9.1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari.
9.2. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar.
9.3. Tovar va xizmatlar standartlari ustidan davlat nazorati.
9.4. Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti va uni rag’batlantirish.
9.1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Mahsulotlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog’ligi va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurs tejash maqsadlarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
Mahsulotlarning almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
Fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xojaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
Barcha turdagi resurslar tejalishiga ko’maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashdan;
Tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
Iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to’g’risida to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
Mudofaa qobilyatini va safarbarlik tayyorligi ta’minlashdan;
O’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi hamda:
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish muvofiqlashtirish va ta’minlashni;
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
Qurilish qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi;
Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi.
Ushbu qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni, shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, nashr etadilar. O’zstandart agentligi ushbu qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o’tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
O’zstandart agentligi, Davlat arxitektura va Qurilish Qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi o’z vakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. Standartlashtirish tasdiqlagan organlar standartlashtirishga oid tarmoq axborot jamg’armalarini xosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassik qatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar, bilan ta’minlaydilar. Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ular tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. Standartlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’riflanganidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo’llaniladi:
Xalqaro standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tarmoq standartlari;
Texnik shartlar;
Korxona standartlari;
Xorijiy mamlakatlaring milliy standartlari;
Ma’muriy-hududiy standartlar.
Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassik qatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi O’zstandart tomonidan belgilanadi.
Xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini O’zstandart va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizastiya qilishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo’ljallangan,an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |