5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri Yavqochdiyev Davlatning stem va smart ta’lim texnologiyalari fanidan kurs ishi mavzu: «Tajriba sinov ishlarida ta’lim texnologiyalari»



Download 0,58 Mb.
bet5/10
Sana18.03.2022
Hajmi0,58 Mb.
#499968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat

MALAKA - KO’NIKMA - BILIM
1.3.Ta’lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari
Mehnat ta‘limining asosiy vazifasi o’quvchilarda kasbiy bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishdan iborat. Bu asoslar shunday poydevorki, umumiy o’rta ta‘lim maktablarining bitiruvchilari unga tayangan holda mustaqil ish jarayonida o’z ko’nikmalarini oshiradilar. O’quvchilar umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarining asoslari ularning ishlab chiqarish faoliyatining quyidagi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi: o’quv ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish sifati, mehnat unumdorligi, ishning samarali usullarini bajara bilish uquvi, shuningdek ishlab chiqarish ilg’orlarining mehnat usullarini egallash, zamonaviy texnika va texnologiyadan foydalana bilish, ishlab chiqarishdagi mustaqillik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun nazariy bilimlardan foydalana bilish, mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish, mehnat madaniyati, ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish17 . Mehnat ta‘limining o’ziga xosligi shundaki, o’qitish jarayoni o’quvchilarning elektrotexnikaga oid bilim va ko’nikmalari va unumli mehnati jarayonida amalga oshiriladi. Mehnat ta‘limining bu xususiyati uning mazmuni, formalari, metodlari va vositalarini belgilaydi. O’quvchilarning tizimli tarzda o’qishi va bilimlarini o’zlashtirishi uchun ongli ravishda ma‘lum maqsadni ko’zlab, mehnat qlishining tashqi va ichki tomonlariga ega. Ishlab chiqarish ta‘limi jarayonida o’quvchilar o’qishning tashqi tomoni ularning o’quv mehnati faoliyatida namoyon bo’ladi. O’qishning ichki tomoni esa o’quv ustasining ko’rsatmalarini idrok qilish va anglashni hamda o’z-o’zini nazorat qilish usullarini o’quv hamda ko’nikmalarni shakllantiradi. O’quv usta faoliyatining mohiyati bo’lg’usi mehnat jarayoni, harakatlarni bajarish va nazorat qilish shartlari, usullari hamda xususiyatlari to’g’risida o’quvchilarda keng tasavvur hosil qilishdan iborat. Umumkasbiy va umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish deganda - o‘quvchilarda etarli darajadagi mehnat ta‘limiga oid hamda umumkasbiy bilimlar mavjudligi, unumli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, o‘quvchilarni o‘zlashtirish baholaridan o‘z vaqtida xabardor qilish, o‘quvchilarning faollik darajasi tushuniladi. O’quvchilarning ishlab chiqarish ta‘limiga o’quv usta rahbarligining mazmuni, formalari, metodlari va vositalari uning aniq mazmuniga, o’qish davriga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o’qish sharoitlariga bog’liq. Mehnat ta‘limi jarayonida o’quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarni shakllantirishlari quyidagi tushunchalarga bog’liqdir: - mehnat va amaliy ko’nikma hamda malakalari - faoliyatni bevosita materiallarni o’zgartirish ko’nikmasi asosida tashkil qilish: a) aqliy ko’nikmalar; b) sensor ko’nikmalari. - amaliy umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar - mavjud moddiy muhitni bevosita yo’naltirilgan umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar. - kasbiy umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar - mehnat harakatlarini bajarishning yuqori sifatini ifodalaydi: a) maxsus ko’nikmalar; b) ishlab chiqarish ko’nikmalari; c) kasblar bo’yicha nazorat. - umumfaoliyat umumkasbiy bilim va ko’nikmalar - ishchi xolatini saqlash, talaffuz, xusnixat va h. - umummehnat bilim va ko’nikmalar - ishni rejalashtirish va tashkil etish o’z-o’zini nazorat qilish va h.: a) konstruktorlik; b) texnik ko’nikmalar; c) tashkiliy texnik; d) tezkor nazorat. - umumtexnik umumkasbiy bilim va ko’nikmalar - chizmalarni bajarish va o’qish, texnologik hisoblarni amalga oshirish. Texnologik qurilmalarni rostlash; - umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar - texnologik obyektlar ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy va xususiy holatlari to’g’risidagi bilimlarning amaliy qo’llanilishi. O’quv jarayonini rejalashtirishning ahamiyati. O’quv jarayonini rivojlantirish maktablarda o’quvchilarning mashg’ulotlarga tayyorlanishida asosiy o’rin tutadi. O’quv jarayonini rejalashtirish tufayli o’qituvchi va o’quvchilarning ustaxonalardagi mashg’ulotlarda mehnat ta‘limining vazifalari va maqsadlariga, uning tamoyillariga hamda o’quvchilar bilan ishlashga qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq xamma ishlarni oldindan ko’rish mumkin. O’quv jarayonini rejalashtirishda o’qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni hal qiladi. O’quv jarayonini moddiy jihatdan o’z vaqtida ta‘minlash imkoniyati yaratiladi. Ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan ta‘minlash muddatlari oldindan ma‘lum bo’ladi. Buning ahamiyati katta. Chunki o’z vaqtida moddiy ta‘minlash qiyin . O’qituvchi o’quv materiallarini alohida darslarga taqsimlab, mehnat bo’yicha mazkur aniq mavzuni o’rganishgacha o’quvchilar fizika (ximiya, matematika va boshqa fanlardan qanday bilimlar olganliklarini aniqlaydi, shu asosida mehnat ta‘limi bilan fanlarning asoslarini o’rganish orasidagi didaktik bog’lanishni ta‘minlash imkonini beradi. Yog’och va metallarga ishlov berish ustaxonalarining o’zaro muvofiq ishlab borishga erishildi. O’quv ustaxonalarida turli buyumlar tayyorlanadi. Bunda o’quvchilarning ishlash moslashtirishi muhim axamiyatga ega. Bunga esa rejalashtirishda erishiladi. Chorak, yarim yillik va yakunlarini chiqarishda o’qituvchi uchun rejani bajarilishini tekshirishi oson. Bunda rejadagi ish bilan amalda bajarilgan ishni taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. O’qituvchilarning maktablarda o’quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarini shakllantirish ishlariga tayyorgarlik jarayonini uchta bosqichga bo’lish mumkin. O’qituvchining o’quv yiliga tayyorlanishi. O’qituvchi o’quv yili tugashi bilan yangi o’quv yiliga tayyorlanishi boshlanadi. Mehnat ta‘limi o’qituvchisi jixoz va asboblarning xolatini tekshiradi. Jixozlardagi mayda nosozliklarni o’qituvchining o’zi bartaraf etadi. O’rtacha va kapital ta‘mirlash talab qilsa, o’qituvchi ma‘muriyat nomiga talabnoma tuzadi va uni bajarilishi tadbirlarini qo’llaydi. Asboblar olishga alohida talabnoma tuziladi. O’quv ishini rejalashtirish kasb-hunar kolleji dasturini va undagi tushuntirish xatini o’rganishdan boshlanadi. Tushuntirish xatida mashg’ulotlarning vazifalari, o’quv jarayonini tashkil qilish, ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanishi, o’quvchilar faoliyatini tekshirish, baholash va xokazolarga oid metodik ko’rsatkichlarni tahlil qilish kerak. So’ng dasturning mazmuni chuqur o’rganib, unda har qaysi sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar va mavzular u yoki bu mavzularga ajratilgan soatlar miqdori mehnat obyektlarining taxminiy ro’yxati berilgan. Buyumlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy foydali bo’lishi quyidagi talablarga javob berishi kerak: - buyumlarga ishlov berish o’quv dasturdagi mavjud operatsiyalardan iborat bo’lishi kerak. - buyumlarni tayyorlash aniqligi va vaqt normasi o’quvchilarning kuchi yetadigan bo’lishi kerak. - buyum vazifasi va konstruksiyasiga ko’ra o’quvchilar tushuna oladigan bo’lishi kerak20 . Mehnat ta‘limi mashg’ulotlarini har xil korxonalarning buyumlari asosida tashkil qilish, o’quvchilarning unumli foydali mehnatini tashkil qilishga harakat qilish lozim. O’qituvchilarning navbatdagi mavzu bo’yicha mashg’ulotlarga tayyorlanishi.
O’qituvchining navbatdagi mavzu bo’yicha mashg’ulotlarga tayyorlanishi kalendar-reja tuzishdan boshlanadi. Kalendar-reja o’quv yiliga, yarim yil yoki o’quv choragiga tuzilishi mumkin. Butun gurux bilan frontal tarzda o’rganib bo’lmaydigan mavzular uchun aloxida grafik tuziladi. Masalan: agar maktabda tokarlik stanogida ishlov berish, termik ishlash, maishiy elektr isitish asboblarini ta‘mirlashni frontal o’rganish uchun yetralicha jixozlar va isitish qurilmalari bo’lmasa, o’quvchilar dasturida nazarda tutilgan ishlarni navbati bilan bajaradilar. Mavzular bo’yicha darslarga tayyorgarlik qilishda quyidagilarga amal qilish lozim21 : - mavzuning o’quv fanidagi o’rni va o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar doirasi; - nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi; - o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorgarligi; - materiallarning mantiqiy bayoni; - o’quvchilar ijodiy ishlarining imkoniyatlari; - mavzuni o’rganishdan kutilgan natijasi; - darslar bilan o’quvchilarning sinfdan tashqari mushg’ulotlari orasidagi bog’lanish. Mehnat va kasbga yo’naltirish hamda ishlab chiqarish pedagogikasining yana bir o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda ta‘lim-tarbiya bevosita ishlab chiqarish jarayonidan ajralmagan holda olib boriladi va pedagogik jarayoniga muxandis-texnik xodimlardan tortib, to oliy ma‘lumotli xodimlar ham jalb qilinishi mumkin. Mehnat va kasbga yo’naltirishning asosiy maqsadlaridan biri o’quvchilar kasb-malakalari, mehnat madaniyatini oshirish muammolarini hal qilish orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Demak mehnat va kasbga yo’naltirish hamda ishlab chiqarish pedagogikasi ta‘lim-tarbiya jarayonida nafaqat aniq, samarali ta‘lim-tarbiya usullaridan foydalangan holda ta‘lim oluvchilarni yangi bilim, umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirish, balki ishchi-xodimlar malakasini oshirish masalalarini ham izchillik bilan hal qilishni o’z ichiga oladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish