Ta’lim texnologiyalari vazifalari
Ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, bilish faoliyatini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; ularda mustaqil ishlash, izlanish hamda o’z-o’zini rivojlantirish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; ta’lim oluvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun imkon yaratish va individual ehtiyojlariga ko’ra ta’limni tashkil etish; - o’z-o’zini anglash, aniq maqsad qo’yish, faoliyatga va kasbga ongli yondoshuvni shakllantirish; muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlash malakalarini rivojlantirish; jamoada ishlash malakalarini shakllantirish;
maqsadga muvofiq holda AKT, internet bilan ishlashni o’rganish;
yangi samarali texnologiyalarni ishlab chiqish;
texnologik jarayon mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
o’quv jarayonini optimallashtirish yo’llarini aniqlash;
pedagogik texnika usullarini tanlash va qo’llash, pedagogik mahorat asoslarini egallashdan iborat.
Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti
– yangi pedagogik tizimlarni loyihalashtirish va ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etishning pedagogik asoslarini yaratish, ularni boshqarish hamda muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlarini aniqlash.
1.2.Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi
Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan kiritilgan (birinchi bor amerikalik psixolog B.Skinner tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u ta’lim texnologiyalari tushunchasini pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or bilimlarini ta’limda uyg’unlashtirish hamda unumli foydalanish, deya izohlagan) va 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha o’quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifodalagan. O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan. Ta’lim texnologiyasi - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda ta’lim sohasida katta burilishlar yuz beradi, o’qituvchifaoliyati yangilanadi, talaba- yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash, bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlariga bosqichma bosqich ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya’ni: ta’lim texnologiyasi - bu o’qituvchi(tarbiyachi) ning o’qitish(tarbiya) ning turli xil vositalari yordamida o’quvchi (talaba) larga muayyan sharoitda samarali ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach tashqi aloqalarga ham e‘tibor kuchaydi. Shunday ekan istaymizmi yo’qmi bevosita hamkorlik aloqalarini o’rnatish uchun o’quvchilarni intellektual qobiliyatini borliqni keng anglash idrok etish, chuqur zamonaviy bilimga ega bo’lishi shart. Bilim olish jarayoni kishilik jamiyatida bog’ayat muhim sohalardan hisoblanadi. Shaxsning mustaqil ta‘lim olishida o’quvchilarning psixologik tayyorlash xususiyatlarini rivojlantirish avvalo unda shaxsiy xislatlarning shakllanishi bilan boshlanadi. Rivojlanish o’zida shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va boshqa xislatlarning takomillashishini namoyon etadigan jarayon bo’lib, bunday xislatlarning tug’ma, ba‘zilari keyinchalik erishilgan bo’ladi. Inson mustaqil ta‘lim olish, mustaqil o’zlashtirish, psixologik tayyorlanish xususiyatlarini o’zida mujassam etish va rivojlantirishdagi sifat o’zgarishlari tub mohiyatiga ko’ra biologik turning vakili sifatida xususiyatlariga ega bo’lgan odam, biologik individdan to insoniy jamiyatning a‘zosi — shaxs darajasiga ko’tarilishini belgilab beradi. Rivojlanish—bu odamning ruhiyati va organizmidagi sifatiy o’zgarishlardir. Bu o’zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, uni qurshab turgan kishilarning ta‘siri natijasida yuz beradi. Albatta, rivojlanish jarayoniga mehnat faoliyati, o’yinga, ichki faollikka o’quv mohiyati faoliyatiga bog’liq. Insonning mustaqil ta‘lim olishida psixologik xususiyatlarini rivojlantirish va shaxs sifatida shakllanishida har doim ham har tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan ijtimoiy muhit o’z holicha yetuk insonlarni tarbiyalay olmaydi. Insonni tarbiyalashda jamiyat tomonidan tashkil etilgan tarbiyalash muassasalarining va tarbiya jarayonida qatnashayotgan barcha kishilarning faoliyatlari muhim rol o’ynaydi. Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning bosh vazifasi ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda o’quv-tarbiyaviy ishlarning vazifalari va maqsadlari yo’lida jamiyat tomonidan inson oldiga qo’yilgan maqsadlarning o’quvchilar to’g’ri aks ettirishdan iborat. Tarbiyachi o’quvchilarning maktabdagi o’quv ishlarini tashkil etishda albatta uning uy shart-sharoitlarini, uy muhitini hisobga oladi. O’quvchilar uy sharoitlarini o’rganish ko’p hollarda oiladagi tarbiya muhiti tufayli bolada shakllanadigan salbiy xislatlarni taxlil qilish, tuzatish, oldini olish, shu bilan birga ijobiylarini yanada ko’paytirish imkonini beradi. Yaxshi o’zlashtirmaydigan o’quvchilarga uy shart-sharoitlari ta‘sir etishi aniqlangan hollarda tarbiyachi har bir bolaga individual yondoshib, uning oilasiga aralashishi zarurdir. O’quvchi uyda salbiy sharoitda yashashga to’g’ri kelgan hollarda, agar bu muhitni ijobiy tomonga o’zgartirishning imkoni bo’lmasa, tarbiyachi o’quvchini maxsus maktab — internatlarga joylashtirish masalalarini qo’yishi mumkin. O’quvchi shaxsini shakllanishida qatnashayotgan tarbiyachi o’quvchining faqat oilaviy sharoitini o’rganish bilan chegaralanmay, bolaning yaqin tevarak atrofida, mahallasida, ko’chasida qurshab turgan muhitni yaxshilab o’rganmog’i lozim, chunki aksariyat hollarda mahalladagi, ko’chalardagi har xil guruhlar ham egiluvchan bo’lgan yoshlarga katta ta‘sir ko’rsatadi. Bunday ta‘sir ijobiy bo’lishi mumkin. Bolalar to’y-ma‘rakalarda, gap-gashtaklarda o’zlarini mustaqil his etadilar, bir-biriga ko’maklashish, shirinsuxanlik, hozirjavoblilik, mehribonlilik, sertashvishlilik kabi axloqiy xislatlar faqat tarbiya yaxshi yo’lga qo’yilgan mahallalarda tez va osongina shakllantiriladi. Aksincha xudbinlik, takabburlik, ko’pollik kabi salbiy odatlar ham maxalla-ko’yda shakllantirilishi mumkin Tarbiyachining vazifasi maktab bilan o’quvchi yashayotgan joyidagi mahalla qo’mitalarining hamkorliklarini tashkil etishdan, maxalla qo’mitalari orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarni faollashtirishdan iborat. Yuqoridagi dalillar tarbiya jarayoniga ta‘sir etadigan tashqi muhit faktorlarining bir-biriga mustahkam bog’liqligini ko’rsatadi. Shu bilan birga tarbiya jarayonida qulay ijtimoiy muhitdan foydalanadi. Mahallalarda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning ota-onalar orasidagi targ’ibot markazi maktab bo’lishi kerak. Shu bilan birga bola tarbiyasida va asosan o’quvchi shaxsining rivojlanish jarayonida tarbiyachining ta‘siri har bir o’quvchi uchun ayrim o’ziga xosliklarga ega bo’lishi lozim. Bilimlar o’rganilayotgan asosiy jihatlarni mantiqiy ketma-ketlikda qamrab olishi, o’zaro bog’liq bo’lishi va har bir o’rganilayotgan tushunchadagi barcha ahamiyatli jihatlarni ochib berishi, ya‘ni izchil bo’lishi lozim. O’zlashtiriladigan bilimlarning asosiy sifati - ularning anglanganlik, tushunilganlik darajasida ifodalanadi. Ular talabaning buyum va hodisalarni nafaqat tavsiflab bera olishi, balki o’rganilayotgan dalillarni asoslay olishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, bilimlar o’rganilayotgan buyum va hodisalar mazmuni va qarash ko’lami kengligiga xizmat qiluvchi mukammallikka ega bo’lishi lozim3 . O’zlashtiriladigan bilim - hosil qilinadigan ko’nikma va malakalar uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Ko’nikma va malakalarning mazmuni va o’zaro nisbati haqida bir qancha yo’nalishdagi qarashlar mavjud. Didaktikada mavjud bo’lgan an‘anaviy nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo’lsak, ko’nikma malakadan ilgari hosil bo’ladi va mashq natijasida ko’nikma malakaga aylanadi. Chunonchi, «Pedagogik ensiklopediya»da «Ko’nikma ishlashga to’g’ri keladigan sharoitlarga mos harakatlarni samarali bajara olish» deb ta‘riflanadi. Ko’nikmalar ham amaliy, ham nazariy xarakterga ega bo’ladi. Xuddi shu «Pedagogik ensiklopediyada» «Malaka - yuqori darajadagi harakat» sifatida ta‘riflanadi. Ushbu bosqichda harakatlar avtomatlashadi, aqliy boshqaruv bir daraja kamayadi. Malaka amaliy faoliyatning shu qadar tezroq bajarilishidirki, harakat o’z-o’zidan amalga oshayotgandek ko’rinadi. M.A.Danilov ko’nikmalarni harakatlarni bilish deb, malakani esa harakatning ayrim avtomatlashgan qismini ifodalaydi deb yozadi. Kasb maktablari uchun tavsiyanomada ko’nikmaga quyidagicha ta‘rif keltirilgan: «Ko’nikma faoliyatning shunday turiki, undagi harakatlar yetarli darajada fikrlab, avtomatlashuvsiz bajariladi, malaka esa avtomatlashgan harakatni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan qar qanday operatsiya juda oz o’ylab amalga oshiriladi» 4 . K.K.Platonovning fikricha, «Ko’nikma ilgari shakllantirilgan bilim va malakalar asosida hosil bo’ladi; malaka - bu maqsadli faoliyat davomida uni tashkil etuvchi harakatlarni avtomatlashgan holda, unga nisbatan maxsus yo’naltirilgan diqqatsiz, biroq aqliy nazorat ostida bajarilishidir». K.K.Platonov o’z fikrini davom ettirib, shu adabiyotning boshqa joyida yana shunday yozadi: Har qanday malaka, bilim va ko’nikmalarni o’z ichiga olib, mavjud bilim va ko’nikmalar asosida shakllanadi, ularni yangi sharoitlarda yetishmaydigan elementlarini qayta shakllantiradi. Psixologiya sohasidagi adabiyotlarda ko’nikma va malakalarga oid quyidagi fikrlar bildirilgan: «Maqsadli harakatlarning inson tomonidan qisman avtomatik ravishda bajarilishiga malaka deyiladi». So’ngra «ko’nikma» atamasi bilan subyekt ega bo’lgan bilim va malakalar faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish uchun zarur bo’lgan pedagogik va psixologik harakatlar tizimini ifodalaydi5 . Malakalarni shakllantirish fandan olinadigan bilim va ma‘lumotlarni qayta ishlash bo’yicha hamma operatsiyalar tizimini bu ma‘lumotni aniqlash, uni harakatlar bilan taqqoslashni o’rganishdir. Subyektiv maxsus faoliyat sifatida malakalarga mustaqil o’qitish jarayoni mavjud emas, degan fikrni K.K.Platonov tanqid qilib, quyidagicha ta‘kidlaydi: «Malakalarga albatta o’qitish kerak, bundan chiqadiki kerakli metodika to’g’risida o’ylash kerak». «Malaka» deb - odamning bilim va oddiy tajriba asosida egallagan muayyan qarakatlarni ongli bajarish qobiliyati tushuniladi. Bilimlar bajarilayotgan harakatlarning nazariy asosidir. Bilimlar tufayli harakatlarning ayrim davrlari va ularning ketma-ketligi tushunarli bo’ladi. Har qanday malakalarni egallash bilimlarga asoslangan aniq faoliyat, amaliyotni talab qiladi, ularsiz umuman malakalar bo’lishi mumkin emas.
Malakani psixologik asosi deganda faoliyat maqsadi, sharoit va uni bajarish usullari orasidagi o’zaro aloqadorligi tushuniladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, malaka bilimlarga tayanadi. Bilimsiz malaka yo’q. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ilmiy tadqiqot ishlarida turlicha talqin qilingan. Ko’pchilik adabiyotlarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni quyidagicha qabul qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |