Description of the human spirit in verbal phraseological units
Dolieva Laylo Buriboevna, teacher
Samarkand State Institute of Foreign Languages (Uzbekistan)
This article discusses the ways in which phraseological units formed by French verbs express the inner experiences inherent in the
human psyche. The semantic field of such expressions, the nature of their occurrence, the degree of duration, the cases of their use
in speech, and their specific semantic ottenkas, which reflect the depiction of mental states expressing human emotions, were also
analyzed on the example of different verb phraseological units in French. In particular, it has been shown that the different semantic
relationships between their constituent elements reflect mental processes such as anger, rage, fear, joy, pleasure, which arise on the
basis of any human inner experiences.
Keywords:
spirituality description, phraseological units, negative emotions, nuclear element, principal meaning, semantic ground,
comparative analogy.
M
a'lumki, frazeologik birliklar deyilganda, tilda tayyor holda
mavjud bo'lgan, nutqqa shundayligicha olib kiriladigan,
shaklan so'z birikmasi yoki gapga teng bo'lgan, mazmuni
ko'chma ma'noga asoslangan til birliklarini tushunamiz.
Frazeologik birliklar (keyinchalik FB) ikki yoki undan
ko'p so'zlardan tashkil topadi, u bir tushunchani ifodalashi
va bir so'zga ekvivalent bo'lishi mumkin, odatda u bir so'zli
sinonimik ekvivalentga ega bo'ladi, sintaktik jihatdan gapning
bir bo'lagini barpo etadi. Tuzilishiga ko'ra FBlar ulkan hilma-
hillikni o'zida namoyon etadi. Frazeologik birikmalarning
tarkibi o'rtasidagi semantik bog'lanishlar turlicha bo'lishi
mumkin: bunday birliklar tarkibiga kiruvchi so'z o'zining
ma'no mustaqilligini yuqori yoki past darajada saqlab
qoladi.
FB larning nutqqa tayyor holda olib kirilishi ularning til
hodisasi sifatida e'tirof etishimizni taqozo etadi. Ko'pchilik
tadqiqotchilarning ularni til birligi deyishida masalaning ana
shu jihatini e'tiborga olishgan. F. de Sossyur «til sistemasi
elementiga o'xshaydigan so'z birikmalari ham mavjud» deb
ta'kidlab o'tadi. (5, 520).
Kiyinchalik SH. Bally uning fikrini rivojlantirib, shunday
fikrni ilgari suradi «frazeologik birliklar-bir necha so'zlardan
tuzilgan, har bir elementi o'z ma'nosini ma'lum ma'noda
yo'qotgan, umumiy bir ma'noni anglatadigan murakkab til
birliklaridir» (2, 65–66).
Mashxur rus tilshunoslari akademik F. F. Fortunatov,
A. A. Shaxmatov, akademik V. V. Vinogradov, professor
B. A. Larinlar va boshqalar turg'un birikmalarning sintaktik
tahliliga yo'l ochib berishdi. Ko'plab rus olimlari muammoning
nazariy aspektlariga katta qiziqish bildirishgan. XX asrning
ikkinchi yarmiga kelib rus olimlaridan A. G. Nazaryan,
V. G. Gak fransuz frazeologiyasi bo'yicha izlanishlar olib
borgan.
Zamonaviy fransuz frazeologiyasida izlanish olib borayotgan
olimlardan kanadalik A. Polger shunday deydi «Frazeologik
birlik- tilning gapdagi ba'zi leksik va grammatik qoidalarga
bo'ysinmaydigan elementidir» (7,164)
I. Ganzalez Rey A. Polger qarashlariga qo'shimcha qilib
shunday deydi «frazeologik birliklar ko'p ma'noli bilim sohasi
bo'lib, bir paytning o'zida terminologiyaning, frazeologiyaning
o'rganilish obyektidir» (3, 29)
Tillar doimiy harakatda bo'lar ekan, yangidan-yangi FBlar
ham paydo bo'laveradi. Ushbu maqolada inson his-tuyg'ulari
ifoda etadigan fe'lli fransuzcha FB larni o'rganish natijalarini
keltirib o'tamiz.
Hayot davomida odamlar doimo his-tuyg'ularga hamroh
bo'ladi. «Tuyg'u» atamasi odatda, har qanday muhim vaziyatlar
(quvonch, qo'rquv, zavq), hodisalar va hodisalar tajribasida o'zini
namoyon qiladigan ruhiy jarayonlar yoki insoniy sharoitlarning
maxsus turini anglatadi. Tilda aks ettirilishi mumkin bo'lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |