5A130101 – Matematika (Differensial tenglamalar va matematik fizika) mutaxassisligi magistranti D.Bozarovaning 2020-2021 o’quv yilida Ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish bo’yicha Aprel oyi uchun tayyorlagan HISOBOTI Ilmiy-pedagogik ishlar 2021 yil 1 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida ilmiy rahbarim boshchiligida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish topshirigini bajardim. Bunda, ilmiy –pedagogik ishning maqsadi magistratura talabalarini zamon talablariga javob bera oladigan ilmiy pedagogik faoliyatga tayyorlash ekanligi bilan tanishib chiqdim. Bundan tashqari ilmiy pedagogik ishning vazifasi va qo’yilgan maqsadga tegishli qonuniy meyoriy xujjatlarda belgilangan talablarga asoslangan holda pedagogik malaka va ko’nikmalarga erishishni ta’minlashdan iborat ekanligini o’rgandim.
2021 yil 2 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish yuzasidan ishlar olib bordim
2021yil 8 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalardan tadqiqot mavzusi bo’yicha mavjud vaziyatlar klassifikatsiyasi va nuqtai nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirish bo’yicha ilmiy rahbarim topshirig’i bilan magistratura talabalariga mavzuyim bo’yicha treyning otkazildi.
2021 yil 9 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonunini o’rganish davomida Ta’lim soxasidagi asosiy printsiplar,ta’lim olish xuquqi, 2-bobda ta’lim tizimi,turlari va shakllari xaqida o’rgandim. Unga ko’ra kafedra professor o’qituvchilari tomonidan TTJda navbatchilik vaqtidagi tashkil etilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda ishtirok etdim. Tadbirda TTJning umumiy xususiyatlari o’rganildi va yo’l qo’yilgan kamchiliklar talabalar bilan birgalikda bartaraf etildi. 11-moddada magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxasislik bo’yicha o’qish davomiyligi kamida bir yil bo’lgan oliy ta’limligi. Magistratura mutaxasislarining va ularga muvofiq bo’lgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining ro’yxati ta’lim soxasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanishi tartiblarini o’rgandim.
2021 yil 15 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan Magistratura to’g’risidagi nizomni o’rganish vazifasini bajardim. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida" qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida" 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va Oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo’yiladigan mezonlar va talablarni belgilab borishini o’rgandim..
2021 yil 16 aprel. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan magistrlarga qo’yiladigan talablar, tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga, Magistr o’z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo’nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin ekanligini xakida malumot oldim va Xulosalarda muammoning o’rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish bo’yicha seminar o’tkazdim
2021 yil 22 aprel.navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan Chortoq tuman 50-maktabida matematika fani o’qituvchilarning dars mashg’ulotlarini kuzatish vazifasini bajarishni davom ettirdim. Bunda maktabning Matematika dolzarbligi mavzusiga bag’ishlab tayyorlangan tadbirida ishtirok etdim.
2021 yil 23 aprel navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan Chortoq tuman 50-maktabida dars mashg’ulotini o’tdim. Kafedrada disertatsiya himoyasiga bag’ishlab o’tkaziladigan yig’ilishda qatnashdim.
2021 yil 29 aprel Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirish bo’yicha matematika Magistratura talabalari bilan hamkorlikda ilmiy seminar otkazildi
2021 yil 30 aprel Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatida rejada belgilangan vazifalar yuzasidan Tadqiqot mavzusi bo’yicha mavjud vaziyatlar klassifikatsiyasi va nuqtai nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirish bo’yicha topshiriqlarni bajardim.
Hisobot Matematika kafedrasining ___ ________ 2021 yil __-sonli yig’ilishi bayonnomasida muhokama qilingan va ma’qullangan.
Magistr: D.Bozarova Kafedra mudiri: A.Mashraboyev Ilmiy rahbar: D.Boytillayev