5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari



Download 0,59 Mb.
bet7/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

1.4. Muxofaza hujjatlarining turlari. Muxofaza muddatlari
Mamlakatimizning asosiy qonuni O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasidir. Konstitustiya O’zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning asosiy qoidalarini belgilab beradi. Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va ilmiy-texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitustiyaning IX bo’limi 36- va 42- moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog’liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

O’zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog’liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:

1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonun;

1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonun;

1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun;

1994 yil 6 mayda qabul qilingan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun;

1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Selekstiya yutuqlari to’g’risida”gi qonun;

2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonunlardir.

O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlatimizda intellektual mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi:

Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi Muallifilik huquqlari bo’yicha agentlik.

O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Muallifga shuningdek mualliflik nomi huquqi ham berilgan bo’lib, unga muvofiq muallif o’z ob’ektiga o’zining nomi yoki boshqa nomni berishi huquqiga ega.

Intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlar fuqaro yoki yuridik shaxsning shu ob’ektga alohida huquqlaridir. Faqat alohida huuqlar egasi intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga ruxsat berishi yoki man eilishi mumkin.



O’zbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlari fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), sahna asarlarini, ijrolarni, fonogrammalarni, efir va kabel orqali ko’rsatuv hamda eshittirishlar beruvchi tashkilotlarning ko’rsatuv va eshittirishlarini yaratish hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Alohida huquqlar faqat qonunda ko’zda tutilgan hollarda va faqat intellektual mulk ob’ektlaridan normal foydalanishga hamda uning egasining qonuniy manfaatlariga zarar etkazilmagan taqdirdagina cheklanishi mumkin.

Alohida huquqlar quyidagi hollarda cheklanishi mumkin:

O’zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat - Parij konvenstiyasi ishtirokchisining transport vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lganda qo’llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina foydalanilishi shart;

Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar o’tkazish;

Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni qo’llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo’lida patentlangan ob’ektlardan foydalanish to’g’risida patent egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to’lanadi;

Tarkibida patentlangan ob’ektlar bo’lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo’l bilan xo’jalik oborotiga kiritilgan bo’lsa, qo’llanish (masalan, patent egasining o’zi yoki uning litsenziyasi).

Dorixonalarda shifokor restepti bo’yicha dorilarni bir marta tayyorlash.

Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma yil mobaynida amal qiladi, mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi;

Ixtiroga dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi. Talabnoma beruvchining mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazish to’g’risidagi iltimosigi ko’ra patentga aylantirilishi mumkin;

Sanoat namunasiga patent – mohiyati bo’yicha ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi, patent egasining iltimosi bilan amal qilish muddatini yana besh yilga uzaytirish imkoniyatini saqlab qoladi;

Sanoat namunasiga dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) Dastlabki ekspertiza o’tkazilgandan so’ng beriladi va ustuvorlik sanasidan boshlab besh yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent egasi iltimosiga ko’ra patentga aylantirilishi mumkin.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish