Xulosalar
Demak, ta‘lim sohasida o‘quvchilar faolligini oshirish, darsda pedagogik texnologiyadan foydalanish davr talabidir. O‘quvchilar faolligini oshirish, ularning o‘quv faoliyatini takomillashtirish tufayli, ayni vaqtda o‘qitishda yuksak samaradorlikka erishiladi, ya‘ni o‘quv jarayoni tezlashadi. O‘quv materialining qay darajada tushunarli bo‘lishi, ularning ongida akslanishi va aynan shu ma‘lumotlar yuzasidan bilimni hosil bo‘lishi ta‘limda interfaol usullar bilan belgilanadi. Bu usul o‘qitish jarayonini sifatini oshiradi. O‘quvchilarning bilim olishini yanada osonlashtiradi. Darslarda o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil qilish, o‘quv fani samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakasini rivojlantiradi, ularning individual va intellectual salohiyatini kuchayishiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta‘lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ta‘lim tizimining eng muhim muammolaridan biri. Bo‘lajak pedagoglar uchun zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan chuqur bilimga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bu muammoni hal etish yo‘llaridan biri – o‘qitish jarayonida ko‘proq interfaol usullardan foydalanishdan iborat. Bu metod o‘quvchilarni faollashishigagina emas, balki mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashini shakllantirishga imkon yaratadi. Bu usullar guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir. O‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va rag‘batlantiruvchi usuldir.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
I. О‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
1. O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasi. Toshkent. O’zbekiston nashriyoti. 2001 y. II. О‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuter va axborotli texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil etishning 2001-2005 yillardagi taraqqiyot Dasturi, «Internet» Xalqaro axborot tizimiga keng ko’lamli kirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 230 sonli Qarori (23 may 2001 yil).
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar‖ to’g’risidagi Qarori.
4. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’naltirishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.
5. Mehnat ta‘limidan Davlat ta‘lim standarti.T.: 2010 y. III. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari
6. Karimov. I.A. Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma‘naviyat, 2008y.
7. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997y.
8. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 1999y.
Do'stlaringiz bilan baham: |