5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Patent huquqining rivojlanish tarixi



Download 0,59 Mb.
bet6/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

1.4. Patent huquqining rivojlanish tarixi
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek, noan’anaviy ob’ektlarni muhofazalashdan iborat bo’lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.

Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so’ngi davrlarida feodal jamiyat negizida xo’jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo’liga o’tishi natijasida shakllandi.

Xo’jalik yuritishning kapitalistik usuliga o’tish bilan sifat jihatidan yangi vaziyat yuzaga keldi. Unga zarur moddiy-texnika bazasini yaratish sanoat inqilobi tusini oldi. Yevropa XVI asrning o’rtalarida Buyuk sanoat inqilobi davrini boshdan kechirdi va u patent huquqi yuzaga kelishi uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratdi.

Bu inqilobning asosiy bosqichlaridan biri qo’l manufakturasidan ko’plab ixtirolardan foydalanishga asoslangan mashinalar ishlab chiqarishga o’tish bo’ldi.

Kapitalizmda ish qurollari va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik tipi bo’yicha ixtirolarni o’zlashtirishga ehtiyoj yuzaga keldi.

Ma’lumki, ixtirolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish har doim dastlabki sarmoya sarflashni talab etadi. Lekin hech bir tadbirkor o’zi sarflagan mablag’dan foyda olishga ulgurmay turib raqobatchilar xuddi shu ixtirodan nusxa olib uning tajribasidan foydalana boshlamasliklariga kafolat olmasdan turib bunday sarmoyalarni xavf-xatarga qo’ya olmaydi. Aynan ana shu ob’ektiv omil sababli ixtirolardan foydalanishda undan etarli darajada uzoq muddat foydalanish va raqobat kurashida yutib chiqish imkonini beradigan monopoliya zarur bo’lib qoldi.

Bunday monopoliyani yaratish uchun yuridik vosita–patent Yevropada feodal jamiyatidan buyon ma’lum edi.

Feodalizmda patentdan turli mol-mulk egalari va qirol o’z xazinasi foydasiga daromad manbalarini mustahkamlash vositasi sifatida keng foydalanar edi. Feodal patent tizimi kapitalizm rivojlanishi uchun to’siq edi, chunki qirol ko’plab patent berish yo’li bilan istalgan narsadan foydalanishga yakkahokimlik (monopol) huquqni o’zi xohlagancha belgilay olardi. Burjuaziya tabiiyki, bunday holatga, xususan feodal monopoliyalar va ixtirolarga monopoliyalar joriy etishga qarshi faol kurasha boshladilar. Bunda iqtisodiyot ixtirolarga monopoliyalar feodalning marhamati bilan emas, balki muntazam, ya’ni qonunda belgilangan qoidalar bo’yicha berilishi talab qilinardi.

Patent huquqini himoyalash sohasidagi ilk qadamlar Angliyada qo’yildi. Mamlakatda feodallarga tegishli imtiyozlar tizimini patent huquqiga aylantirish jarayoni XVII asrda boshlandi.

AQSh Angliyadan keyin ixtirolarni muhofazalash qabul qilingan mamlakat bo’ldi.

Yevropaning boshqa mamlakatlarida patent qonunlari nisbatan kechroq qabul qilindi.

Milliy patent tizimlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhni patent tizimini “kontinental huquq” tamoyili belgilab beradigan mamlakatlar tashkil etadi. Ikkinchi guruhini milliy huquqlariga Angliya huquqi ta’sir o’tkazgan mamlakatlar tashkil etadi.

Har ikki yo’nalishdan tashqari milliy patent tizimlarini shartli ravishda to’rt asosiy: german, roman, ingliz va amerika guruhiga bo’lish mumkin, ular patent huquqining asosiy tizimlari hisoblanadi.

Patent huquqi hamma vaqt iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi, chunki u jamiyat iqtisodiy rivojlanishining zarur omili hisoblanadi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish