Smart – texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni blok-sxemasi.
Ma’ruza - u yoki bu ilmiy masala yoki muammoni to‘g‘ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish sanaladi. Ma’ruza o‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: bilimi, ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bo’lishining eng samarali shaklidir. Bunda ta’lim-tarbiya jarayonidan ko‘zda tutilgan didaktik maqsadlar o‘qitishning talaba shaxsini yo‘naltiruvchi, axborot berish, ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruza mashg‘ulotlarining maqsadi o‘quv jarayoni davomida talabalarga yangi tasavvurlar, tushunchalar, qonuniyatlar, g‘oyalar haqida bilim berish, oldingi ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish, tarbiyaviy amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarga yo‘naltirishdan iborat “Texnologik ta’lim” fani ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘qitish metodikasiga adaptatsiya qilish taqsimlangan ta’lim metodikasiga asoslangan bo‘lib, bunda o‘quv topshiriqlari an’anaviy va yangi shakllar orasida, ta’lim metodlari orasida, o‘quv muassasa va uydagi kompyuterlar orasida taqsimlanishi nazarda tutilgan. Taqsimlangan ta’lim metodikasi asosida Texnologik ta’limni o‘qitishni Smart- texnologiyalar bilan birga olib borishning bir qancha sabablari bor:
Talabalar yangi materialni o‘rganishlari uchun kerakli materiallarni o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan sifatli va ko‘rgazmali shakllarda oladilar;
Dars materiallari hamma uchun ochiq hatto darsda ishtirok etmagan talabalar uchun ham.
O‘qituvchi talabalarning ijodiy faoliyatlarida koordinator vazifasini o‘taydi;
Yaratilgan bo‘sh vaqt asosida individual yo‘naltirilgan ta’limni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. O‘qituvchi past o‘zlashtiruvchi talabalar bilan alohida shug‘ullanishi mumkin.
Bilimlar sifatini sinashning oddiy usullari taklif etilgan. Bunda o‘qituvchi kompyuter texnologiyalaridan foydalanib talabalarni qaysi topshiriqlarni yaxshi echmoqdalar va qaysilari qiyinlik tug‘dirayotganini kuzatishi va nazorat qilishi mumkin;
Taqsimlangan ta’lim metodikasini “Flipped classroom” modeli deb ham ataydilar. Bu aralash ta’limning bir shakli hisoblanadi. Hozirgi kunda an’anaviy ta’limda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish natijasida zamonaviy ta’limda aralash ta’lim (Blended learning) tushunchasini keltirib chiqardi. Aralash ta’lim - ta’lim oluvchi yangi bilimlarni o‘qituvchidan hamda onlayn resurslardan o‘rganadi. Bunda ta’lim oluvchining bilim olish suratini, vaqtini, bilimi sifatini nazorat qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |