9.3. Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati
Xo’jalik faoliyat sub’ektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taaluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat nazoratini O’zStandart agentligi, Davlat Arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar. Idoraviy bo’ysinuvchi va mulk shaklidan qat’iy nazar xo’jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan, sertifikatlashtirilgan mahsulot davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo’jalik faoliyat sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilish ustidan davlat nazoratining:
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektori;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarga yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha ishlarni davlat inspektorlari amalga oshiradi. Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
Xo’jalik faoliyat sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
Xo’jalik faoliyat sub’ektidan davlat nazorati o’tkazish uchun keraqli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
Davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyat sub’ektining texnik vositalardan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
Standartlashtirish bo’yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalarini hamda nushalarini tanlab olishni o’tkazish bunda ishlatib yuborilgan nushalarning qiymati va sinamalarni o’tkazish hujjatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlaridan kiritiladi;
Mahsulotni yaratish ishlab chiqarishga tayyorlash realizastiya qilish undan foydalanish mahsulotni saqlash tashish va chiqindini foydali sur’atda ishlatish bosqichlarida, Standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarini yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyat sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risida qarorlar qabul qilish;
Standartlar buzilishi aybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
Tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda realizastiya qilishni, undan foydalanishni taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Tekshirilgan mahsulot standartlarining majburiy talablariga nomuvofiq bo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizastiya qilishni, undan foydalanishni to’xtatib qo’yish to’g’risida ko’rsatmalar berish;
Davlat inspektorlarining mahsulot realizastiya qilishni man etish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materialarni prokratura organlarida yoki sudga oshiradilar. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladiladi.
Ushbu qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |