Pedagogik tajriba-sinov jarayonining uchinchi bosqichida
Ilgari surilgan farazlarning hayotiyligi, yangiligi, ishlab chiqilgan tavsiyalarning samaradorligi bo‘yicha tajriba-sinov natijalari umumlashtirildi. o‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari boshlanishidan oldingi va undan keyingi davrda 5-9-sinflarda texnologiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘rganish asosida ta‘limni tashkil etish hamda ilmiy tushunchalar va bilimlar samaradorligini oshirish borasidagi mahoratlari dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqotdagi asosiy g‘oya, qarash va qoidalar mana shu bosqichda ilmiy shaklni oldi.
Maqsadimiz,5-9-sinflarda texnologiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanib barcha metod va vositalar yordamida hamda ―sinov‖ va ―o‘rgatuvchi‖ tajribalar asosida tanlab olingan xilma-xil o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish shakli bo‘yicha, amalga oshirishning samaradorligini tahlil qilish edi. Shu bilan birga, har xil o‘quv predmetlaridan egallangan ilmiy tushunchalarni nazorat qilishni turli o‘quv predmetlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni bir-biri bilan aloqadorlikda qo‘llay olishning ko‘nikma va malakalarini egallashni hamda pedagogik texnologiyalar mazmuniga ega bo‘lgan vazifalardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘quvchilarga puxta o‘rgatishni takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.
Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili
Pedagogik texnologiyalarning metodologik-didaktik asoslarini yoritish maqsadida 5-9-sinflarda ya‘ni 9-sinf o‘quvchilari bilan pedagogik tajribasinov ishlari olib borildi. Jami sinflarda 32 ta o‘quvchi ishtirok etdi. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini biz amaliyot jarayonida 9 « A » va 9 « B » sinflar o‘rtasida 1 yil davomida texnologiya fanidan kuzatuv ishlari olib bordik. Bunda 9 « A »-sinfni nazorat sinf sifatida, 9 « B »-sinfni tarjriba sinf sifatida tanladik. Tarjriba sinfda texnologiya darslarida pedagogik texnologiyalar foydalangan holda keng ko‘lamda darslar o‘tildi. O‘rgatishda amaliy ishlarda interfaol metodlar, didaktik o‘yinlardan, dars jarayonida amaliy ishlar yozilgan kartochkalardan, axborot texnologayalardan foydalandik va tajriba – sinov quyidagi natijalarni berdi. F1 – I chorak oxiridagi sifat ko‘rsatkich.
Tajriba-sinov maydonlariga qo’yilgan talablar shaxsning shakllanishiga doir kompleks yo’llanmasini belgilab berish, inson kamolotini ta‘minlaydigan jamiyatda mustaqil o’z o’rnini topib olishni ta‘minlab beradigan o’quv dasturlari qo’llanmalarini yaratishga xizmat qilish kerak. Tadqiqotimizning tajriba-sinov ishlari maqsadi mehnat ta‘limi darslarida o’quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajalarini ta‘minlashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Jumladan, tajriba-sinov ishlari vazifalari quyidagicha aniqlandi: - mehnat ta‘limining kasbiy tayyorgarlikdagi o’rni va ahamiyatini tahlil qilish; - mehnat ta‘limining kasbiy fanlar bilan aloqadorligini aniqlash; - mehnat va kasbiy ta‘limda uzviylikni ta‘minlashni nazariy asoslash; - fanning mantiqiy tuzilishini ishlab chiqish; - mehnat va kasbiy fanlar uzviyligini ta‘minlashda o’qitishning faol usullaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; - mehnat fanini o’qitishning texnologiyasini ishlab chiqish; - mehnat ta‘limi darslarida kasblarga yo’naltirish texnologiyasini ishlab chiqish; - mehnat ta‘limini amalga oshirish dars ishlanmalari va ularning natijalarini ishlab chiqish. Tadqiqotchi quyidagi shaxsiy hislatlarga ega bo’lishi lozim: - o’z o’quv fanini va o’qitish metodikasini chuqur, puxta, yuqori kasbiy mahorat darajasida bilishi; - metodik jihatdan mahoratli, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, diagnostikaning insonni shakllantirishdagi ahamiyati, rivoji, kamolotini chuqur anglab yetishi; - yuqori darajada madaniyatli, insonparvar, har bir sharoitda ham bolani tushunadigan, ijodkor, fidoiy, o’z ishiga jonkuyar, talabchan bo’lishi; - o’quvchilar, ota-onalar, hamkasblarini olib borayotgan tadqiqotdan kutilayotgan maqsad va vazifalari bilan puxta tanishtira olish; - o’zi olib borayotgan tadqiqotning maqsadi, g’oyasi va vazifalarini chuqur o’zlashtirgan, tajriba-sinov yakunlariga optimistik yondosha oladigan va h.k.). Tajriba-sinov ishlari samarasi nima bilan o’lchanadi? Eng pirovard natijada: - o’quvchi qanday bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ldi? - o’quvchi egallagan bilim va ko’nikmalar ta‘lim standartlari talablariga qay darajada javob bera oladi? - o’zi mustaqil mutaola qila olish, qo’shimcha manbalar bilan ishlay olish qobiliyatining rivojlanganligi, mustaqil komponent yoki tizim tuza olish malakasining shakllanganligi; - munozara, baxs yuritish, fikrlash qobiliyatining o’sganligi bilan va h.k. Tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashni ham yaxshi yo’lga qo’yish juda katta ijobiy natijalar beradi. Mazkur dissertatsiya ishini bajarish davomida mehnat ta‘limi darslarini o’tishda davlat ta‘lim standarti asosida pedagogik texnologiyani qo’llagan holda, o’qitish vositalarining o’rnini belgilagan holda o’quvchilarning bilim olishida ijobiy natijalarga erishish mumkinligi ilmiy asoslandi. Tajriba-sinov ishlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumiy o’rta ta‘lim maktabida mehnat ta‘limi jarayonida olib borildi. Tajriba – sinov ishlari V.P. Bespalko54 , N.A.Muslimov55 , U.N. Nishonaliyev56 , SH.S. Sharipov57 , O.A.Qo’ysinov58 va boshqalarning ilmiy ishlarida keltirilgan tavsiyalar, ko’rsatmalar asosida, davlat ta‘lim standartlari hamda ta‘lim maqsadlariga mos ravishda olib borildi. Tajriba–sinov ishlari tayyorgarlik darajasi bir xil bo’lgan, shartli ravishda «tajriba guruhi» va «nazorat guruhi» deb belgilab olingan guruhlarda o’tkazildi. Tajriba-sinov ishlari bir xil material va ikki xil metodikadan foydalangan holda o’tkazilib, ikkala guruh o’quvchilarida shakllangan umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarning shakllanganlik darajalari taqqoslandi. Shuningdek, ―Mehnat ta‘limi‖ o’quv predmetining mazmuni, o’rganish shartsharoitlari, metodlari tanlanib, savol-javob, pedagogik kuzatish natijalari, o’quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari jamlandi. Eng yuqori (a‘lo) - O’quv materialini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni izchil, mantiqan bog’langan holda xatosiz bayon etish, savol va topshiriqlarga javob berishda o’zlashtirilgan umumkasbiy bilim va ko’nikmalarga egalik, dadil va to’g’ri tatbiq etish, mehnat ta‘limi jarayonlarini bilish va ulardan o’rinli foydalanish, talab dajarasida sifat ko’rsatkichlariga rioya qilish, topshiriqlarni vaqt meyori doirasida bajarish. Yuqori (yaxshi)- Butun o’quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og’zaki va yozma ravishda to’g’ri bayon eta olishi, topshiriqlarni to’g’ri va puxta bajarishi, berilgan ishni belgilangan vaqt meyoriga muvofiq bajarganligi uchun qo’yiladi. O’rta (qoniqarli) - Dasturdagi asosiy materialni bundan keyingi mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan hajmda bilishi, tushunishi va bayon qilishi, o’quv materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, sodda qilib bayon etishi, o’z ishini tashkil qilishda bir oz kamchilik bo’lgan holda bajargani uchun qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |