XULOSA
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Navoiy davlat pedagogika instituti 5A111701- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxasisligining “Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni murakkab va mantiqiy masalalar yechishga o’rgatish metodikasi” mavzusida magistrlik dissertatsiyasining
ASOSNOMASI
Mavzuning dolzarbligi: Fikr inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi bizga yangilik emas. Inson o’z kelajagini to’g’ri tanlov asosida qurishi va unga o’zgacha yangiliklar kiritishida ijodiy fikrlar yordam beradi. Bugungi kunda yoshlarimizning ijodiy fikrlarini yaxshilash uchun maktablarda o’qituvchilar tomonidan turli xil yangiliklar yaratilmoqda. Ko`zlangan maqsadga erishishda esa ota-onalar bilan hamkorlik qilish tajribalarni tahlil qilish, tajriba almashish va ulardan o`z faoliyatida ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda o’quvchilarning uydagi faoliyatlari bilan uzviy bog’lagan holda amalga oshiramiz. Bu esa ishimizning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Ushbu farmon 2017-2021-yillarnin o’z ichiga qamrab olsada ammo ta’lim sohasidagi natijalar bardavomligi ko’zda tutilmoqda.2020-yil 24-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi taqdim qilindi. Ushbu Murojaatnoma yangi O‘zbekistonni yaqin yillarda kompleks rivojlantirishning ustuvor jihatlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Avvalo, shuni ta’kidlashimiz kerakki, Murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, unda muhtaram Prezidentimiz fan, ta’lim va maorif tizimiga taalluqli bir qator strategik yo‘nalishlarni belgilab berdilarki, undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan jamiyatimizning ta’lim siyosati mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglashni taqozo qiladi. Milliy ta’lim tizimining keyingi chorak asrdagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘lamiz. Ayni paytda, ko‘plab muammolarning ham yig‘ilib qolishi olib borilayotgan islohotlarda muayyan kamchiliklar ham bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Tizimdagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida keyingi ikki yildan oshiqroq vaqt mobaynida ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalariga oid bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan ushbu hujjatlarda maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar, shuningdek, akademik ilm-fan ham qamrab olingan.
Ta’lim tizimida qobiliyatli va ijodiy fikrga boyo‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan bunday katta ko‘lamdagi ishlar Sharqda ikki bor kuzatilgan Renessans davrini qaytishiga ishoradek ko‘rinadi menga.Bu so’zlar albatta o’quvchilarning iqtidorini aniqlash hamda takomillashtirishning qay darajada zarurligini hamda ijofiy fikrlashning naqadar yuksak darajada o’sishiga sabab bo’lmoqda albatta. Bundan ko’rinbib turibdi muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning ta’lim sohasida olib borayotgan ishlari yoshlarimizning kelajakda bilimli va tarbiyali shu bilan birgalikda har bir sohaning mukammal egalari bo’lishga yo’l ochib bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |