi sifatida ifodalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |